Nizomiy nomidagi


Suvda va quruqlikda yashovchilarning filogeniyasi va kelib chiqishi



Download 439,42 Kb.
bet75/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Suvda va quruqlikda yashovchilarning filogeniyasi va kelib chiqishi

Dumsiz amfibiyalar suvda va quruqlikda yashovchilarning yuqori darajada tuzilgan guruhi hisoblanadi. Baqalar orasida daraxtda yashovchi turlari ham bor. Masalan Yava uchuvchi baqasi hayotining ko‘p vaqtini daraxtda o‘tkazib, yerda oson harakatlanadi va daraxtdan-daraxtga sakrab yuradi. Barmoqlari orasida parda bor.

Shuni qayd etish kerakki yuqoridagi o‘zgarishlarga turtki xali amfibiyalar Yer yuzida paydo bo‘lmasdan ancha ilgari baliqlarda yuz bergan. Ba’zi baliqlar qisqa muddat suvdan chiqib havo bilan nafas olishi, boshqalarni daraxtlarga chiqib u yerda bir muddat qolishi, yoki sakrovchi baliqlari suvdan otilib chiqqan o‘ljasini tutishi, nihoyat ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar mavjudligi yuqoridagi fikrni asosli ekanligini bildiradi.

Ba’zi ikki xil nafas oluvchi baliqlarning uzoq vaqt suvdan tashqarida yashashi ham ma’lum. Biroq qayd etilgan baliqlar ana shu sharoitga ixtisoslashgan bo‘lgani sababli ulardan amfibiyalar kelib chiqmagan. Chunki organik olam evolyusiya qoidalariga ko‘ra yuqori darajada ixtisoslashgan organizmlarga ko‘ra nisbatan ixtisoslashmagan organizmlarda yangi sharoitga moslashishi tezroq amalga oshadi. Ana shu qoidaga muvofiq suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlarning uzoq o‘tmishdagi ajdodlarini chuchuk suvda yashovchi baliqlarning kamroq ixtisoslashgan guruhlari orasidan axtarish lozim.

Chuchuk suvlarda paydo bo‘lgan birlamchi amfibiyalar devon davrga mansub Yer qatlamlaridan topilgan ixtiostegidlar sanaladi.

Ularning qoldiqlari Sharqiy Grenlandiyaning yuqori devon qatlamlarida topilgan. Ular tuzilishi bo‘yicha Shmalgauzenning tasdiqlashicha panjaqanotli baliqlar bilan amfibiyalar oralig‘ida bo‘lgan.(34)

Ixtiostegidlarning bosh skeleti panja qanotli baliqlar bosh skeletiga o‘xshash kuchli qoplovchi suyaklar bilan qoplangan. Shuning uchun shved paleontologi Ye. Yarvik ixtiostegidlarni “to‘rtoyoqli baliqlar” deb nomlangan.

Ixtiostegidlarning bu xossasi keyinchalik yashash uchun kurashda panja qanotli baliqlarni chuchuk suvlardan siqib chiqarishga va suv bo‘yidagi nam joylarni egallab olishiga imkon bergan. Natijada ixtiostegidlardan amfibiyalarning dastlabki ikki kenja sinf vakillari labirintodantlar va lesospandillar – yupqa umurtqalilar paydo bo‘lgan.

Mazkur oraliq formalarda jabra qopqog‘ining rudimentlari, baliqlar dumi, baliq tangachalari bilan qoplangan terisi bo‘lgan. Shu bilan birga quruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos besh barmoqli juft oyoqlar rivojlangan. Ixtiostegidlar faqat suvda emas, quruqlikda ham yashaganlar.

Taxmin qilinishicha ular suvda urchiganlar, oziqlanganlar shu bilan birgalikda muntazam ravishda oyoqlari yordamida quruqlikka chiqqanlar.

Toshko‘mir davrida iqlim keskin o‘zgargan. U issiq, nam bo‘lib, fasllar orasida sezilarli tafovutlar kuzatilmagan. Quruqlikdagi o‘simliklar avj olib rivojlangan, qirqquloqlar, dastlabki ochiq urug‘li daraxtlar, o‘rmonlar paydo bo‘lgan. Umurtqasiz hayvonlarning ham xilma-xil vakillari nihoyatda ko‘p bo‘lgan. Bunday sharoit dastlabki amfibiyalar uchun nihoyatda qulay bo‘lgan. Umurtqalilarning boshqa raqobatchi formalarni bo‘lmaganliklari sababli amfibiyalar avj olib rivojlangan, hamda ularning har xil vakillari paydo bo‘lgan. Shunga qaramay dastlabki labirintodantlarning vakillari unchalik katta bo‘lmagan, tanalari baliqlarga o‘xshagan. Keyinchalik paydo bo‘lgan labirintodantlar anchagina yirik bo‘lib, uzunligi 1 m xatto undan ham uzun bo‘lgan. Labirintodantlar trias davrining oxirigacha suvda, suvga yaqin joylarda yashaganlar.

Labirintodantlarga karbon va perm davrda yashagan dumsiz amfibiyalarning ba’zi turkum vakillari Proanura, Eoanura nisbatan yaqin bo‘lgan. Karbon davrida dastlabki amfibiyalarning ikkinchi asosiy shahobchasi – lesospandillar paydo bo‘lib, ular kichik, suv muhitiga moslashgan. Ularning ba’zilari juft oyoqlarini yo‘qotgan va perm davrining o‘rtalarigacha yashaganlar. Taxmin qilinishicha ular dumli hamda oyoqsiz amfibiyalarning ajdod boshi sanaladi. Paleozoy erasida paydo bo‘lgan amfibiyalarning ko‘pchiligi triasda qirilib ketgan.

Stegotsefal (pansir boshlilar)ning boshi ustki va ostki tomondan teri suyaklari bilan qoplangan bo‘lib, faqat unda burun, ko‘z teshiklar bo‘lgan xalos. Ko‘pchiligini qorin tomonida ham bir-birini ustiga yotgan suyak tangalari uchragan. Stegotsefallarning ajdodlari shubhasiz tuzilishi tuban (dastlabki skeletning unchalik yaxshi suyaklashmaganligi, qo‘shimcha nafas olish o‘pka qoplarini bo‘lishi)tavsiflanadigan baliqlar bo‘lgan. Ularning juftoyoqlari faqat eshkak emas, qattiq joyda harakatlanganda tayanch vazifasini bajargan, binobarin ular besh barmoqli quruqlikda yashovchilarning oyoqlari tipida bo‘lgan.

Stegotsefallarga ayniqsa panja qanotli baliqlar yaqin. Ularning oyoqlarini skeleti stegotsefallarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Stegotsefallar paydo bo‘lgan devon davrida vaqti-vaqti bilan mavsumiy qurg‘oqchiliklar ro‘y bergan. Juda ko‘p sporali bahaybat daraxtlar suvga qulab botqoqliklarni paydo bo‘lishi tufayli baliqlarning suvda harakatlanishi qiyinlashgan. Suvda kislorod kam bo‘lgani sababli ikki tomonlama nafas oluvchi va panja qanotli baliqlar faqat jabralari orqali emas, havo bilan ham nafas olishga o‘tganlar. Suv havzalari qurib qolgan joylarda ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar halok bo‘la boshlaydilar, panja qanotlilar esa panja suzgichlari yordamida qurib qolgan suv havzalaridan suvli joylarga o‘tishga muvaffaq bo‘lganlar. Lekin panja qanotli baliqlarning sirtiga qoplangan suyakli zirhlar ularning harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Natijada mutatsion o‘zgaruvchanlik tufayli faqat qorin tomonida zirxi bor panja qanotli baliqlar yashash uchun kurashda g‘olib bo‘lganlar va tabiiy tanlanish ular orasidan o‘zgargan sharoitga moslashgan formalarni saqlanishiga va avj olib ko‘payishiga imkon tug‘dirgan. Stegotsefallar mezozoyning boshlarigacha yashaganlar. Hozirgi amfibiyalarda ro‘y bergan adaptatsiya radiatsiya va turlarni avj olib ketishi, yuraning oxiri bo‘r davrining boshlarida amalga oshgan.

Stegotsefallar ham panjaqanotli baliqlar ham o‘pka bilan nafas olgan, suzgich skeleti, miya qutisini qoplovchi suyaklar ham o‘xshash bo‘lgan. Lekin hozirgi fanga ma’lum panjaqanotlilar ancha keyingi davrlarda yashagan, ixtisoslashgan stegotsefallarni ajdodlari bo‘la olmaydi.

Devon davrining oxiriga kelib ixtiostegidlardan yupqa umurtqali amfibiyalar ajralib chiqadi va ular uch turkumga bo‘linadi. Mikrozauriyalar turkumi kichik hayvonlar bo‘lib, hozirgi tritonlarga va salamandralarga o‘xshash bo‘lgan. Perm davrida yashagan mikrozauriyalardan hozirgi dumli va oyoqsiz amfibiyalar kelib chiqqan.

Nekridiyalar turkum vakillari nisbatan katta gavdasi ilonsimon shaklda, oyoqlari bo‘lmagan. Ular davrining oxiriga kelib qirilib ketgan.

Xulosa qilib aytganda stegotsefallar mezazoy erasining boshigacha yashagan. Amfibiyalarning hozirgi turkumlari esa yura-bo‘r davrlarida paydo bo‘lgan.




Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish