Nizomiy nomidagi toshkent


Soliq tizimidagi qonunbuzarliklar va ularning kelib chiqish sabablari



Download 453,45 Kb.
bet10/13
Sana16.03.2022
Hajmi453,45 Kb.
#496207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati

Soliq tizimidagi qonunbuzarliklar va ularning kelib chiqish sabablari.


Mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan sari, soliqqa tortish uslublari ham o'zgarib boradi, soliq ob'ektlarini aniqlash, soliq to'lovchilami hisobga olish ishlari doimo nazorat sifatini rivojlanishi talab qiladi.


Jarima va jazo choralari, soliq idoralari tomonidan qonunda belgilangan moddalarga binoan amalga oshiriladi.
Soliq to'lovchilaming qilgan xato va kamchiliklarini nafaqat jazolash, balki soliq qonunlami ularga bo'lgan ta'sirlarini qrganish orqali kelib chiqishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni ham tahlil qilish lozimdir.
Korxona va tashkilot avvalo ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchidir, sqngra esa soliq to'lovchilar bo'lib hisoblanadilar.
Davlat o'zining fiskal siyosatini amalga oshirishda asosiy bir soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlariga ro'baro' bo'ladi.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash deyilganda keng ma'noda quyidagilar tushuniladi.

  • olingan daromad va foyda yashirish;

  • hisoblangan soliqlarni o'z vaqtida to'lamaslik yoki umuman to'lamaslik;

  • imtiyozlardan noto'g'ri foydalanish;

  • tegishli hisobotlarni o'z vaqtida to'lamaslik va umuman topshirmaslik;

  • boshqa qoidalardan va taqiqlangan metodlardan bevosita va bilvosita foydalanish kabilardir.

Soliqqa oid huquq buzilishi - huquqqa zid bo'lgan, aybli harakat yoki harakatsizlik bo'lib, bu bilan majburiyatlar bajarilmaydi yoki tegishlicha bajarilmaydi, soliq munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buziladi hamda ular uchun yuridik javobgarlik belgilangan.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka ta'siri juda ham salbiyki, uning natijasida quyidagilarni kelib chiqaradi:

  • davlat byudjeti defitsiti paydo bo'ladi;

  • davlat soliq stavkalarini ko'tara boshlaydi, davlat byudjetini to'ldirish maqsadida yangi soliq va to'lovlar qylab chiqiladi;

  • inflyatsiya darajasi ko'tarila boshlaydi;

  • davlatning ichki va tashqi qarzlari orta boshlaydi. Yuqorida qayd qilingan sabablarni inobatga olib, soliq to'lovchilarning soliq to'lashdan bo'yin tovlash va uni keltirib chiqaradigan sabablarni soliq xizmati xodimlari doimiy ravishda qrganishlari va bunday holatlarga olib kelmaslik uchun tegishli tashkiliy ishlar, chora va tadbirlarni ко'rib borishlari lozim.

Soliq to'lashdan bo'yin tovlash kabi munosabatlarning kelib chiqish sabablariga quyidagi omillar ta'sir qiladi.
Ma'naviy omillar - bu faktorlar soliq qonunlarini ijtimoiy, doimiylik va daxlsizlik printsiplariga to'g'ri kelmaslik bo'lib, qonunlarning obro'sini va ta'sirini pasaytiradi.
Bundan tashqari soliq stavkalarining yuqori bo'lishi, o'z navbatida, soliq to'lovchilar tomonidan unga nisbatan ichki qarshilik hissini uyg'otadi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash to'g'risidagi turli xil fikrlarga olib keladi.
Masalan; foyda solig'ining stavkasini yuqoriligi, korxonadan foyda olishga bo'lgan ishtiyoqini pasaytirib yuboradi yoki qandaydir yo'llar bilan soliqqa tortiladigan foyda hajmini kamaytirish harakat qiladi. g'ki bo'lmasa, bizning qonunlarimizga asosan soliqlarni realizatsiya qilingan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun emas, balki yuklab jqnatilgan va hali puli to'lanmagan paytdan boshlab hisobga olinishi va boshqalar.
Iqtisodiy omillar - bunda soliq to'lovchilar soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida unga bo'ladigan ta'sirlarni qrganadilar.
Agarda, soliq stavkasi qanchalik yuqori va qo'llaniladigan jarima summalari qanchalik past bo'lsa, soliq to'lovchi uchun shunchalik soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasi samarali bo'ladi.
Albatta, bunday holatlarda soliq soliq to'lovchilar soliq to'lamaslik har qanday yo'llar bilan harakat qilishadi, chunki birinchi tomondan joriy etilgan barcha turdagi soliq va to'lovlarni to'lanishi soliq to'lovchining iqtisodiy holatiga katta ta'sir qilib, uni ahvolini og'irlashtirishiga olib kelishiga ta'sir qilsa, soliq to'lamaslik esa unga o'z iqtisodiy potentsialini saqlab qolishi uchun yagona iqtisodiy yo'l bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Ikkinchi tomondan moliyaviy jarimalarni iqtisodiy jihatdan kuchsiz bo'lgan sub'ektlarga qo'llanilishi, nafaqat uni rivojlanishdan balki undan keyin umuman faoliyat ko'rsata olmaslikka olib kelishi mumkin. Chunki barcha foydasini qarzlarni to'lashga sarflamasa, unga hisoblanayotgan ustama foiz summalar ham tobora oshib boraveradi.
Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, soliq to'lashdan bo'yin tovlashning barcha formalari, iqtisodiy o’sish sur'ati pasayayotgan hamda tanazzulga uchrayotgan mamlakatlarda yuqori darajada bo'ladi.
Chunki bunday sharoitlarda soliq to'lovchilaming moddiy sharoitining yomonlashuviga mamlakat miqyosida mahsulot, tovar va xizmatlarga bo'lgan talablaming pasayishi ham katta ta'sir qiladi.
Albatta, to'lov qobiliyatining pasayishi natijasida tovar oborot hajmi qisqaradi hamda korxona o'ziga tegishli soliqlarini ololmay qoladi. Natijada korxona o'z qobiliyatini saqlab qolish maqsadida soliq qonunchiligida ta'kidlangan turli yo'llarni izlashga tushadi.
Masalan: soliq organlari tomonidan soliq to'lovchilarni to'la hisobga ola olmaslik, xo'jalik operatsiyalarga taalluqli hujjatlarni barchasini tekshirishdan to'la o'tkaza olmaslik, tekshiruvchilarning bilim darajasi, korruptsiya va shunga qxshash holatlarning mavjudligidir.
Soliq amaliyotida huquqbuzarlikning quyidagi xarakterli turlari mavjud:
Mansabdor shaxslar tomonidan yo'l qo'yilgan huquqbuzarliklar;
Coliq to'lovchining xo'jalik faoliyatiga qonunga xilof ravishda to'sqinlik qilish, ya'ni soliq hisobiga qo'yishdan, ruxsatnoma yoki bank yoxud boshqa kredit muassasasida hisob raqami ochish uchun zarur boshqa hujjatni berishdan soliq organi mansabdor shaxsining noqonuniy bosh tortishi;
- soliq to'lovchining banklar yoki boshqa kredit muassasalaridagi hisob raqamlari bo'yicha operatsiyalarini noqonuniy tqxtatib qo'yish yoki soliq to'lovchining mol-mulkini noqonuniy ravishda xatlash;
-soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan soliq to'lovchining oddiy amaliy operatsiyalarini amalga oshirishni jiddiy ravishda mushkullashtiradigan usullar va yo'llar bilan nazorat harakatlarini qonunga xilof ravishda amalga oshirilishi;
-hisob harakatlari va hisobot hujjatlarining turlari va hajmlarini qonunga xilof ravishda kengaytirish talabi;
-maslahatlar berishdan bosh tortish yoki maslahatlarni taqdim etmaslik, ya'ni soliq organi mansabdor shaxsining soliq to'lovchi yoki soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchisiga soliq solish tartibi va shartlari, uning huquqlari va majburiyatlari to'g'risida bepul yozma axborot berishdan bosh tortish yoki bunday axborotni belgilangan muddatda taqdim etmasligi;
-soliq sirini oshkor etish, ya'ni qonunchilikka muvofiq soliq sirini tashkil etadigan, ularning o'z munosabati bilan soliq organining mansabdor shaxsiga ma'lum bo'lgan ma'lumotlardan g'ayriqonuniy foydalanish yoki ularni boshqa shaxsga berish.
Kredit beruvchi va boshqa muassasalar xodimlari tomonidan yo’l qo'yiladigan bir qator huquq buzilishlari ham mavjud bo'lib, ular ham soliq to'lovchilar tomonidan huquq buzilishlari paydo bo'lishga imkon yaratadi. Bular quyidagilardir:
Soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob kitob, joriy, depozit va boshqa hisob varaqlarning ochilishi;
soliq to'lovchi to'g'risidagi axborotni taqdim etishdan bo'yin tovlash, ya'ni soliq organining uchinchi shaxs-soliq to'lovchiga taalluqli hujjatlarni taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik yoki bunday hujjatlar yohud axborotni taqdim etishdan soliqni hisoblab chiqish uchun zarur axborotni taqdim etishdan bosh tortish, ya'ni soliq organining shaxsni soliq to'lashga jalb etish uchun asos bo'lib hisoblanadigan yuridik faktlarni qayd etadigan hujjatlarni taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik;
soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob-kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa hisobvaraqlarning ochilishi.

      1. Download 453,45 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish