Nizomiy nomidagi


Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi



Download 439,42 Kb.
bet77/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi

Sudralib yuruvchilarning filogeniyasi va kelib chiqishi.

Har bir mavjudot hayoti atrofidagi abiotik va biotik muhitga bog‘liq. Muhiting birdaniga o‘zgarishi chunonchi haroratning o‘ta yuqori yoki past bo‘lishi milionlab turli mavjudotlarni xalok bo‘lishiga olib keladi. Bunga paleontologik dalillarga asoslanib ko‘plab misollar keltirish mumkin. Muhitning qisman o‘zgarishi organizmlarda turlicha o‘zgarishlar sodir etadi. Tabiatning ana shu o‘zgarishlari organizm uchun neytral, foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin. Zararli o‘zgarishlar organizmlarni xalok etishi, foydali o‘zgarishlar esa uning sonini asta sekin ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Toshko‘mir davrining oxiriga kelib Yer sayyorasining iqlimi keskin o‘zgarganligi, juda ko‘p hududlarda qurg‘oqchilik ro‘y berib, suv havzalaridan ancha uzoqlikda ham turli-tuman o‘simliklar rivojlanganligi, bo‘g‘imoyoq-lilarning traxeya orqali nafas oluvchi formalarini keng tarqalishiga olib kelganligini ta’kidlab o‘tmoq kerak. Qurg‘oqchilikka bardoshli o‘simliklar, hamda hasharotlarning ko‘p bo‘lishi shu sharoitga moslashgan umurtqali hayvonlarni Yer yuzida paydo bo‘lishiga imkon yaratgan.(74-rasm)

Iqlimning quruq va issiq bo‘lishi ko‘plab amfibiyalarning qirilib ketishi, ayrimlarini esa o‘zgarib, yangi sharoitga moslashishiga olib kelgan. Bosh miyasining yuqori takomil etgani tufayli dastlabki reptiliyalar yashash uchun kurashda amfibiyalardan g‘olib chiqa boshlagan va permning oxirlariga kelib yashash uchun kurashda stegotsefallarning ko‘pchiligini siqib chiqarganlar. Quruqlikda yashash imkoniga ega bo‘lgan reptiliyalar yangi muhitning xilma-xil sharoitlariga moslasha borganlar. Bu esa ularning gullab yashnashiga olib kelgan. Mezozoyda reptiliyalar asosan quruqlikda yashagan bo‘lsalarda ularning ma’lum qismi ikkinchi marotaba suv muhitida yashashga moslashgan, ba’zilar esa havo muhitini egallagan.

Sudralib yuruvchilarning qadimgi vakillarini bir guruhi yirtqich, ikkinchi guruhi o‘txo‘r hayvonlar bo‘lgan. Uchinchi guruhi ham yirtqich, ham o‘txo‘r bo‘lgan. Yirtqich reptiliyalarning tishlari differensiyalashgan.

Hozirgi davrda yashayotgan gatteriyalar mezozoy erasidagi dastlabki reptiliyalarning avlodi sanaladi.

Qadimgi reptiliyalar qoldiqlari Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Rossiya va Xitoyda topilgan. Bunday qazilma formalar kotilozavrlar deb atalgan. Ular bir qancha belgilari bo‘yicha stegotsefallarga yaqin bo‘lgan. Kalla suyaklari suyak qutisida yaxlit holda joylashgan. Unda ko‘z teshigi bo‘lgan, tepa qism, bo‘yin qismi suyaklari yaxshi shakllanmagan, dumg‘aza bitta umurtqadan tuzilgan. Oyoqlari kalta va keng bo‘lgan.

V.P.Amaliskiy tomonidan topilgan perm davriga tegishli kotilozavr-lar ajoyib. Ular Sharqiy Yevropa, Shimoliy Dvinida uchragan. Kotilozavrlar triasda esa tamoman yo‘qolib ketgan va o‘z o‘rnini har xil ixtisoslashgan vakillarga bo‘shatib bergan.

Kotilozavrlarning Shimoliy Amerikaning perm davr qatlamlaridan topilgan eng soddasi seymuriya bo‘lib, uning tana uzunligi 0,5 m ga teng. Kotilozavrlar ustki toshko‘mir va perm davrlarda gullab yashnagan. Bular orasida kaltakesakka o‘xshash uzunligi 3 m ga yetadigan pareyazavrlarning ko‘p qoldig‘i topilgan.

Jag‘ apparatining muskullari yanada differensiyalashganligi natija-sida bosh suyagining chekka suyagida chuqurcha va uni ikkiga bo‘luvchi murakkab muskul sistemasini biriktiruvchi ko‘prikcha yoy paydo bo‘lgan.Qanotli kaltakesaklar pterozavr mezazoy erasida yashagan reptiliyalarning ajoyib moslanishga ega bo‘lgan guruhi sanaladi. Ularning tana biqinlari va oldingi oyoqlarning uzun to‘rtinchi barmoqlari bilan tutashgan. Teridan hosil bo‘lgan qanoti uchishga xizmat qilgan.

To‘sh suyagida yaxshi rivojlangan taroq (qil) bo‘lgan. Qushlardagi singari bosh suyaklari o‘zaro tutashgan. Ko‘p suyaklar germetik bo‘lgan. Ba’zi tur vakillari og‘zida tishlar rivojlangan. Pterodaktiliyalarining qanoti keng, dumi nihoyatda kalta bo‘lgan. Pterozavrlarqoldig‘i sho‘r ko‘llar qatlamida topilganligi sababli ular qirg‘oqqa yaqin joylarda yashagan deb faraz qilinadi.Ular baliqlar bilan oziqlangan. Pterozavrlar yura davrida avj olib taraqqiy qilgan, ayrim turlari bo‘r davrida ham yashagan

Parrandatojlilardan ixtiozavrlar, pleziozavrlar mezozoy erasining triasdan to bo‘r davrigacha ular dengizlar hukmronlari bo‘lganlar.

Ixtiozavrlar suv sharoitiga ancha yaxshi moslashgan reptiliyalardir. Mezazoy erasida ixtiozavrlar hozirgi kitsimonlar egallagan joyda bo‘lganlar. Ularning delfinlar bilan konvergent o‘xshashligi taajublanarli.

Reptiliyalar bu guruhini paydo bo‘lishi toshko‘mir davriga to‘g‘ri keladi, perm davrida esa ko‘p va xilma-xil bo‘lgan.

Dastlabki kaltakesaklar reptiliya guruhlaridan biri bo‘lib, bosh suyagida ikkita yonoq suyagi joylashgan. Tishlari amfibiyalardagi singari faqat jag‘ suyaklarida emas, balki tanglayida ham joylashgan. Umurtqalari baliqlar va tuban amfibiyalarnikiga o‘xshash bo‘lgan.

Ularning tashqi qiyofasi yirik kaltakesakka o‘xshagan. Triasda xartum boshlilarning vakillari rivojlangan. Ularning bir turi gatteriya hozirgacha Yangi Zelandiyada yashab kelmoqda.

Psevdozuxiyalar ehtimol birlamchi kaltakesaklar bilan bir shahobchadan kelib chiqqan. Ular trias davrida paydo bo‘lgan. Umumiy qiyofasi va kattaligi bilan kaltakesaklarga o‘xshagan, o‘ziga xos belgilari: tishlari maxsus chuqurchalarda joylashgan. Orqa oyoqchalari oldingi oyoqlarga qaraganda yaxshi rivojlangan. Dumg‘aza va orqa oyoq skeletining pastki qismlari uzaygan. Ehtimol aksariyati daraxtda yashagan bo‘lishi mumkin. Psevdozuxiylar timsohlar, pterozavrlar, dinozavrlarga yaqin bo‘lgan. Ehtimol ularning ajdodlari bo‘lgandir. Psevdozuxiylardan qushlarning ajdodlari paydo bo‘lgan deyishga ham asos bor.

Timsohlar triasning oxirlarida paydo bo‘lib, yura davrida yashaganlari, haqiqiy suyak tanglayi bo‘lmasligi va ichki burun teshiklari tanglay suyaklari orasiga ochilishi bilan hozirgi timsohlardan farq qilgan.

Dinozavrlar quruqlikda yashashga moslashgan reptiliyalar eng katta guruhi hisoblanadi. (78-rasm)Ular nihoyatda xilma-xil bo‘lgan. Ayrimlari kichik bo‘lsa, boshqalarini tana uzunligi 30 metrga yetgan. Ba’zilari keyingi oyoqlari bilan, boshqalari to‘rt oyoqlari bilan harakatlanganlar. Boshlari kichik, toz suyagining tuzilishi bo‘yicha dinozavrlar kaltakesaktozlilar va parrandatozlilarga ajralgan.

Kaltakesak tojlilar nisbatan kichik yirtqichlar bo‘lib, sakrab harakatlanganlar. Orqa oyoqlari harakatlanish, oldingi oyoqlari o‘ljani tutish, dumi esa tayanch vazifasini bajargan.

Keyinchalik kaltakesak tojlilardan yirik o‘txo‘r formalar paydo bo‘lgan. Chunonchi brontozavrlar tana uzunligi 20 m, diplodakniki esa 26 metrga borgan.

Dinozavrlar trias, bo‘r davrlarida yashagan bo‘lib, reptiliyalarning eng ko‘p va turli-tumani hisoblanadi. Chunki ular orasida tanasi bir metrdan kalta, mayda hayvonlar bilan bir qatorda uzunligi 30 metr keladigan gigantlari ham uchragan. Ularning bir xillari orqa oyog‘ida, ba’zilari esa to‘rt oyoqda yurgan.

Dinozavrlar o‘zaro parallel rivojlangan ikki tarmoqni hosil qilgan. Bular qush chanoqlilar va kaltakesak chanoqlilardir. Qush chanoqlilar chanog‘i qush chanog‘iga o‘xshash bo‘lgan. Avval ular uzun orqa oyoqlarida yurgan.

Faqat o‘simliklar bilan oziqlangan. Bular orasida balandligi 9 m, faqat orqa oyoqlarida yuruvchi iguanadontlar terisida pansir bo‘lmagan. Tritseratops karkidonlarga o‘xshash bo‘lib, tumshug‘i uchida kichkina shox, uning orqasida ikkita katta shox joylashgan. Tanasining uzunligi 8 m ga teng. Stegozavr kichik boshli bo‘lib, uning orqasida ikki qator shox plastinkalar joylashgan. Uning uzunligi 5 metrga borgan.

Kaltakesakchanoqlilarning ko‘pchiligi yirtqich bo‘lib, keyingi oyoqlarida yurgan, chunki oldingi oyoqlari kalta, ba’zilarida reduksiyalangan. Ularning ko‘pchiligi gigant bo‘lib, uzunligi 10-15 m ga yetgan tishlari kuchli, keyingi oyoqlaridagi tirnoqlari baquvvat bo‘lgan. Bularga seratozavrlar misol bo‘ladi. Kaltakesakchanoqlilarning ba’zilari oldingi va keyingi oyoqlarda yurgan va o‘simliklar bilan oziqlanishga o‘tgan. Ular quruqlikda yashab, ulkan gavdali bo‘lgan. Ana shunday hayvonlardan biri dipladokning uzunligi 30 m, og‘irligi 20-25 tonna bo‘lib, dumi, bo‘yni uzun, boshi nisbatan kichik, braxnozavrning bo‘yi 24 m ga, og‘irligi 50 tonnaga yetgan. Bunday hayvonlar sekin harakat qilgan va ko‘proq vaqtini suv qirg‘oqlarida o‘tkazgan.

Ilonlar hamma reptiliyalardan keyin rivojlangan. Ular shubhasiz bo‘r davrida kaltakesaklarning bir tarmog‘i sifatida paydo bo‘lgan. Tangachalilar kay-nazoy erasining uchlamchi davrida repti-liyalarning ko‘p guruhlari qirilib ketgan-dan keyin avj olib paydo bo‘lgan.

Toshbaqalar bevosita kotilozavrlardan kelib chiqqan reptiliyalarning eng qadimgi guruhi Perm davrida paydo bo‘lgan toshbaqalarda keskin kengaygan qovurg‘alar bo‘lib, yaxlit ustki pansir hosil qilmagan, qorin qalqoni ham bo‘lmagan va jag‘larida tishlari bo‘lgan. Triasda yaxshi rivojlangan pansirli haqiqiy toshbaqalar paydo bo‘lgan. Biroq ularning boshi va oyoqlari xali pansir ichiga tortilmagan. Jag‘larida shox qoplog‘ich va tanglayida tishlar bo‘lgan. Mezozoy erasidagi toshbaqalar quruqlikda yashovchi va yer qazuvchi hayvonlar bo‘lgan. Faqat keyinchalik ayrim guruhlari suv sharoitiga moslashib pansirini yo‘qotgan.

Toshbaqalar triasdan boshlab hozirga qadar o‘z belgi-xossalarini saqlab qolgan reptiliyalilardir.

Kotilozavrlar ularning asosiy ajdodi hisoblanadi. Pelikozavrlar turkumiga mansub sodda yirtqichsimonlar kotilozavrlarga nihoyatda yaqin turgan. Ularning umurtqalari ikki tomondan botiq bo‘lib, yaxshi saqlangan qovurg‘alari bo‘lgan. Tishlari alveolalarda joylashgan, miya qutisini ilk qismida boshqa reptiliyalarda uchramagan chuqurcha bo‘lgan.

Ularning tashqi qiyofasi kaltakesaklarga o‘xshash bo‘lib, gavdasi 1-2 metr uzunlikda. Ba’zilarida uncha yaqqol bo‘lmasada tishlar differensiyalashgan.

Permning o‘rtalarida pelikozavrlarni ularga nisbatan ancha takomillashgan yirtqich tishlilar siqib chiqargan. Ularning tishlari yaqqol differensiyalashgan, ikkilamchi suyak tanglayi rivojlangan. Yagona ensa bo‘rtmasi ikkiga bo‘lingan. Pastki jag‘i asosan tish suyagidan iborat bo‘lgan. Harakatlanish organlarining holati ham o‘zgargan. Tirsak orqaga, tizza esa oldinga qaratilganligi sababli oyoqlar reptiliyalardagi kabi yon tomonga emas, balki tana ostida joylashgan. Skeletda sutemizuvchilarga xos ko‘p belgilar paydo bo‘lgan. Perm davrida yashagan yirtqichsimonlar orasida qiyofasi va yashash holati har xil bo‘lgan reptiliyalarning ko‘plari yirtqich bo‘lgan.

Ixtisoslashgan yirtqich turlarga misol qilib Shimoliy Dvinaning perm qatlamlaridan V.P.Amaliskiy ekspeditsiyasi aniqlagan inastranseviyani olish mumkin.

Boshqalari o‘simliklar yoki aralash ozuqa bilan oziqlangan. Ixtisoslashgan guruhlar sutemizuvchilarga yaqin turadi. Ular orasida takomillashgan belgilarga ega bo‘lgan sinognatusni ko‘rsatish mumkin. Yirtqich dinozavrlar paydo bo‘lishi bilan darranda tishlilar hamda reptiliyalarning boshqa guruhlari yo‘qolib ketgan.

Xulosa qilib aytganda, sudralib yuruvchilar mezazoy erasida hukmronlik qilgan va quruqlik, suv, havo muhitini egallagan bo‘lishiga qaramay, ixtisoslashganligi tufayli bo‘r davrini oxiriga kelib kuchli tog‘ hosil qilish, dengiz va quruqlikning qayta taqsimlanishi iqlimni, o‘simliklar dunyosini o‘zgarishi natijasida ko‘pchiligi qirilib ketgan.

Bu vaqtga kelib issiq qonli qushlar va sutemizuvchilar paydo bo‘lgan. Ular o‘zgarayotgan muhitga moslasha borib sudralib yuruvchilarning ko‘pchiligi ayniqsa yirik gavdalilarini yashash uchun kurashda siqib chiqarganlar.

Kaynazoy erasida sutemizuvchi hayvonlar va qushlar hukmronlik qilgan. Sudralib yuruvchilardan esa kichik va harakatchan tangachalilar, yaxshi himoyalangan toshbaqalar va suvda yashovchi timsohlar saqlanib qolgan.



Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish