Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedogogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 448,57 Kb.
bet6/10
Sana28.04.2022
Hajmi448,57 Kb.
#588654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12345678910 islomova dildora tugallandi

Metallarning olinish usullari .
Metallarning olinish usullari toʻgʻrisidagi soha va fan metallurgiya deyiladi. Metallurgiya qora va rangli metallurgiyaga boʻlinadi. Qora metallurgiya asosan temir, choʻyan va poʻlat olish bilan shugʻullanadi. Сu, Ag, Au, Cr, Ni, Mn va boshqa metallar olish sohasi rangli metallurgiyaga tegishlidir.
Tabiatda metallar erkin holda ham uchraydi. Odatda bunday metallarning aktivligi kam. Bularga Au va Pt kiradi. Cu, Ag, Hg, Sn va boshqa metallar boʻlsa ham erkin holda va ham birikma holda uchraydi. Ba’zi metallarning tabiatda faqat birikmalari uchraydi. Bunday birikmalarga oksidlar, karbonatlar, sulfidlar va murakkab minerallar kirib, minerallarda bir paytni oʻzida bir necha metallar boʻlishi mumkin. Metallarni olinish usullari uchga boʻlinadi: pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiyalar hisoblanadi. Pirometallurgiya jarayonida oksidlar, sulfidlar, karbonatlar va boshqalardan yuqori haroratda qaytarib metallarni ajratib olish tushuniladi. Qaytaruvchilar sifatida koʻmir, is gazi, faol metallar, vodorod, metan va boshqalardan foyadalaniladi. ZnS tutgan ruda kislorodda yoqilib, oksidiga aylantiriladi, keyin CO yoki koʻmir bilan qaytarilib metallga aylantiriladi. Fe, uning qotishmalari, Cu, Zn, Cd, Sn, Ge, Pb va boshqa metallar pirometallurgiya usullarida olinadi.
Agar metallarni qaytarish jarayonida alyuminiy ishlatilsa, alyuminatermiya deyiladi. Masalan, shu usul bilan magnetitdan temir olinadi.
3Fe3O4 +8Al = 4Al2O3 + 9Fe
3Mn3O4 + 8Al = 4Al2O3 + 9Mn
Cr2O3 + 2Al = Al2O3 + 2Cr
Mn, Cr, Ti, Mo, W larni olishda uglerod ishlatilsa karbidlar hosil boʻlib qolgani uchun ular faqat metallotermik usullarda olinadi. Qaytarishda vodorod ishlatilsa vodorodtermiya deyiladi. Bu usulda Mo, W kabi metallar olinadi.
MoO3 + 3H2 = Mo + 3H2O
Gidrometallurgiya metallarni rudalardan eritmaga oʻtkazish orqali ajratib olishdir. Eritmadan metallar turli usullar bilan ajratib olinadi. Masalan, mis(II)oksiddan mis olishda, avval mis birikmasi eritmaga oʻtkazilib, soʻngra elektroliz usuli bilan ajratib olinishi mumkin. Eritmadan birorta faolroq metall bilan qaytarilsa ham boʻladi. Elektr.
2 CuSO4+2H2O = 2Cu+O2+2H2SO4
CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
CuO+H2SO4= CuSO4+H2O
Gidrometallurgiya jarayoni Cu, Au, Ag olishda juda qoʻl keladi. Masalan, oltin yoki kumush olishda ruda tarkibidagi metall avval eritmaga kompleks birikma hosil qilish orqali oʻtqazilib, soʻngra birorta arzonroq metal (Zn) orqali eritmadan ajratib olinadi.
4Ag+O2+8KCN+2H2O=4K[Ag(CN)2] +4KOH
2 K[Ag(CN)2] +Zn= K2[Zn(CN)4] +2Ag
Ag, Au, Cu, Zn, Cd, U, Mo ana shu usullar yordamida olinadi.
Elektrometallurgiya usulida metallarni ajratib olishda elektrolizdan foydalaniladi. Bu usul ishqoriy, ishqoriy yer metallari, alyuminiy olishda qoʻl keladi. Bunda inert (grafit, koʻmir, iridiy, tantal) kabi erimaydigan elektrodlar va eriydigan (Cu, Ni, Zn) elektrodlar ishlatiladi. Ba’zan elektroliz metallarni tozalash (rafinatsiya) uchun ham kerak boʻladi.

Download 448,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish