Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetti ergasheva g. S., M. Nataqulova



Download 52,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/121
Sana27.04.2022
Hajmi52,31 Mb.
#585772
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   121
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari

Kirish. 
O'quvchilaming 
kontseptsiyasini 
ilmiy 
maqolada 
muhokama qilinadigan narsalami berish uchun kirish kerak qismi 
kerak. Bu yerda tadqiqpot ishining amaliy va nazariy ahamiyati tahlil 
qilinadi. Shuningdek, ishning dolzarbligini va yangiligi ko'rsatiladi.
A dabiyotni o'rganish. 
Adabiyotni o'rganish ilmiy maqola uchun 
nazariy asos bo'lib xizmat qiladi. Maqsad ushbu mavzudagi mavjud 
ishlami tahlil qilish va baholashdan iborat
A sosiy qism. 
Bu yerda mavzu mazmuni kirishdan ko'ra 
batafsilroq tavsiflangan bo'lishi kerak. Asosiy qismda tadqiqotning 
natijalari bayon etilishi va natijalami umumlashtirish ummkin bo'ladi.
Natijalar. 
Tadqiqotlar natijalari bo'yicha xulosalar chiqarish 
kerak. Bu yerda ishning asosiy qismida asosiy fikrlar, m a’lumotlar 
kiritiladi. Bundan tashqari, maqolaning oxirgi qismda tegishli 
masalalar, bo'yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish uchun urinishlar 
kiritiladi.
Ilmiy maqola 
- bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo'lib, u dolzarb ilmiy 
muammo bo'yicha o 'z fikrlarini bayon qilishdir. Ilmiy maqola ustida 
ishlashning asosiy bosqichlari quyidagilardan iboyrat: 1) Mavzuning 
belgilanishi reja, tezislaming tuzilishi: 2) Reja, tezislar asosida 
maqolaning birinchi variant ustida ishlash; 3)Ishning yakunlanishi, 
matn tahlili, takomillashtirish, tuzatish zarur. Ilmiy maqola uchun 
yana - annotasiya, kalit so'zlar, adabiyotlar ro'yxati talab etiladi. 
Ayrim ilmiy jum allarda maqoalalmi chop ettirish uchun ekspert
134


xulosasi va taqrizlar talab qilinadi. Buning uchun ilmiy maqola 
yetarlicha nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lishi lozim Maqola 
tayyor bo'lgandan so'ng qayta к о 'rib chiqiladi, tegishli joylari 
korreksiyalanadi va nashrga tayyorlanadi.
Maqola matnni rasmiylashtirishdagi xarakterli nuqsonlar bo'lib 
uni vaqtida to'g'rilash lozim. Ular quyidagilar bo'lishi mumkin:
1. Mavzudan chetga chiqish, uni boshqasi bilan almashlash.
2. Haddan ortiq hajmli kirish qismi,aniq xulosalar yo'qligi.
3. Fikrni bay on qilishdagi muayyan bosqichlami ko'rsatadigan 
xatboshilami ajrata bilmaslik.
4. Materialni bay on qilishning uzunligi va haddan ortiq ko'p 
so'zlilik.
5. Har xil nutqiy va uslubiy xatolar.
Qayd etilgan kamchiliklami albatta bartaraf etish kerak bunda 
ilmiy 
rahbar 
yordamiga, 
ko'rsatmasiga 
tayanish 
maqsadga 
muvofiqdir.
Talabalaming tadqiqot ishlaridan biri bu esse yozishdir. Esse -
hajmi taklif qilingan mavzudagi 1000 so'zdan 5000 so'zgacha bo'lgan 
asardir. Esse - bu muallifning alohida individual pozistiyasiga ega 
erkin shakldagi bayoni bo'lib, qandaydir buyum, obyekt yoki 
qandaydir sabab bo'yicha umumiy yoki oldindan bildirilgan fikr- 
mulohazalardan iboratdir. Dalillangan esse bu qo'yilgan savolga 
dalillangan javob mavjud bo'lgan yozma ishdir. Bunda m uallif 
muayyan pozistiyaga ega bo'ladi va uni himoya qiladi, o 'z 
pozistiyasini quvvatlash uchun bir qator dalillami taqdim etadi. 
Maqsad - m uallif o'zi qo'llaydigan nuqtai nazarga boshqalami ham 
ishontirishni xohlaydi. Agar Siz o'quvchilam i fikran tasaw ur qila 
olsangiz va esseni yozish jarayonida fikran ular bilan muloqot yurita 
olsangiz, unda dalillangan esseni yozish osonlashadi. Dalillangan 
essening tuzilishi quyidagicha bo'ladi:
1. Masala yuzasidan muallifning nisbiy nuqtai nazarini bildirish 
(1 xat boshi).
2. Aytilgan pozistiyaning dalillanishi - muallifning shu 
pozistiyani qo'llash uchun ishonarli dalillari bunday pozistiyani qabul 
qilishga ishontiradi.
3. Xulosa - rezyume (1 xat boshi).
Dalillangan esseni baholash ko'rsatkichlari va mezonlari bo'lib 
ular quyidagilar:
135


• mazmunning mavzuga muvofiqligi;
• muammoni ko'rish, unga munosabat, o'zining nuqtai nazari, 
dalillaming ishonchliligi;
• uslub va bayonning aniqligi, ochiq-ravshanligi;
• yozish qoidalariga rioya qilish.
Talabaga 
esseni 
yozishi davomida o'rganayotgan 
mavzu 
mohiyatiga ijodiy yondasgadi. Mavzu yuzasidan o'rganganlariga 
asoslanib, obyekt va jarayonlam i tavsiflashda erkin fikr yuritadi, 
o'zining shaxsiy munosabatini namoyn etib biladi.
Talabalar tadqiqotchilik faoliyatini shakllanishida o'quv fanlarini 
o'zlashtirish jarayonida yozgan referatlar ham muhim rol o'ynaydi. 
Chunki, talaba-o'quvchi referat mavzusi ustida ishlar ekan, mavzu 
yuzasidan m a’lumotlar manbaini qidirish, adabiyotlami tahlil qilish, 
m a’lumotlami tahliliy baholashga, o'rganilgan m a'lum otllar boyicha 
umumlashgan xulosalar chiqarishga o'rganib, ularda ilmiy izlanish 
ko'nikmasi 
shakllanadi. 
Referat 
-
diqqat-e’tibomi 
yangi 
ma'lumotlarga qaratadi va boshlang'ich matnga murojaat etishning 
maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Referatlar turlari mazmun- 
mohiyati va yo'zilishiga ko'ra 2 xil tavsiflanadi:
1. 
Bayonning 
to'liqligi 
bo'yicha 
(Axborotli 
(referat -
konspektlar), Indikativ (referat - rezyumelar);
2. Referatlanadigan manbalar soni bo'yicha (Monografik, tahliliy 
turlarga ajratiladi.
Referatning mazmuni tuzilishi quyidagicha:
1. Referat matni;
2. Mavzu, muammo;
3. Referat qilinadigan ishning predmeti, maqsadlari va tuzilishi.
4. Qisqacha mazmuni. □
5. Aniq natijalari. □
6. M uallif xulosalari. U
7. Ish natijalari qo'llaniladigan.
O'quv fani bo'yicha referatlaming tayyorlanishi o'qishda 
quyidagi natijalarga erishishni nazarda tutadi:
1. 
O 'quv fanining dolzarb nazariy masalalari bo'yicha 
bilimlaming chuqurlashuvi, ushbu bilimlaming tadqiqotchi tanlagan 
mavzuga ijodiy qo'llanilishi;
2. 
Tanlangan 
kasbiy 
sohadagi 
xorijiy 
tajribaning 
o'zlashtirilishi, undan mamlakat sharoitida, shaxsning kelgusidagi
136


kasbiy 
faoliyatida 
amalda 
qo'llanish 
imkoniyatlari 
va 
muammolarining o'rganilishi.
3. 
Tanlangan mavzu bo'yicha turli adabiy manbalami 
(monografiyalar, davriy matbuotdagi maqolalar va shu kabilar) 
o'rganish mahoratini takomillashtirish va ulami tanqidiy tahlil etish 
asosida materialni mustaqil va savodli bayon qilish, dalillangan 
xulosalar chiqarish va takliflar berish;
4. 
Yozma 
ishni 
to 'g 'ri 
rasmiylashtirish 
malakalarini 
rivojlantirish.
Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki 
bir necha manbalardagi materialni o'zlashtirib olishdan iborat bo'lib 
qolmasligi, 
ya’ni 
ko'chirmachilik 
va 
kompilyastiya 
mahsuli 
bo'lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab 
chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo'lgan jamiki material tahlil qilib 
chiqilishi lozim. Referat ustida ishlash bo'yicha yo'riqnom a Kafedra 
taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bo'ladi. Shaxs-talaba 
o'zining qiziqishlariva mayllariga mos keladigan mavzuni tanlashga 
mustaqil yondashishi maqsadga muvofiq. Talaba o'z qiziqishlari 
doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash bilan 
kafedra tavsiya qilgan mavzular ro'yxatiga kirmagan referat mavzuini 
taklif qilishi ham mumkin.
Bunday vaziyatda taklif qilayotgan referat mavzuini ilmiy rahbari 
bilan albatta kelishib olish va unda qyidagilarga e ’tibor berish kerak 
bo'ladi:
1. Mavzuning tanlanishi; 2. Tayyorgarlik ishlari;
Asosiy manbalami o'rganish uchun referat mavzuini tanlagach:
1) tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib 
chiqiladi;
• ma’ruza materiallarini ko'zdan kechiring;
• fan bo'yicha o'quv dasturiga ko'ra tegishli mavzu uchun tavsiya 
etilgan adabiyotlami yana bir bor tahlil qilinadi. Bu tanlangan 
mavzuning mohiyati, uning o'rganiladigan kursdagi o'm i va 
ahamiyati to'g'risida aniq tasaw u r olishga imkon beradi.
2) OTM, xususan, Navoiy davlat pedagogika institutining 
Axborot 
resurs 
markazlarida, 
axborot-kutubxona 
majmuida, 
shuningdek 
viloyat, 
shahar 
kutubxonalarida 
mavjud 
bo'lgan 
kataloglardan, internet tarmoqlaridagi sayt, ta ’lim medioportallaridan
137


foydalanib, referat mavzusi bo'yicha adabiyotlar manbalari doirasini 
kengaytirish imkonini beradi.
O'quv va monografiyali adabiyotlar bilan bir qatorda davriy 
nashrlarda, shu jumladan: «O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi», 
«Ekologiya xabamomasi», «Marketing», «Maktabda Biologiya», 
«T a’lira menenjmenti», «Xalq ta’limi», «Qishloq xo'jaligi», «Vokrug 
mira», «Fan va turmush», «Nauka i jizn », kabi va boshqa jumallarda 
e’lon qilingan raaqolalardan ham foydalanish zarur.
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining tadqiqot mavzuiga 
tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlari va qarorlarini bilish ham 
referat sifatini oshirishga yordam beradi. Ishning dastlabki bosqichi 
yakuniy 
bibliografiyadan 
iborat 
bo'ladi. 
Konspekt 
qilish 
konspektlashning bir turi: rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy 
yoki erkin turiga muvofiq amalga oshiriladi.
Referat rejasi quyidagilami o 'z ichiga olishi kerak:
• kirish,
• asosiy qism,
• xulosa,
• foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati,
• ilovalar (referatning shart bo'lm agan qismi).
3. Zarur materialning konspekt qilinishi
4. Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat 
rejasini tuzish
Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko'rilishi lozim bo'lgan 
masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U 
referentning mavzu materialida umumiy yo'nalish olishga imkon 
beradi, uning to 'g 'ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta ’minlaydi. 
Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta 
o'ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g'oyat muhim 
shartidir. Referatning asosiy qismi o'zining lo'nda va aniq nomiga ega 
masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo'linishi zarur. 
Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan 
dolzarbligi asoslanadi, referat qilish maqsadi va vazifalari ifodalanadi.
Agar referat monografik bo'Isa (bir manba yoki m uallif referat 
qilinayotgan bo'Isa), unda kirishda quyidagilar ko'rsatiladi:
1) m uallif haqidagi qisqacha m a’lumotlar (ilmiy darajasi, uning 
ixtisosligi, boshqa ishlari);
2) manba mavzuining qisqacha bayoni:
138


3) ishning maqsadi;
4) ishning ruknlari;
5) muallifning ustuvor yo'nalishi va boshqalar.
Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak. 
Referat asosiy qismining matni to'plangan materialning tegishlicha 
taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) 
bo' linishi zarur.
Har qanday masala, kichik masala (band)ning ajratilishi, 
umuman referatning tuzilmaga solinishi quyidagicha algoritm 
bo'yicha bajarilishi lozim: vazifa ishlab chiqilishi xulosa.
5. 
To'plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning 
yozilishi: Bayon qilish shakli - referentning tanlashi bo'yicha: 
konspektli, parchali, tahliliv bo'ladi. Material quruq bayon qilib 
berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan matn bilan 
chambarchas bog'lanadigan statistik materialga ega tahlii zarur. Keng 
hajmdagi statistik m a’lumotlami jadvallarga yig'ish maqsadga 
muvofiq. Statistik m a’lumotlar asosida u yoki boshqa ijtimoiy- 
iqtisodiy hodisalar va jarayonlami ancha yaqqol tasavvur etish va 
rivojlanish 
dinamikasida 
aks 
ettirishga 
imkon 
beradigan 
diagrammalar, grafiklami qurish mumkin. Referatda keltiriladigan 
barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va 
raqamlanishi kerak. Statistik m a’lumotlar olingan manbalaming 
sarlavhalari ko'rsatilgani holda qayd qilinishi lozim. Matnda 
beriladigan 
barcha 
raqamli 
materialning 
tegishli 
manbalari 
ko'rsatilishi kerak. Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan 
matndan ko'chirmalar, fikrlar, qoyidalar, xulosalar so'zm a-so'z 
ko'chirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur.
Munozarali masalalar bo'yicha har xil nuqtai nazarlaming tahlili, 
qo'shiladigan 
yoki 
o'zining 
pozistiyasining 
dalillanishi 
ham 
referatning afzalligi hisoblanadi. Referatning xulosasi referent 
tanlangan mavzuni o'rganish natijasida qilgan aniq ifodalangan 
xulosalami, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab 
chiqishni talab qiladigan masalalami o 'z ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati qat’iy belgilangan tartibda 
tuziladi:
1. O 'zR qonunlari.
2. O 'zR Prezidenti farmonlari.
3. O 'zR Hukumati qarorlari.
139


4. Me’yoriy hujjatlar, yo'riqnomalar.
5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6. Intemetdan olingan axborot manbalari.
Manbalaming bibliografik bayonida quyidagilar ko'rsatiladi: 
muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi, 
nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jum alda (gazetada) 
bosilgan bo'Isa, unda jum al (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal 
(gazeta) sahifasi raqami.
Referat savodli tarzda yozilishi va toza ko'rinishda bo'lishi kerak. 
Umumiy 
qabul 
qilingan 
so'zlardan 
boshqa 
so'zlam ing 
qisqartirilishiga, shuningdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga 
yo'l qo'yilmaydi. Referat ilmiy rahbarga taqdim etiladigan vaqtga 
kelib hamma jihatdan maromiga etkazib ishlab chiqilgan bo'lishi 
lozim. Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift 
bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog'ozda, chap 
tomonidan 2,5 sm, o'ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan 
kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak. Matn sahifalari 
albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bo'ladi va
3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar - bu titul varag'i 
va ish rejasi hisoblanadi.
6. Adabiyotlar ro'yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish
7.Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyot 
jihatidan tekshirilishi
8.Referatning rasmiylashtirilishi raqamlanmaydi). Sahifa raqami 
yuqorida o'rtaga yoki o'ng tomonga qo'yiladi. Referat hajmi 16-20 
sahifadan oshmasligi kerak.
Referatning tuzilishi:
1) titul varag'i;
2) har bir masala, kichik masala (band) sahifalari ko'rsatilgan ish 
rejasi;
3) kirish;
4) materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga 
bo'lingan matnli bayoni, m uallif foydalangan manbalarga zaruriy 
qaydlar ham ko'rsatiladi;
5) xulosa;
6) foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati;
7) jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat 
ilovalar. Ilovalar ular mazmunini ko'rsatadigan sarlavhalarga muvofiq
140


tarzda izchillik bilan tikib qo'yiladi. Referat ilmiy rahbar tomonidan 
referatni baholash bo'yicha kafedra belgilagan ko'rsatkichlar va 
mezonlar asosida baholanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, referat - bir yoki bir necha 
manbalarda mavjud bo'lgan g'oyalam ing qisqacha yozuvi, u har xil 
nuqtai nazarlami qiyoslash va tahlil qilish mahoratini taqozo etadi.
Referat - asosiy matn yoki bir necha manbalami talqin qilish 
shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, 
yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik 
yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai 
nazarlami qiyoslashda muallifning alohida pozistiyasini nazarda 
tutadi.
Referatning o’ziga xosligi:
• keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga 
ega bo'lmaydi,
• matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob 
beradi.
Alabattta barcha o'quv topshiriqlari qatori referat ham, 
o'quvchilarning mustaqil ish faoliyati natikjasi hisoblanib, uni 
muayyan mezonlar asosida baholanadi (3-jadval).

Download 52,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish