ХП.4. Bog’cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga
oilaviy muhitning roli.
Oila bolani o’rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim
bo’g'inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan tasiri
benihoyat kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo’lib, u ko’p
jihatdan kattalar qaramog’i va yordamiga muhtoj bo’ladi. Ota-
onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi
kuchga ega bo’ladiki, u xulq-atvoming regulyatori va psixik
rivojlanishining stimulyatori bo’lib xizmat qiladi.
Psixiatrlaming
ta’kidlashicha
bolani
haddan
tashqari qattiq qo’llik bilan tarbiyalash unda nevrozlami va
psixosteniyani keltirib chiqaruvchi omillaridan biridir.
Albatta, xar bir oiladagi munosabatlari o ’ziga xos hamda
takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy
jixatlari
xam mavjuddir. Ota onalar bolalar xulq
atvorini
boshqarishda qanday usullaridan foydalanishiariga ko’ra o ’rtadagi
munosabatlar
ko’pinicha “demokratik” va “avtoritar” nazorat
qiluvchi kabilarga ajratiladi.
Bolalarga oil aviy ta’sir etishning “demokratik” shakli uchun
quyidagilar xos: bolaga ko’p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan
ko’p kontakt qilandi, unga ishonch va hurmat bilan munosabatda
- 7 3 -
bo’linadi, ota-onalar bo’lar-bo’lmas
ta ’qiblarini qo’ymasikka
harakat qiladildar, buning o'riniga ular bolalarga oiladagi tartib
qoidalarini tushuntirishiga
intiladilar, iloji
boricha bolarining
savollariga
javob
berishga,
ularnig
qiziquvchanliklarini
qondirishga xarakat qiladilar.
Oilladagi “avtoritar” muxit bolalarga nisbatan haddan tashqari
ta’qiqlaming ko’pligi bilan xarakterlanadi. “Hukmron” ota-onalar
boladan
to ’liq bo’ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda
bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot
kamdan-kam o ’tkaziladi.
Shu narsa aniqlanganki, “avtoritar” va “demokratik” oilalarda
tarbiyalanuvchi bolalaming shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq
mavjud bo’Iadi. “Demokratik” oilaiaming farzandlari ijodkorlikka
moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (gumh
fikrgia tobe bo’lishni) inkor etuvchi, ijtimoiy munosabatlarida
ko’proq emotsiyalami his etuvchi bo’ladilar.
Sosiometrik tajribalardan m a’lum bo’lishicha oiladagi muhit
iliq, ota-ona va bola o ’rtasidagi munosabatlar demokratik asosga
qurilgan bo’lsa, bola o ’z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori
mavqega, aksincha, nosog’lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar
ancha past mavqega ega bo’ladilar.
Shu narsa aniqlanganki, bola qanchalik ko’p mehr-muhabbat ko’rsa,
shaxs sifatida anchagina sekin etiladi, u passivlikka va appatiyaga
moil bo’ladilar, ehtimol, keyinchalik ulardan kuchsiz xarakter
shakillanadi. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo’lgan
muloqat xarakteri, ularga mexr-muhabbat bilan, diqqat-e’tibor bilan
munosabatda bo’lishi o ’sib kelayotgan inson ahloqiy qiyofasining
shakillanishida o ’ta muhim rol o ’ynaydi. Shuning uchun xam
barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muxitning sog’lom
bo’lishini taqozo qiladi.
Bog’cha yoshidagi bolalaming oila a’zolariga bo’lgan
munosabatlari o’g’il va qiz bolalarda farqlanadi. Masalan, o ’g ’il
bolalar qizlarga nisbatan ko’proq o’z jinsidagi oila a’zolari - otasi,
akasi, bobosiga o ’zini yaqin tu ta d i.
Oilaning bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishidagi o ’mi
beqiyos ekan, oila a’zolari bolaming psixik rivojlanishini taminlash
uchun oilada sog’lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim,
tarbiyachilaming eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak.
-
7 4
-
Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan
bo’ladigan muloqati muhim axamiyatga egadir. Tengdoshlariga
bo’lgan qiziqish bolada kattalarga bo’lgan qiziqishidan biroz
keyinroq 1 yoshning oxirlarida paydo bo’ladi. Biroq u borgan sayin,
ayniqsa, bog’cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi.
4-5 yoshli bola uchun eng og’ir jazo - bu uni o ’z tengdoshlari
bilan muloqotda bo’lishidan mahrum etishdir. Bolalar guruhiga
tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini
uning “bolalar jamiyati” a ’zolari bilan bo’lgan munosabatlarini
hisobga olmay ko’rib chiqish va o’rganish mumkin emas.
YA.L.Kolomenskiy bog’cha yoshidagi bolalar gurug’ini
odamlar ijtimoiy birligining ilk pog’onasi, “kurtagi” deb hisoblaydi.
Bolalar o ’z tengdoshlari jamoasiga intiladilar. Biroq har doim
ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o’matishga
erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo’lib, o ’zlarini
go’yo “suvdagi baliqday” his etadilar. Ayrimlari anchagina
noqulaylikni,
o’zlariga nisbatan ishonchsizlikni,
boshqalarga
tobelikni his etadilar. Nega shunday? Tengdoshlar bilan bo’lgan
ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini kuchaytirib, uning
guruhga qattiq bog’lanib qolishiga sabab bo’ladi. Biroq
ijobiy
munosabatlari yo’qligi bolani tushkinlika solib, uni xavotirlanuvchi
yoki agressiv
qilib qo’yishi mumkin. Bu esa unda bolalarga,
umuman, odamlarga nisbatan salbiy adekvatli munosabatni
shakilantirishi, ulami yakkalanuvchanlikka moyil qilib qo’yishi ham
mumkin.
Bordi-yu, guruhda bolaga fakat bir odam simpatiya (yoqtirish,
ijobiy munosabatida bo’lish) munosabatini bildirsachi? Unda nima
bo’ladi? Bunda simpatiya munosabatining bir tomonlama yoki ikki
tomonlamaligi muhim axamiyatga ega bo ’ladi. Agar bu munosabat
ikki tomonlama bo’lsa, bola kimgadir ijobiy munosabatida bo’lsa-
yu, ijobiy javob ololmasa bola og’ir kechinmalarini kechirishi
mumkin. Shuning uchun bog’cha yoshidagi bolalami o’zaro
munosabatlarig ijobiy bo’lishi lozim . Bolalar munosabatlarining
xarakteri va bolalami guruhidagi mavqei nafaqat uning shaxsiy
xususiyatlari bilan, ayni vaqtda bolalarga nisbatan guruxida
shakilangan talablar bilan baholanadi. Odatda ko’pchilik orasida
xar xil o ’yinlami o ’ylab topa oladigan “xushchaqchaq, chiroyli
rasmlar chiza oladigan, aqliy jixatidan yaxshi rivoj langan,
- 7 5
-
mashg’ulotlarda faol ishtirok etadigan, ancha mustaqil bo’lgan,
saramjon-sarishta bolalar shuhrat qozonadilar.
Ko’p bolali
oilalarda
o ’tkazilgan tadqiqotlar
shuni
ko’rsatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga
aka-ukalari, opa-
singilari ham kuchli ta ’sir ko’rsatadi. Aka-ukalar va opa- singilar
bolaga eng yaqin bo’lgan mikromuhit tarkibiga kirib, unda
markaziy o ’rinni egallaydi. Bazi tadqiqodchilar, hatto, shunday
fikrlardagi, oila azolarini soni ko’paygan sari bolalarga ota-onanig
ta’siri susayib, aka-ukalar, opa-singilar ta’siri kuchayib boradi.
Katta akalari va opalari davrasida
bola o ’zini emosional
ximoyalanganday his qiladi. Aka-opalar esa o ’zlarini mehribonlik
his-tuyg’ularini,
tashkilotchilik qobilyatlarini
namoyon
etish
imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Ular o’rtasida
bola o ’zining
tashvishlari, qiziqishlari bilan o ’rtoqlashish mumkin. Akalaru,
opalar esa uning ehtiyojlari, jumladan, muloqotda bo’lish ehtiyojini
qondirishlari mumkin.
Demak bog’cha yoshdagi bolalarning boshqa bolalar bilan
bo’lgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi
va ana shu munosabatlar m a’lum
miqdorda uning shaxs
shakllanishini belgilab beradi.
O ’z tengdoshlari bilan muloqotda bo’lishiga qiynalayotgan,
muloqotda bo’lish ehtiyoji yetarlicha shakllanmagan bolalarning
tengdoshlari bilan bo’lgan munosabatlarini aktivlashtirmaslik lozim.
Yaxshisi, dastlab umumiy qiziqishlarga ega bo’lgan 1- 2 ta sherikni
torish, keyinchalik asta-sekin muloqot doirasini kengaytirib borish
maqsadga muvofiqdir. Bolalarda noto’g ’ri shakllanib ulgurgan
muloqot motivlarini qaytadan qurish, avvalo, boshqalaming fikri
hisoblashishga o’rgatish ancha foydalidir.
Kattalaming bog’cha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga
ko’rsatadigan ta ’siri bolaning boshqa faoliyat: rasm chizish, turli
narsalar yasashi, applikasiyalar tayyorlashi, o ’quv vazifalarini
bajarishi vaqtida ham amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatlami
bajarishi davrida bolalarda kattalar va tengdoshlari tomonidan ijobiy
bahoga sazovor bo’ladigan narsani yaratishga yo ’nalganlik qaror
topadi, ijtimoiy y o’nalganlik shakllanib boradi, bilish motivlari,
irodaviy va boshqa shaxsiy hususiyatlari tarkib topib b o rad i.
-
7 6
-
Do'stlaringiz bilan baham: |