DARS JARAYONIDA JISMONIY MASHQLAR ORQALI O‘QUVCHILARDA
CHARCHASHNI OLDINI OLISH
Nigmanov B.B. – dotsent v.b., Djumaboyev I. – talaba, TDPU, Uzbekiston.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» mamlakatimizda ta’limni yanada rivojlantirishning istiqbollarini belgilovchi ahamiyatga
molik xujjatlardir. Ushbu hujjatlarda O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlarni jismonan sog‘lom
qilib voyaga etkazishga, mavjud iste’dodni va iqtidorni namoyon etishlariga alohida e’tibor
berilgan. Jismoniy tarbiya sog‘liqni mustahkamlash, yuqori ish qobiliyatiga erishishga, hayotiy
muhim harakat o‘quv va malakalarini egallashga yo‘llangan. U odamni unumli mehnat
qilishga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Jismoniy xususiyatlardan tashqari, bu vaqtda ruhiy
xususiyatlar ham rivojlanadi. Turli xil jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar, sport jismoniy
tarbiyaning vositalari hisoblanadi.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
658
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Ma’lumki bolaning uzoq vaqti harakatsiz bo‘lishi, maktabda ko‘p vaqt o‘tirgan holatda
bo‘lishi, oyoq uchlarida, qorinda tos suyaklarida qonning to‘xtab qolishiga olib keladi. Bosh
miyaning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi, bu esa asab hujayralariga ta’sir etib ish faoliyatiga
salbiy ta’sir etadi, natijada bola diqqatliligi buziladi. Bola charchaydi, ish qobiliyati pasayadi. U
mashg‘ulotlarga qiziqmay qoladi, fikri tarqoq bo‘lib, o‘quv fanlarini o‘zlashtira olmaydi. Aqliy va
jismoniy mashg‘ulotlarni mohirona qo‘llash va o‘ta charchashni oldini olish o‘qituvchi ish
usullarining ayniqsa boshlang‘ich sinflarda muhimi deb hisoblanadi.
Olimlar ilmiy asosda shu narsani tasdiqlashdiki, o‘quvchilar masalan 1-sinf o‘quvchilari
faolligining davomiyligi 16-18 daqiqani tashkil etadi. 35 daqiqali uzluksiz mashg‘ulotdan so‘ng ish
qobiliyati keskin pasayadi. Ish shiddatliligi 37 % ga uning sifati esa 50 % ga kamayadi. Bunda
yarim sinf o‘quvchilari ishdan voz kechishga tayyor bo‘ladilar.
Shu bilan bir qatorda ta’kidlangandek dars vaqtida ko‘rish va eshitish organlari, tana
muskullari, ayniqsa aniq bir holatda bo‘lgan umurtqa pog‘onasi qo‘l kafti muskullari ko‘proq
charchaydi.
Shu davrda o‘tkaziladigan quvnoq daqiqasiga oid to‘g‘ri tanlangan 2-3 ta jismoniy mashq
charchashni nisbatan kamaytiradi, o‘quvchilar diqqatini yaxshilaydi, ish qobilayatini oshiradi. Dars
jarayonida quvnoq daqiqasini o‘tkazish sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, davolash
gimnastikasi sifatida umurtqa suyaklarini qiyshayishini oldini oladi.
Quvnoq daqiqalar qo‘l, tana, oyoq, bosh uchun 3-4 ta mashqdan iborat bo‘lib, bu mashqlar
murakkab bo‘lmasligi lozim. O‘quvchilarning ish faoliyatiga mos ravishda 1-2 minut davomida
mashqlarni o‘tirgan yoki turgan holda bajaradilar.
Umum ta’lim maktab dars jarayonida o‘tkaziladigan quvnoq daqiqasini o‘tkazish borasida
ancha tajribalarga egamiz. Uni o‘tkazish usullari turlichadir. So‘nggi yillarda dars jarayoni
samaradorligini oshirish uchun quvnoq daqiqasini ritmik gimnastika tariqasida o‘tkazish orqali
erishilmoqda. «Jib – jib jo‘jalarim», «dvajde dva chetыri» kabi qo‘shiqlar 2-3 daqiqa davomida
bolalarga katta quvonch bag‘ishlaydi va harakatga bo‘lgan talablarini qondiradi.
Lekin dars jarayonida quvnoq daqiqasini o‘yin tariqasida o‘tkazilishi o‘quvchiga yanada
ko‘proq quvonch bag‘ishlaydi. Qisqa o‘yin vaqtida bir qancha turli harakatlarni bajarish mumkin;
burilish, cho‘zilish, uzatish va h.k. O‘yin yuksak hissiyot bilan o‘tkaziladi. Masalan, «Man etilgan
mashq» diqqatni jalb etishga mo‘ljallangan.
«Man etilgan mashq», demak shu mashqni bajarish mumkin emas. Masalan, oldinda
qo‘llarni oldinda chapak chalish man etilgan. O‘qituvchi bolalarni turli mashqlarni tez-tez
bajarishga chaqiradi: qo‘llar tepaga, qo‘llar bosh orqasida, qo‘llar elkada, qo‘llar belda, qo‘llar
oldinda deb tezda chapak chaling deb buyruq beradi. Chapak chalganlar yutqazadi. Mashq 2-3
marta takrorlanadi.
Harakatlarning tez, hissiyot va shijoat bilan bajargan bolalar o‘z o‘yinlaridan mamnun
bo‘lib, yuzlarida xursandchilik seziladi. Dars davom etadi.
Ikkinchi o‘yin «Svetofor». O‘qituvchida «Svetofor» chiroqlarini ifodalovchi uch xil
rangdagi shakllar. O‘qituvchi bu shakllarni pastga berkitadi. Ixtiyoriy shakl ko‘rsatilganda bolalar
shu rangga mos ko‘cha harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakat qiladilar. Oldindan
kelishilgandek, yashil rangda yugurishni, sariq rangda harakatning sekinlashishini – joyida turib
yurishni bajaradilar, qizil rangda esa o‘z joylariga o‘tiradilar. O‘qituvchi bu shakllarni to‘satdan
avval sekinroq, so‘ngra o‘zlashtirish darajasiga tezroq ko‘rsatiladi.
Quvnoq daqiqalar kompleksi mashqlarni obrazli qilib o‘tish ham bolalarga qiziqarli va katta
xissiyot baxsh etadi. «Gimnastik devor bo‘ylab tirmashib chiqish» mashqida bolalar qo‘llarini
navbatma – navbat yuqoriga ko‘tarib, arqonga tirmashib chiqishni ifodalaydi.
«Shamol» mashqi – bolalar partada o‘tirgan holda yoki partadan chiqib turgan holda
qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, shamolda qimirlayotgan daraxtlar kabi o‘ng va chap tomonga
egiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |