Nizomiy nomidagi toshkent



Download 453,45 Kb.
bet12/13
Sana16.03.2022
Hajmi453,45 Kb.
#496207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati

Soliq va yig'imlarni hisoblab chiqarish va to'lash uchun zarur bo'lgan deklaratsiyalar, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaganlik, yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlik uchun soliq to'lovchidan soliq to'lovchidan to'lov muddati o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun tegishli summaning 1% miqdorida tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblab chiqarilgan to'lovlar chegirib tashlangan holda belgilangan to'lov muddatiga tegishli to'lov summasining 10%dan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima undiriladi;
Buxgalteriya hisobining yqo'ligi yoki uni belgilangan tartibda soliqlar va yig'imlar bo'yicha hisob-kitoblarning buzilishiga olib keladigan tarzda buzgan holda yuritganlik uchun soliq to'lovchidan qo'shimcha hisoblab chiqarilgan summaning 10% miqdorida jarima undiriladi; Agar bu huquqbuzarlik soliq summasini aniqlashga imkon bermasa eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida jarima qo'llaniladi.
Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz shug'ullanganlik uchun shu faoliyatdan olingan butun daromad (foyda) va yana shuncha miqdorda jarima undiriladi;
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar hisob- kitobda aks ettirmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalarini о 'tkazganligi uchun ulardan ana shu tovarlar (ishlar xizmatlar) qiymati miqdorida jarima undiriladi;
Soliqlar va yig'imlar bo'yicha to'lov muddati o'tkazib yuborilgan xar bir kun uchun 0,05 % miqdorida penya undiriladi, to'lov kuni ham shunga kiradi. Tqlovlarni undirish soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
Davlat soliq qo'mitasi, QR Prokuraturasi qoshidagi soliq va valyuta jinoyatlariga qarshi kurashish Departamentiga yuridik shaxslar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan
savdo qoidalariga rioya qilishni ta'minlash ustidan qattiq nazorat o'rnatish, ayniqsa, tovarlarni naqd pulga ulgurji sotishga yo'l qo'ymaslikka, nazorat kassa mashinalarining mavjudligiga, naqd pullarni o'z vaqtida inkassatsiya qilishiga e'tibor qaratish topshirildi. Aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan, jinoiy javobgarlikkacha bo'lgan javobgarlik choralari qo'llanilishi ta'kidlandi.
Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 28-noyabrdagi 414-sonli qaroriga ko'ra Monopollashtirishdan qaytish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mitasi Koordinatsiya Kengashining ruxsatisiz tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish qonunchiligining buzilishi hollarida ishlab chiqaruvchi, bajaruvchi va sotuvchi bo'lgan jismoniy shaxsga nisbatan 100 karra EKIX miqdorida jarima solish huquqiga ega bo'ldi. Bu jarima foydalanish muddati qtib ketgan yoki ko'rsatilmagan tovarlar sotilganda, kassa cheki bermasdan savdo qilinganda, iste'molchilarning mavjud huquqlarini bajarishdan bosh tortilgan hollarda qo'llaniladi. Qqmita bu jarimalarni o'zlari o'tkazgan tekshirish yakunlari, shuningdek, iste'molchilarning arizalari asosida, monitoring natijalariga ko'ra qo'llashlari mumkin.
Qasddan daromadlarni yashirish va yuridik va jismoniy shaxslarning soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash belgilari Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 23-oktyabrdagi 483-sonli qarori bilan o'rnatilgan ular quyidagilardir:

  1. hujjatlarni o'zgartirish (qchirish, noqonuniy to'g'rilash);

  2. soxtalashtirilgan birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;

  3. ishlab chiqarishda foydalanilmagan moddiy xarajatlarni hisobdan chiqarish;

  4. korxonada ishlamaydigan lekin shtatlar soniga kiritilgan shaxslarga ish haqi hisoblash orqali mehnatga haq to'lash xarajatlarini ko'paytirish;

  5. sotishdan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o'tkazish (sotish xajmi va daromadni qasddan kamaytirib ko'rsatish);

  6. moddiy, yoqilg'i-energetik resurslar, amortizatsiyani hisoblash me'yorlarini (limitlarini) sun'iy ko'tarish yoki noto'g'ri qo'llash;

  7. hujjatlarni yo'q qilish yoki uni ko'rsatishdan bosh tortish:

  8. sotish joylarida tegishli ravishda buxgalteriya va boshqa hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovarlar)ning mavjudligi;

  9. davlat ro'yxatidan qtmasdan va soliq organiga hisobga turmasdan xo'jalik (tadbirkorlik) faoliyatini yuritish;

  10. davlat soliq organlarining yozma tashrif qog'ozi bo'la turib, ikki va undan ortiq manbadan daromad oluvchi jismoniy shaxslar tomonidan daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyaning taqdim etilmasligi. Ushbu qarorning 9-qismiga ko'ra yashirilgan yoki pasaytirilgan daromadning barcha summasini undirish ko'rinishidagi moliyaviy jazo va xuddi shu miqdordagi jarima faqat davlat soliq organlari tomonidan faqat hujjatli tekshirish natijalariga ko'ra va soliq to'lashdan bosh tortish yoki qasddan daromad (foyda)larni yashirish (pasaytirish) belgilari mavjud bo'lgan hollardagina qo'llaniladi.

Soliq bazasini hisoblashdagi soliq qonunchiligining buzilishi soliq hisoblarining
noto'g'ri tuzilishi deb qaraladi hamda moliyaviy jazo va penyalar qo'shimcha hisoblangan summaga nisbatan qo'llaniladi.
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, agar soliq to'lovchi soliq qonunchiligining bir necha qoidalarini buzgan bo'lsa, moliyaviy jarimalar har bir qonunbuzarlikka nisbatan alohida qo'llaniladi. Agar moliyaviy jazoga tortilgan shaxs moliyaviy to'lovni amalga oshirganidan so'ng bir yil ichida qaytadan soliq qonunchiligini buzmagan holda u qonuni buzgan hisoblanmaydi.



Download 453,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish