Nizomiy nomidagi toshkent


Tadqiqotning amaliy ahamiyati



Download 453,45 Kb.
bet3/13
Sana16.03.2022
Hajmi453,45 Kb.
#496207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Mazkur kurs ishida respublikamizda yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq nazoratini tashkil etish holati, huquqiy asoslari, soliq nazoratini amalga oshirish usullari, shakllari, mavjud muammolar optimallashtirish yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Kurs ishidan oliy o’quv yurtlari talabalari, magistrlari, professor-o'qituvchilar o’z ilmiy ishlarida keng foydalanishlari mumkin.


2 Aliev S. Soliq organlari tomonidan ma'muriy javobgarlik choralari qanday sharoitda qo'llaniladi? //Soliq to'lovchining jurnali, 8, 2005.
3 Isroilov В. Nazorat va tahlil. Soliq to'lovchining jurnali, 3. 2004
4 Isroilov I. Muradov F. Moliyaviy hisob bilan soliq hisobi o'rtasidagi vaqtinchalik farqlarni hisobga olish.
//Bozor, pul va kredit, 2, 2005.
5 Juraev A. Soliqqa oid qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish. Bozor, pul va kredit, 9, 2004.
6 Toshmurodova B.E. Korxonalarda soliq menejmentining iqtisodiy rivojlanishga ta'siri. //Bozor, pul va kredit 6, 2005
7 Anoshkina V., Minibaev T. Nalogi glazami biznesmenov. Ekonomicheskoe obozrenie, 7, 2005.
8 Tixonov D.N. Nalogovoe planirovanie i minimizatsiyanalogovix riskov. Alpina Biznes Buks. Moskva, 2004.
9 Porollo E.V. Nalogoviy kontrol: printsipi i metodi provedeniya. -M.: "Delo", 2003.
10 Porshnev A.G. i dr. Nalogoviy menejment. - M.: "Infra", 2003.
  1. Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq nazoratining tashkiliy va huquqiy asoslari.


Soliq nazorati bu - soliq to'lovchilaming soliq qonunchiligiga to'liq rioya etishi, soliqlar va byudjetdan tashqari jamg'armalarga to'lovlarni o'z vaqtida va to'liq undirilishi, to'g'ri hisoblanishi ustidan soliq organlari hamda bojxona organlari tomonidan olib boriladigan nazoratdir.
Soliqqa tortish tizimini tartibga soluvchi me'yoriy huquqiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:

  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari

  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari

  • Vazirliklar, davlat qo'mitalari va boshqarmalar hujjatlari

  • Davlat xokimiyatining joylardagi organlari qarorlari

«Qonunning ustunligi bizning islohotlar modelimizdagi etakchi tamoyildir. U huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan biri bo'lib xizmat qiladi»11
Soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni respublikamizda Davlat soliq xizmati va bojxona organlari amalga oshiradi. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashi, tuman va shaharlar hududiy komissiyalari nazorat qiluvchi organlar va ular hududiy bo'linmalari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini nazoratini tashkil etadilar. Bunda ular O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, «Xo'jalik sub'ektlari faoliyatining davlat nazorati to'g'risida»gi Qonunga "Davlat soliq xizmati to'g'risida"gi, "Tadbirkorlik faoliyati erkinliklari to'g'risida"gi O'zR qonunlariga, «Muddatida to'lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni undirish to'g'risida»gi qonunlar, O'zR Prezidentining 1996 yil 8-avgustdagi "Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirishni takomillashtirish to'g'risi"gi PF-1503 son, 1998 yil 19-noyabrdagi "Xo'jalik yurituvchi sub'ektlami tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to'g'risida"gi PF-2114 son, 2005 yil 14-iyundagi "Tadbirkorlik sub'ekt-larini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-3365-son farmonlariga, 2006-yil 16-maydagi "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o'tkaziladigan, tadbirkorlik sub'ektlari yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to'g'risida"gi Nizom va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini tekshirishni tartibga solish


11 I.A.Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»-T.: O'zbekiston, 1997y, 279-bet
masalalariga doir boshqa qonun hujjatlariga, me'yoriy va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Soliq intizomini mustahkamlash, soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga qat'iy amal qilish, soliq to'lovlarining byudjetga to'liq va o'z vaqtida tushishini ta'minlash, soliqqa doir huquq buzilishlarining aniqlanishi, ularning oldini olish va ularni bartaraf etish ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, shuningdek, soliq organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 13 martdagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida» 87-son va «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish to'g'risida» 180-son qarorlariga muvofiq soliq sohasida huquq buzilishlariga qarshi kurashish bo'yicha bosh boshqarma va nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etildi.
Davlat soliq xizmatining nazorat funktsiyalarini ко'rib chiqish jarayonida nazorat mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Soliq nazorati haqida «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi qonunning 2-moddasida shunday deyiladi: «Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortilishi lozim bo'lgan sub'ektlar va ob'ektlarni hisobga olish, soliqlarga doir tekshiruvlar o'tkazish, soliq to'lovchilar, boshqa shaxslarni so'rab- surishtirish vositasida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi». Nazorat vositasida bajarilayotgan topshiriqning to'liqligi, o'z vaqtidaligi va samaradorligi to'g'risidagi ma'lumotlar ishonchliligi, topshiriqni bajarish paytida mansabdor shaxslar qilgan xatti-harakatlar va o'tkazilgan operatsiyalaming qonuniyligi aniqlanadi, faoliyatni yaxshilash va ishda yo'l qo'yilgan huquqbuzarlik va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki rezervlar aniqlanadi, shu jumladan, qonunlarni buzganligi, ishda pala- partishlikka yo'l qo'ygani uchun tegishli mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to'lovchi to'g'risidagi olingan har qanday ma'lumot soliq siri hisoblanadi. Quyidagi ma'lumotlar esa soliq siri
hisoblanmaydi:

  1. soliq to'lovchi tomonidan mustaqil yoki uning yozma roziligi bilan ruxsat berilgan;

  2. soliq to'lovchining identifikatsiya raqami to'g'risidagi;

  3. yuridik shaxsning ustav kapitali to'g'risidagi;

  4. soliq huquqbuzarliklari va unga nisbatan ko'rilgan javob-garlik choralari to'g'risidagi;

  5. O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga asosan boshqa davlatlaming soliq va huquqni muhofaza qilish organlariga berilgan ma'lumotlar.

soliq organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb qilingan ekspertlar, tarjimonlar tomonidan o'z vazifalarmi bajarish chog'ida ega bo'lgan va soliq siri hisoblangan ma'lumotlarni oshkor etilishi man qilinadi.
Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan soliq siri hisoblangan ma'lumotlar maxsus saqlash tartibida saqlanadi.
Soliq siri bo'lgan ma'lumotli hujjatlarni yo'qotish yoki e'lon qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi.

  1. Download 453,45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish