Nizompv nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti bolalar psixologiyasini va uni


XII.2. Aktiv xayolning bolalarda rivojlanishi



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/196
Sana15.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#366205
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi

XII.2. Aktiv xayolning bolalarda rivojlanishi.
Bog’cha  yoshidagi  bolalaming  xayoli  asosan  ixtiyorsiz  va 
tiklovchi  xayol  bo’lib,  ulaming  turli-tuman  faoliyatlarida  o ’sib 
boradi.  Biroq shu  narsa diqqatga  sazovorki,  agar bog’cha yoshidagi 
bolalarda xayol  qilish qobiliyati  bo’lmaganda edi,  ulaming o’yinlari 
ham  xilma-xil  bo’lmas  edi.  Demak,  bolalaming  xayol  qilish 
qobiliyatlari  ulami  turli  xil  o’yinlar  o ’ynashga  undasa,  o’yin  o ’z 
navbatida ularning xayolini o ’stiradi.
Bog’cha  yoshidagi  bolalaming  xayoli  mashg’ulotlrda  ham 
o’sib  boradi.  Masalan,  bolalar  loy  o’ynashi,  ya’ni  loydan  turli 
narsalar  yasashni  (shu  jumladan,  plastilindan  ham),  qumdan  turli 
narsalar 
qurishni, 
rasm 
chizishni 
yaxshi 
ko’radilar. 
Bu 
mashg’ulotlar,  ayniqsa,  rasm  chizish  mashg’uloti  bolalar  xayolini
- 6 9 -


o’stirishga  juda  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Kichik  yoshdagi  bog’cha 
bolalarida hali  ijodiy xayolning o ’yqligi ularning  rasm chizishlarida 
yaqqol  ko’rinadi.  Masalan,  kichik  yoshdagi  bog’cha  bolalarining 
chizgan  rasmlari  hamma  vaqt  ro’zg’or  mavzularidan  nariga 
o ’tmaydi.  Chunki  bu  yoshdagi  bolalar  har  kuni  ko’rib  turadigan 
narsalari haqidagina xayol qila oladilar.
O ’rta va, xususan,  katta gruppa bolalarining rasm chizishlarida 
ijodiy  xayolning  yuzaga kela  boshlagani  aniq  ko’rinadi.  Ular  rasm 
chizishda tor  uy-ro’zg’or  mavzulari  bilan  cheklanib  chizmay,  uzoq 
o ’tmish  va  kelajakdagi  narsalarga  oid  rasmlar  ham  chizadilar.  Bu 
yoshdagi  bolalar  o’z  o ’yinlarida  va  solgan  chizmalarida  katta 
odamlaming 
turli-tuman 
faoliyatlarini 
mustaqil 
tasvirlashga 
intiladilar.  Bunday  paytda  ular  faqat  xayoliy  tasavvur  etish  yoki 
taqlid  qilish  bilan  cheklanib  qolmay,  balki  o ’zlari  ijodiy  ravishda 
yangiliklar  ham  qo’shib  boradilar.  Masalan,  ular  syujetli  o ’yin 
o ’ynaganlarida  yangi-yangi  rollami  o ’ylab  chiqaradilar  “poezd” 
yoki  “vokzal”  o’yinida  poezdda  yoki  vokzalda;  xizmat  qiluvchi 
kishilardan  tashqari  passajirlarni  vokzalga  olib  keluvchi  transport, 
ya’ni taksi  shofyor rollarini qo’shadilar.
Katta yoshdagi bog’cha bolalari o ’zlarining rasmlarida xayoliy 
obrazlami  (hatto  orzulami)  aks  ettiradilar.  Shuning  uchun  ular 
ko’pincha  erkin  temada;  o ’zlarini  qiziqtirgan  va  ayni  chog’dagi 
ehtiyojlari  bilan  bog’liq  bo’lgan  narsalar  haqida  rasm  chizadilar. 
Ana  shunday  erkin  temada  rasm  chizish  jarayonida  bolalarning 
ijodiy  xayol  qilish  qobiliyatlari  o’sib  boradi.  Bog’cha  yoshidagi 
bolalar  xayolning  rivojlanishiga  turli  xil  hikoya  va  ertaklar  ham 
ta’sir ko’rsatadi.  Halq turli qiziqarli,  ibratli  va ta’limiy  ertaklar  ijod 
etishda  bog’cha  yoshidagi  bolalami  ham  unutmagan.  O ’zbek 
halqining  og’zaki  adabiyotida  yosh  bolalarga  tushunarli,  sodda  til 
bilan  yaratilgan  ertaklar  mavjud.  Bulardan  tashqari,  rus  va  boshqa 
halqlaming  tillaridan  o’zbek  tiliga  tarjima  qilingan  ertaklar  ham 
ko’pdir.  Bog’cha  yoshidagi  bolalar  uchun  yaratilgan  ertaklaming 
ko’pi  antropomorfizm  xarakteriga  egadir.  Buning  m a’nosi  shuki, 
ertaklaming 
qahramonlari 
odamlarga 
o ’xshab 
“gapiradigan” 
hayvonlardan  iboratdir.  Bolalar  bunday  ertaklami juda  yoqtiradilar 
va har doim maroq bilan tinglaydilar.
Bog’cha  yoshidagi  bolalar  hayvonlar  haqidagi  turli  ertaklami 
eshitganlarida  ularda  shu  ertaklardagi  obrazlarga  nisbatan  ma’lum 
munosabat  yuzaga  keladi.  Masalan,  doim  yovuzlik  qiladigan  bo’ri
- 7 0 -


obrazini haddan tashqari ayyor tulki obrazlarini bolalar sevmaydilar. 
Ularga  qo’rqoq  quyon,  xo’roz,  g’oz,  echki,  beozor  hayvonlaming 
obrazlari  yoqadi.  Turli  ertaklar  bolalaming  xayollariga  to’g’ridan- 
to’g’ri  ta’sir  etadi.  Ular  o’z  xayol  kuchlarini  ishga  solib, 
eshitayotgan 
yoki 
eshitgan 
ertaklaridagi 
turli 
obrazlaming 
qiyofasiga  kiradilar.  Boshqacha  qilib  aytganda,  eshitgan  ertaklari 
ular o’yinining mazmuniga ham ta’sir etadi.
Bolalar  uchun  chiqarilgan  turli  ertaklaming  tarbiyaviy 
ahamiyatini  nazarda  tutib,  pedagog-tarbiyachilar  bolalarga  ertak 
aytib berish va o’qib berishga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim.
Shunday  qilib  xayol  bog’cha  yoshdagi  bolalaming  taraqqiy 
etishlarida  katta  o ’rinni  egallaydi.  Shuning  uchun  ham  bog’cha 
yoshdagi davrda bolaning xayoli etarli o’sgan bo’lishi kerak,  chunki 
maktabdagi  o ’qish  birinchi  kundan  boshlab  bolalardan  xayol  qilish 
qobiliyatining,  xususan  tiklovchi  yaxshi  o’sgan  bo’lishini  talab 
qiladi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish