NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
“ MILLIY ISTIQLOL G’OYASI HUQUQ VA MA’NAVIYAT ASOSLARI” TA’LIM YO’NALISHI
KURS ISHI
Mavzu. Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati
Abduganiyev O. Ilmiy rahbar Avazova SH.
Toshkent-2013
Mavzu. Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati
Reja.
Kirish.
Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq nazoratining tashkiliy va huquqiy asoslari.
Nazorat turlari va ularni yuritish shakllari.
Soliq tekshirishlari turlari va ularni tashkil qilish tartibi.
Soliq tekshirishlarini o'tkazish tartibi.
Soliq nazoratini tezkor shaklda yuritish tartibi.
Soliq tizimidagi qonunbuzarliklar va ularning kelib chiqish sabablari.
Yuridik shaxslar soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma'muriy va jinoiy javobgarlik choralari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. So'nggi yillarda respublikamizda davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soliq organlari inspektorlarining asosiy faoliyati byudjetga undiriladigan soliqlar, yig'imlar va davlatning maqsadli fondlariga to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishi ustidan nazorat o'rnatishidir. Bundan tashqari soliq nazorati avvalo, soliq to'lovchilarning qonunga bo'ysinish ko'nikmasini tarbiyalashi, hamda soliq to'lovchilarda soliq ob'ektlarini yashirishdan ko'ra uni vaqtida va to'liq to'lash to'g'riroq ekanligini anglatishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlab o'tganidek "Ularning bosh vazifasi nafaqat byudjetga soliqlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishini ta'minlash, balki soliq huquqbuzarliklarining oldini olish maqsadida soliq to'lovchilarga doimiy yordam berishlari va ularni o'qitishlari muhimdir"1
Kurs ishining dolzarbligi shundaki ta'lim jarayonini Davlat ta'lim standartlari va o'quv metodik adabiyotlarning yangi avlodi bilan ta'minlash talablari talaba va magistrlar uchun yangi adabiyotlarni yaratishni taqozo qilmoqda. Shu jihatdan mazkur kurs ishi muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi paytda soliq nazorati yuritish tartibini, uni samarali tashkil etishni, korxonalarda ichki soliq nazoratini o'rnatish tartibini bilish va takomillashtirish nafaqat soliq inspektorlari balki tadbirkorlik sub'ektlari, buxgalterlar, auditorlar uchun ham muhimdir.
Mazkur kurs ishi soliq nazoratini tashkil etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar, nizomlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq nazoratini erkinlashtirish yuzasidan farmonlari, qarorlari va boshqa me'yoriy xuquqiy hujjatlarni o'z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |