Nizomiy nomidagi toshkent


Soliq tekshirishlarini o'tkazish tartibi



Download 453,45 Kb.
bet8/13
Sana16.03.2022
Hajmi453,45 Kb.
#496207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati

Soliq tekshirishlarini o'tkazish tartibi.


Soliq tekshirishlarini o'tkazishning birinchi bosqichi DSXO mansabdor shaxslarining soliq tekshirishlarini o'tkazadigan joylarga kirish tartib-qoidalarini belgilashdan boshlanadi.


Soliq tekshirishlarini boshlashdan oldin, naqd pul tushumi va foydalanishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlarda esa soliq tekshirishi tugagunga qadar davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

  1. soliq to'lovchini, soliq agentini yoki ularning vakillarini soliq tekshirishining maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi;

  2. soliq to'lovchiga, soliq agentiga yoki ularning vakillariga xo'jalik sub'ektlarini tekshirish muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko'chirmani yoki nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash vakolatli organi (hududiy bo'linmasi)ning rejadan tashqari, qisqa muddatli yoki muqobil tekshirish o'tkazish haqidagi qaroridan ko'chirmani; tegishli soliq tekshirishi o'tkazish haqidagi davlat soliq xizmati organi buyrug'i nusxasini va tekshirish o'tkazish rejasini taqdim etadi. Bularni olganligi haqida soliq to'lovchi imzo chekib tasdiqlaydi.

  3. mansabdor shaxsga soliq tekshirilishi ruxsat etilishi haqidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi;

  4. qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlarni ro'yxatdan o'tkazish kitobida yozuvni amalga oshiradi.

Soliq to'lovchiga yuqoridagi hujjatlarning taqdim etilishi soliq tekshirilishining boshlanishini bildiradi. Bu hujjatlarni soliq to'lovchining olishdan bosh tortishi soliq tekshirishini bekor qilishga asos bo'la olmaydi.
Soliq to'lovchi yoki soliq agenti davlat soliq organi mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda tekshirish hududiga kiritmaslikka haqlari bor:
yuqorida ko'rsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo'lsa;
tekshiruvchi shaxs teshirishni o'tkazish haqidagi buyruqda ko'rsatilgan bo'lmasa yoki tekshirish o'tkazishga maxsus guvohnomasi bo'lsa;
buyruqda ko'rsatilgan tekshirish muddati hali kelmagan yoki qtib ketgan bo'lsa; tekshiruvchi shaxs tekshirishlarni qayd qilish kitobiga imzo chekishdan bosh
tortsa.
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini tekshirish hududiga yoki binosiga kiritishga tqsqinlik qilinganda dalolatnoma tuziladi.
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini tekshirish hududiga yoki binosiga (istiqomat joylardan tashqari) kiritishga noqonuniy tqsqinlik qilinganda, shuningdek, mansabdor shaxslarning o'z xizmat vazifalarini bajarishlariga tqsqinlik qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Ularning bunday to'sqinlik qilishlari uchun javobgarlikka tortilishi soliq tekshi- rishlarini bekor qilish uchun asos bo'la olmaydi.
Soliq organi mansabdor shaxslarining uy joylarga unda istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslarning ruxsatisiz kirishiga yo'l qo'yilmaydi. Qonunchilik bilan
belgilangan yoki sud qarori asosida amalga oshirilgan hollardan tashqari.
Soliq tekshirish o'tkazishning keyingi bosqichi hudud va inshootlarni kuzatish va mulklarni inventarizatsiyalashdir.
Tekshirish o'tkazuvchi mansabdor shaxslar tekshirish to'liqligini ta'minlashda ahamiyati bo'lgan holatlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish, ombor, savdo va boshqa inshootlar va yuridik va jismoniy shaxslar daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq ob'ekti mazmuni bilan bog'dangan joylarni ular joylashgan joydan qat'i nazar kuzatish huquqiga ega.
Hudud va inshootlarni kuzatish soliq to'lovchi yoki soliq agenti vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Kuzatish natijalari bo'yicha talablarga rioya qilingan holda bayonnoma tuziladi.
Kuzatuv jarayonida foto va kinotasvir, videoyozuv soliq to'lovchiga bildirilgan holda amalga oshirilishi mumkin va bu haqda bayonnomada ko'rsatiladi.
Soliq to'lovchiga tegishli bo'lgan mulklarni inventarizatsiya qilish haqiqatda mavjud bo'lgan mulklarni buxgalteriya hisobidagi ma'lumotlar bilan solishtirish uchun, barcha mulkdor hisobi to'g'ri aks ettirilganligiga shubha uyg'ongan holatlarda amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijalari bo'yicha inventarizatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Soliq tekshirishlarida inventarizatsiya o'tkazish tartibi DSQ tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Tekshirish o'tkazayotgan DSXO mansabdor shaxslarida inventarizatsiya qilinayotgan mulklar yoki pul mablag'lari ishlatib yuborilganligi to'g'risida etarlicha asos bo'lgan taqdirda, ular g'aznani va tovar-moddiy boyliklar saqlash joylarini o'rnatilgan tartibda muhrlab qo'yish huquqiga ega.
Muhrlab qo'yish bu haqda bayonnoma tuzish va soliq to'lovchi vakili ishtirokida bo'ladi, hamda faqat soliq tekshirilishi o'tkazilayotgan davrda va ikki kundan ortiq bo'lmagan muddatga ruxsat beriladi.
Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirilayotgan soliq to'lovchilardan soliqlar va majburiy to'lovlarni hisoblash va to'lash bilan bog'liq hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Soliq to'lovchi yoki soliq agenti talab qilingan hujjatlarni yozma talabnoma berilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmasdan berishi kerak.
Hujjatlar nusxa ko'rinishida, soliq to'lovchining imzosi va muhri bilan ishonchliligi ko'rsatilgan holda taqdim etiladi.

      1. Download 453,45 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish