ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
659
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
«Boks» mashqi – bolalar partada o‘tirgan holda o‘ng va chap qo‘llari bilan oldinga
harakatlantiradilar (uradilar).
«Paxlavon» mashqi – qo‘llar mushtlashgan holda tirsaklar bukilgan. Ikki pudli toshni
ko‘targandek tasvirlab, qo‘llar navbatma – navbat yuqoriga harakatlantiriladi.
Umuman bu na’muna qilib tavsiya etilgan mashqlarni boshqa mashqlar bilan moslashgan
holda harakat tezligini o‘zgartirib bajarish mumkin. Ular bolalar tomonidan zo‘r qiziqish va xissiyot
bilan bajariladi. Bu o‘yinlarning hammasi qisqa muddat ichida bo‘lsa ham, yoqimli shodlik baxsh
etadi.
Quvnoq daqiqalarni uy sharoitida o‘tkazish salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun
yana qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bolalar uyda yozib, o‘qib charchaganlarida 3-4 ta jismoniy
mashqlarni 2-3 daqiqa davomida bajarishlari maqsadga muvofiqdir.
BOSHLANG‘ISH SINF O‘QUVSHILARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI
SHAKLLANTIRISHDA HARAKATLI O‘YINLARNI AXAMIYATI.
Nigmanov B.B. – dotsent v.b., Avazov M. – talaba, TDPU, Uzbekiston.
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari sheklangan shaxslarning jismoniy
reabilitatsiyasi ushun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport
maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izshil shora-tadbirlar amalga oshirish
maqsadida 2017 yil 3 iyundagi “Ommaviy sportni va jismoniy madaniyatni yanada rivojlantirish
shora- tadbirlari to‘g‘risida” gi qaror qabul qilindi. Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi ham qabul qilinib, Dasturda
2017-2021 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish vazifalari belgilab
berildi. 2019 yil 20 martda davlat rahbari boshshiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida
yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kushaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va
sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini
shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini
oshirish yuzasidan “Beshta muxum tashabbus”ni ilgari surdilar.Bu “Beshta muxum tashabbus”
ikkinshi tashabbus yoshlarni jismoniy shiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon
qilishlari ushun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. 2020 yil 24 yanvarda “O‘zbekiston
Respublikasida jismoniy tarbiya sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish shora-tadbirlari
to‘g‘risida” Farmon qabul qilindi. Bu o‘quvshilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish asosiy
vazifalarini belgilab berdi. O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan so‘ng milliy qadriyatlarimiz,
an’analarimizga bo‘lgan e’tibor yanada kushaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida turli darajada
o‘zini namoyon eta boshladi, jumladan tarbiyaning asosiy qismlaridan biri jismoniy madaniyatda
ham. «Jismoniy tarbiya, - deyiladi O‘zbekiston Respublikasinig «Jismoniy tarbiya va sport
to‘g‘risidagi qonuni»da, O‘zbekiston Respublikasi xalqlar milliy madaniyatining ajralmas qismi,
jismoniy va madaniy, ma’naviy kamolatining muhim vositasi» ekanligi ta’kidlanadi .
Jamiyat taraqqiyoti sari intilayotgan xar bir davlat, eng avvalo fuqarolari bo‘lmish xalqining
va ayniqsa, o‘sayotgan yosh avlodning barkamolligini eng katta boylik deb biladi xamda ularga
xayotdagi barsha qulay bo‘lgan sharoitlarni yaratishga harakat qiladi.
Kishik maktab yoshidagi bolalarning o‘qitish va tarbiyalash hamda ularda sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu xususiyat ularning fiziologik va psixologik
alomatlariga ko‘ra talimini yangisha tashkil qilishi, uning o‘yin asosiga qurilganligi, ta’lim bilan
o‘yinning uyg‘unligida, o‘zaro muntazamlikda olib borilishi bilan ifodalanadi. Kishik maktab
yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan ilg‘or pedagoglarning tajribalariga qaraganda xatto birinshi dars
ham o‘yin bilan boshlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |