Bog'liq yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati
Yuridik shaxslar soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma'muriy va jinoiy javobgarlik choralari.
Soliq qonunchiligining buzilishiga qarshi kurash bo'yicha nazorat funktsiyalarini amalga oshira borib, soliq organlari qonunchilikni buzgan soliq to'lovchilarga nisbatan huquqiy majburlash usullari, moliyaviy jazo choralarini qo'llaydilar.
Shuningdek, soliq to'lovchi jismoniy shaxslar va yuridik shaxslaming mansabdor shaxslari ma'muriy, fiiqarolik huquqiy va jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar. Ular alohida, shuningdek, bir vaqtning o'zida qo'llanilishi mumkin.
Soliq huquqbuzarligi uchun javobgarlik soliq kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
Soliq huquqbuzarligini sodir etgan jismoniy shaxs ishi O'zR Jinoyat kodeksida ko'zda tutilgan jinoyatlar belgilariga ega bo'lmasa, javobgarlik Soliq kodeksi bo'yicha ko'riladi.
Hech kim bir marta qilingan soliq huquqbuzarligi uchun ikki marta javobgarlikka tortilmaydi.
Soliq huquqbuzarligi uchun yuridik shaxsning javobgarlikka tortilishi uning mansabdor shaxslarini tegishli ma'muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikka tortishdan ozod qila olmaydi.
Soliq to'lovchining javobgarlikka tortilishi uni soliq va to'lovlarni to'lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Shaxsning aybi qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlanmagunicha soliq huquqbuzarligida aybdor hisoblanmaydi. Javobgarlikka jalb qilinayotgan shaxs aybsizligini isbot qilishi shart emas.
Soliq to'lovchi bir nechta soliq huquqbuzarliklarini sodir etgan bo'lsa, moliyaviy jarimalar har biri uchun alohida qo'llaniladi.
Soliq huquqbuzarligi uchun moliyaviy jarima qo'llanilgan shaxs bir yil davomida qayta sodir etmasa, u moliyaviy jarimaga tortilgan deb hisoblanmaydi.
Shaxs quyidagi holatlardan bittasi ham mavjud bo'lganda soliq huquqbuzarligiuchun javobgarlikkatortilishi mumkinemas: soliq huquqbuzarligini sodir etganligi fakti mavjud bo'lmasa; soliq huquqbuzarligini sodir etishda shaxsning aybi bo'lmasa;
soliq huquqbuzarligi aniqlanganiga 3 yildan ortiq muddat o'tgan bo'lsa; soliq kodeksida ko'zda tutilgan boshqa holatlar.
Soliq tekshirishiga qadar soliq to'lovchi tomonidan soliq xatolari mustaqil to'g'rilangan bo'lsa penya to'lashdan tashqari javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shaxsningsoliqhuquqbuzarliginisodiretganligiaybinibekoretuvchiholatlarbo'libquyidagilarhisoblanadi: tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etilmaydigan holatlar oqibatida soliq huquqbuzarliklari belgilari mavjud bo'lgan harakatlar sodir etilganda;
soliq to'lovchi jismoniy shaxsning o'z harakatlariga javob bera olmaydigan holatda, bemor bo'lgan holatda soliq huquqbuzarligi sodir etilgan bo'lsa.
Soliqhuquqbuzarligiuchunjavobgarlikniengillashtiruvchiholatlarbolib: og'ir shaxsiy yoki oilaviy holatlar natijasida kelib chiqqan bo'lsa;
soliq huquqbuzarligi moddiy, xizmat yuzasidan yoki bog'liqlikdan kelib chiqadigan boshqa tahdid yoki majburlash ta'siri ostida yuz bergan bo'lsa;
javobgarlikni engillatishi mumkin bo'lgan boshqa holatlar.
Soliq huquqbuzarligi uchun og'irlashtiruvchi sharoit bo'lib, avval ham shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilganligi hisoblanadi.
Moliyaviy jarima (sanksiya) soliq huquqbuzarligi uchun javobgarlik chorasi bo'lib, pul undirish shaklida bo'ladi.
Moliyaviy jarimalarni undirish sud orqali amalga oshiriladi. Soliq va to'lovlarning to'lov muddati o'tkazib yuborilganligi uchun penyalar, shuningdek, soliq to'lovchi tomonidan soliq huquqbuzarligi uchun aybi tan olinib ixtiyoriy ravishda uni to'lashga rozi bo'lganida, ularni undirish soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Soliq organi tomonidan soliq huquqbuzarligini bartaraf etish topshirilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarilgan, o'z ixtiyori bilan belgilangan muddatda va to'liq etkazilgan zarar penya bilan birgalikda qoplangan vaqtda moliyaviy jarima qo'llanilmaydi. Lekin bu holatlar mahsulot (ish, xizmatlarni) yashirgan (kamaytirib ko'rsatgan) hollarda hamda kirim qilinmagan tovarlar saqlanganda, nazorat kassa mashinalaridan foydalanish qoidalari buzilganda, litsenziyasiz faoliyat
yuritganida qo'llanilmaydi.
Moliyaviy jarimalarni undirish da'vo muddati doirasida amalga oshiriladi. Qqshimcha hisoblangan soliq va to'lovlar summasi soliq to'lovchi joriy aktivlari summasining 20%dan ortig'ini tashkil etsa, bu to'lovlami 6 oy muddatga cho'zib to'lash huquqi beriladi.