Korroziyaga qarshi kurash.
Metallar sirtini himoya qatlamlari bilan o‘raladi. Metallar sirti lak, bo‘yoq, rezina, surkov moylari (solidol , texnik vazelin ) va emal bilan qoplanadi. Metallarning sirtiga havo va boshqa agressiv muhitning ta’siri kamayib, korroziya sekinlashadi.
Metallarning yuzasi boshqa metallar bilan (Ni, Cr, Zn, Cd, Sn, Cu, Ag, Au va boshqalar) qoplanadi. Metallarning yupqa pardasi ichkaridagi metallni keyingi oksidlanishdan saqlaydi.
Metallardan yasaladigan mashina va mexanizmlar metallning o‘zidan emas, balki korroziyaga chidamli qotishmalardan yasaladi. Bunday qotishmalar juda ko‘p. Ruxlangan, qalaylangan, xromlangan qotishmalar korroziyaga chidamli va xossalari toza metallardan ustun turadi.
Metallarni korroziyadan saqlash uchun elektrokimyoviy himoya usullaridan foydalaniladi. Metall buyumlarga faolligi yuqori boʻlgan boshqa metalldan tutqich ulab qoʻyiladi. Bunda agar faol metall yemirilib tugamaguncha asosiy metall korroziyaga uchramaydi. Dengizdagi kemalar, yer osti quvurlari, gaz o‘tadigan quvurlar korroziyasini sekinlashtirish uchun protektor himoya ishlatiladi. Bunday sharoitda koʻpincha po‘lat quvurlarni himoyalash uchun aktiv metall (masalan, rux) ishlatiladi. Protektor sifatida magniy, rux, aluminiy qotishmalari ham qoplanilsa, yaxshi natijalar olingan. Protektor yemirilib bo‘lsa, unga yangisi ulab qo‘yiladi. Kemalarni korroziyalanishdan saqlash uchun ular mis bilan qoplanadi. Misli qoplamaga protektor (Zn, Fe, Mg) ulab qoyilsa kema korpusining korroziyalanishi sekinlashadi.
Metallar saqlanadigan muhitga korroziyani sekinlashtiruvchi moddalar — ingibitorlar qo‘shib qo‘yiladi. Ingibitorlar organik moddalar, nitrit, xromat, silikat, fosfat kislota tuzlarining samaradorligi yuqoriligi ma’lum.
Metallarning qotishmalari.
Qotishmalar — suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo‘lgan eritmalar. Qotishmalar kristall tuzilishga ega boʻladi.
|
Metallarning bir nechtasini yoki ularga oz miqdorda metallmaslar qoʻshib qotishmalar olish mumkin. Qotishmalar xossalari keng chegarada oʻzgaradi. Odatda qotishmalarning suyuqlanish haroratlari dastlabki metallarnikidan koʻra kamayishi aniqlangan. Lekin, qotishmalarning qattiqligi yuqori boʻladi. Eng muhim qotishmalarga choʻyan va poʻlat kiradi. Poʻlat temirning kam miqdordagi uglerod ( 1,7 % gacha) bilan hosil qilgan qotishmasi. Qotishmalarda Mn, Si, S, P va boshqa 10 dan ortiq qoʻshimchalar bor. Poʻlat temirga nisbatan qattiq boʻladi. Choʻyan temirning uglerod (2 % dan koʻp) bilan hosil qilgan qotishmasi. Choʻyan tarkibida Si, Mn, P va S boʻladi. Hozirgi paytda texnikada 5000 dan ortiq har xil qotishmalar ishlatiladi. Ularga bronza, latun, jez, nixrom, duralyumin va boshqalar kiradi.
Metallar qotishmalarining issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi. Qotishmalarning xossalari ular tarkibini tashkil qiladigan moddalarning xossalariga bog‘liq.(2-jadval)
• 99 % mis va 1 % berilliydan tashkil topgan qotishma misdan 7 marta qattiq bo‘ladi.
• 50,1 % vismut, 24,9 % qo‘rg‘oshin, 14,2 % qalay, 10,8 % kadmiydan iborat qotishma 65,5 °C da suyuqlanadi (vismut – 271,3 °C, qalay –231,9 °C, kadmiy – 320,9 °C, qo‘rg‘oshin — 327,4 °C da suyuqlanadi).
• Rux, mis, alyuminiy alohida bo‘lganda suvda erimaydi, lekin 5 % rux, 50 % mis, 45 % alyuminiydan iborat qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta’sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi.
|
• Gomogen qotishmalar — atom radiuslari o‘lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu—Au, Ag—Au, Na—K, Bi—Sb).
• Geterogen qotishmalar – atom radiuslari o‘lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo‘lgan , kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn—Al, Zn—Al).
• Intermetall (metallararo) qotishmalar — elektrmanfiylik qiymatlari bir-biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil boʻlgan qotishmalar. Ularda metallar turli ekvivalent miqdorlarda birikib, kimyoviy birikmalar hosil qiladi (CuZn, Cu3Al, Cu5Zn8).
| Qotishmalar ham metallar kabi tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bogʻli boʻladi. Kristallangan ba’zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi, ba’zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bogʻlanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalari deb ataladi.
3-jadval. Ayrim qotishmalar haqida ma’lumot
Qotishmalar nomi
|
Qotishmalarning
foiz tarkiblari, %
|
Qotishmalarning
ishlatilish sohalari
|
Duralyuminiy
|
Al 95—97; Cu 1,4; Mg
0,4—2,8; Mn 0,2—1
|
Samolyotsozlikda
|
Nikelin
|
Cu 67; Ni 32, Mn 1
|
Isitish asboblari
tayyorlashda
|
Pexral
|
Fe 73; Cr 18, Ni 9
|
Zanglamaydigan po‘lat
sifatida
|
Volframli po‘lat
|
Fe 70–85, W 12–23, Cr 2–6, C 0,5–0,6
|
Tez kesar asboblar
tayyorlashda
|
Qo‘rg‘oshinli babbit
|
Pb 80-82, Sn 16–18
|
Podshivniklar
tayyorlashda
|
Qalayli babbit
|
Sn 82–84, Sb 10–12, Cu 6
|
Mashinasozlikda
|
Aralash babbitlar
|
Pb 64–66, Sn 15–17, Cu 0,3
|
Mashinasozlikda va turli quymalar tayyorlashda
|
Ferronixrom
|
Ni 40–70, Fe 22–55,
Cr 15–18
|
Elektr bilan qizdiriladigan asboblar
tayyorlashda
|
Bosmaxona
qotishmasi
|
Pb 55-75, Sb 15–25,
Sn 10–20
|
Bosmaxonada
|
Ayrim hollarda metallar bir-biri bilan aralashmaydi va qotishma hosil bo‘lmaydi. Kundalik turmushimizda sof metallardan tayyorlangan buyumlarni deyarli uchratmaymiz. Qotishmalar oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo‘lishini rejalashtirilgan holda tayyorlanadi. Qotishmalarning kristall panjaralari sof metallarnikidan keskin farq qiladi. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi tufayli sanoatda va maishiy turmushda keng qo‘llaniladi. Masalan, qalay bronzasi 5000 yil muqaddam ham ishlatilgan. Hozirgi vaqtda temir va alyuminiy asosidagi qotishmalar eng keng tarqalgan qotishmalardir
Xulosa
Hozirgi kunda turmushni metallarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, o‘nlab metallar va qotishmalar xalq xo‘jaligining barcha sohalarini qamrab olgan. Og‘ir yuklarni tashuvchi va yengil mashinalar, qishloq xo‘jaligi mashinalari, teplovoz, parovoz, samolyotlardan tortib oddiy igna, mix, ruchka va hokazolar barchasi metallardan yasalgan yoki asosiy qismini metallar tashkil qiladi. Temir, mis, rux, nikel, kobalt, alyuminiy, magniy, volfram, molibden, tantal, titan, niobiy kabi metallar va po‘lat, cho‘yan, babbit, duralyuminiy, nixrom singari qotishmalar katta amaliy ahamiyatga egadir.
Metallar qadimdan inson ehtiyojlari uchun zarur hisoblanadi. Metallar hozirgi kunda ham sanoatimiz va kundalik hayotimizda ajralmas oʻrin tutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |