ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR IJTIMOIY MOSLASHUVINING
SAMARALI YO‘LLARI
Abdullayeva M.M. – o‘qituvchi, TDPU, O’zbekiston.
Rezyume: Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashuv
hususiyatlarini tahlilining mezonlari yoritiladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy
moslashuvi vazifalari bayon etiladi.
Kalit so‘zlar: eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, ijtimoiy moslashuv, hususiyatlar,
tahlil, mezonlar, diqqat, o‘yin
Аннотация: В данной статье описываются критерии анализа характеристик
социальной адаптации детей с нарушениями слуха. Описаны задачи социальной адаптации
детей с нарушениями слуха.
Ключевые слова: дети с нарушением слуха, социальная адаптация, характеристики,
анализ, критерии, внимание, игра.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
661
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Abstrac: This article describes the criteria for analyzing the characteristics of the social
adaptation of children with hearing impairment. The tasks of social adaptation of children with
hearing impairments are described .
Keywords: hearing impaired children, social adaptation, characteristics, analysis, criteria,
attention, game.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashuv hususiyatlarini tahlilining mezonlari
sifatida o‘yin, kattalar bilan muloqot, tengdoshlari bilan muloqot va yeshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarni o‘z-o‘ziga xizmat malakalari tavsiflanadi.Bu ish maktabgacha ta’lim muasasasi xodimlari
va ota-onalar hamkorligida amalga oshirilishi masadga muvofiq . Ta’lim bolani ma’lum sharoitlarda
o‘zini tutishi uchun, moslashishi uchun qaratilgan jarayondir. Topshiriqlar bola uni bajarish
jarayonida nima qilishi, qachon topshiriqni mustaqil bajara olishini ko‘zda tutishi kerak.
Topshiriqlar bola maqsadi, keyingi amalga oshiradigan maqsadini belgilab beradi. Agar bola
xarakatlarni amalga oshira olmasa, xoxlamasa muammo yuzaga kelishi mumkin. Bolalar yangi,
murakkab narsalarga qiziqishi bilan intilsa, muvaffaqiyat, rag‘bat oldindan rejalashtirilsa,
topshiriqlar yaxshi samara beradi.Agar bola rivojlanish darajasi yoki boshqa muammoga ko‘ra
diqqatini jamlay olmasa, avval bola diqqatini jamlashga o‘rgatish lozim. Ko‘ruv kontakti bola
diqqatini jamlaganidan dalolat beradi.Diqqatni jamlashga o‘rgatishning uch bosqichda tavsiflanadi:
Ko‘ruv kontaktini ushlab turish orqali insonda diqqatni jamlash.Diqqatni predmet yoki ovozda
jamlash. Predmet va insonda bir vaqtda diqqatni jamlash. Bu bosqichni xamkorlik diqqati deb
nomlash mumkin.Bola ko‘z qarashi bilan kattalarni imo-ishorasi yoki ko‘z imosi yo‘nalishi
bo‘yicha xarakat qilishga o‘rgatish lozim. Agar bola bu malakalarni egallamasa, mazkur malakani
bolada shakllantirish bosh maqsad bo‘lishi kerak. Chunki u so‘zsiz, muloqotsiz, ijtimoiy-ijtimoiy
maishiy malakalarni, mayda matorika malakalarini shakllantirib bo‘lmaydi[3,98].Bolani qisqa va
uzoq muddatli maqsadlar qo‘yishga o‘rgatish lozim. Uzoq muddatli maqsad bola tabiiy ehtiyojini
qondirishga o‘rgatish, qisqa muddatli maqsad – bolani mustaqil hojatga borishiga o‘rgatish,
kiyimini almashtirishga o‘rgatish, o‘zini orqasidan tozalash, artinishga o‘rgatish ko‘zda
tutadi.Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun o‘z – o‘ziga xizmat malakasini shakllantirish ,
odamlar hayotiga moslashishi, mikroijtimoiy muhitga moslashuvi muhimdir. Malakalarni
shakllantirishning asosiy maqsadi bolani ijtimoiy hayotga tayyorlash, ota-onalar tomonidan
g‘amxo‘rlik darajasini kamaytirib, bola mustaqilligini oshirishni ko‘zda tutadi. Ota-onalar bilan
hamkorlik, individual xususiyatlari va rivojlanish darajasiga mos muhitni yaratish muhim shart
sharoit sanaladi. Bolani maishiy – xo‘jalik ishlarida, oiladagi tozalash ishlarida ishtirok etish, nutqni
rivojlantirish, dam olishni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z xarakatlari so‘z va gaplarida ifodalashga
o‘rgatishga alohida etibor berish lozim[1.43].Bolalarni hamma narsaga, xatto jilmayishga ham
o‘rgatish kerak. Chunki jilmayish ijtimoiy omillar ta’siri ostida shakllanadi. Alohida etiborga
muxtoj bolalar uchun nutqni talab etuvchi shart-sharoitlarni yaratish kerak. Iltimos, xoxishni
ifodalovchi so‘z gaplarga o‘rgatish, ayrim so‘zlarni takrorlashga undash talab etiladi. Maishiy
xizmat predmetlar nomi yozilgan jadvalchalarni olib qo‘yish (stol, stul, eshik, devor) so‘zlargi
ma’nosini tushunish uchun imkon beradi. Bolalar bilan muloqatda o‘z harakatlarini nomlash, bolani
muloqotga kirishishiga, savollarga javob berishga imkon berish kerak, ular bilan ko‘proq
gaplashish, suxbatlashish yaxshi samara beradi. Bolalarni ijtimoiy joylarda, uyda o‘z odob-ahloq
bilan o‘zini tutish, o‘z xarakatlariga tanqidiy yondashish, tashkilotchilikga o‘rgatish, “men
xoxlayman” talabni, xoxishni bartaraf etish lozim. O‘z-o‘ziga xizmat qilish malakasini
shakllantirish eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘z kuchiga ishonchini mustaxkamlaydi.
Shuning uchun, hayotiy-amaliy malakalarni shakllantirish muhimdir. Mazkur guruhdagi bolalarda
badan gigienasi, xojatxonadan foydalanish, ovqatlanish, kiyinish, yechinish, xona tozaligiga rioya
etish, o‘yinchoqlar, hayvonlarni parvarish etish malakasini muvofaqqiyatli rivojlantirish mumkin.
Faqat yaqin va xayrixoxlik muloqot shaxslararo munosabat malakalarni rivojlantirishga asos
bo‘ladi.Muloqot malakalarini rivojlanish bo‘yicha ishning besh asosiy yo‘nalish
Do'stlaringiz bilan baham: |