Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetti ergasheva g. S., M. Nataqulova



Download 52,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/121
Sana27.04.2022
Hajmi52,31 Mb.
#585772
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari

N azariy tadqiqot m etodlari. 
Nazariy asoslangan va isbotlangan 
bilimlar majmui nazariy tadqiqot metodlari orqali egallanadi. 
Quyidagilar nazariy tadqiqot metodlaridir:
Aksiomatik metod
- ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning 
asosiga ayrim dastlabki 
qoidalar— aksiomalar qo 
‘yiladi 
va 
nazariyaning qolgan barcha g'oyalari mana shu aksiomalardan sof 
mantiqiy y o ‘l bilan isbotlash orqali keltirib chiqariladi. Aksiomatik 
metod-olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri. Uning 
amalda qo‘llanishi cheklangan, chunki uni faqat aksiomalashtirilgan 
mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo‘lgan 
holdagina qo‘llash mumkin. Mashhur fransuz fizigi Lui de Broylning 
ta’biri bilan aytganda, «aksiomatik metod tasniflash yoki ta’lim 
berishning yaxshi metodi bo‘lishi mumkin, ammo u kashf etish metodi 
bo‘la olmaydi».
Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog’liq bo 'Igan
gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi.
M azkur gipotezalardan 
pirovard natijada empirik dalillar to ‘g‘risida xulosalar chiqariladi. 
Ushbu metod gipotezalardan va haqiqiy m a’nosi m a’lum bo'lmagan 
boshqa farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. 
Binobarin, mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar 
tarzda ehtimoliy xususiyatga ega boiadi.
Mavhumdan konkretlikka yuksalish metodi - ilmiy fikrning
dastlabki mavhumlikni bilishni chuqurlashtirish va kengaytirishning
izchil bosqichlari orqali natijaga - tadqiq qilinayotgan predmetni
nazariyada yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat.
Muayyan 
hissiylikdan mavhumlikka yuksalish, tafakkurda predmetning alohida
105


jihatlarini 
ajratish 
va 
ulami 
tegishli 
mavhum 
ta’riflarda 
«mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan 
hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon 
harakat demakdir. Bu yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy 
usullar 
yetakchilik 
qiladi. 
Mavhumdan 
muayyan 
hissiylikka 
yuksalish-ayrim umumiy mavhumliklardan ulaming yagonaligiga, 
muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu erda sintez va 
deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati 
formal, texnik protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi 
qarama-qarshilikni, ichki qarama qarshiliklarga muvofiq uning bir 
darajadan boshqa darajaga o ‘tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli 
harakatdir.
Umumilmiy tadqiqot metodlari 
-
falsafa bilan maxsus fanlaming 
fundamental nazariy-metodologik qoidalari o'rtasida o ‘ziga xos 
«oraliq metodologiya» bo'lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar 
qatoriga ko'pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», 
«tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar 
kiritiladi.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning 
tegishli metodlari, tamoyillari ta ’riflanadi, ular esa, o ‘z navbatida, 
falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona 
o'zaro aloqasini ta’minlaydi.
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod
yaxlit tizimlarda 
ulaming strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari o ‘rtasidagi 
barqaror munosabatlar va o ‘zaro aloqalarni hamda ularning bir-biriga 
nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi.
Struktura-tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning 
tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror o ‘zaro aloqalaming birligini 
ifodalovchi falsafiy tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir 
tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi (m a’lum biologik a ’zo 
funksiyalari, davlat fiinksiyalari, nazariyaning funksiyalari va h.k.). 
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan 
sistemali yondashuvning tori deb ham qaraladi) asosiy talab 
(jarayon)lari:
a) tizimli obyektning tuzilishi, strukturasini o'rganish;
b) uning tarkibiy qismlarini va ulam ing funksional xususiyatlarini 
tadqiq qilish;
106


v) mazkur tarkibiy qismlardagi va ulaming funksiyalaridagi 
o‘zgarishlarni tahlil qilish;
g) butun tizimli obyektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish; 
d) barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan obyektning barcha tarkibiy 
qismlariga shu barqarorlikni saqlashga xizmat qilayotgan tizim 
sifatida qarash.

Download 52,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish