Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy uzluksiz ta


O'ZBEKISTONDA KOXLEAR IMPLANTATSIYANING RIVOJLANISHI



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/759
Sana25.02.2022
Hajmi8,89 Mb.
#289267
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   759
Bog'liq
2584-Текст статьи-6976-1-10-20200711

O'ZBEKISTONDA KOXLEAR IMPLANTATSIYANING RIVOJLANISHI 
 
Maksumova O.A. – magistrant, TDPU, O’zbekiston. 
 
Annatatsiya: Ushbu maqolada О‘zbekiston Respublikasida eshitishida nuqsoni bo'lgan 
bolalar ta'lim-tarbiyasi alohida ahamiyatga ega ekanligi, ularning barkamol inson bо‘lib 
shakllanishida koxlear implantatsiyaning ahamiyati va rivojlanishi yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: koxlear implant, “Cochlear” kompaniyasi, reabilitatsiya. 
Аннотация : В данной статье подчеркивается важность воспитания детей с 
нарушениями слуха в Республике Узбекистан, важность и развитие кохлеарной имплантации 
в их становлении как всесторонне развитого, зрелого человека. 
Ключевые слова: кохлеарный имплант, кохлеарная компания, реабилитация. 


 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
85 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 
Annatation: The country emphasizes the integrity of the upbringing of children with 
disabilities in the Republic of Uzbekistan, the integrity and development of coxlear implantation in 
the formation as a developing, mature person. 
Keywords: cochlear implant, Cochlear company, rehabilitation. 
 
Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va 
ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat 
Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam 
rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda 
ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga 
e’tibor qaratish har qach ongidan ham muhimdir”. Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda 
“Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, 
kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” 
o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama 
qilindi. Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonida korreksion ishlarning ahamiyati 
katta. Bu ishlar qanchalik sifatli amalga oshirilsa, bolaning hayotda o'z o'rnini egallashi shunchalik 
oson bo'ladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, jamiyat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishga qodir, jismoniy va 
ma'naviy yetuk avlodni kamolga yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi F-5006-son farmoyishi va 
2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-sonli farmoni bilan tashkil etilgan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni 
tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan nogironlikni barvaqt aniqlash va oldini olish, nogironligi 
bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ularni kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish 
sohasidagi ishlarning ahvoli kompleks va chuqur o‘rganildi.
Jumladan, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasi va ularning korreksiya va 
reabilitatsiyasi ham bugungi kunda mamalakatinizda alohida ahamiyatga ega bo'lib kelmoqda. 
Buning yorqin ifodasi sifatida Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 24 
yilligiga bag'ishlangan o'z nutqlarida "Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy 
tibbiyot markazida eshitish bo'yicha nuqsoni bo'lgan 350 nafardan ortiq bolalarda koxlear 
implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Bugungi kunda bu ko'rsatkich yana ham ortgani hech 
kimga sir emas. 
2018-yil O'zbekiston respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi vaziri o'rinbosari Elmira 
Bositxonova boshchiligida mutaxassislar bilan o'zaro kelishib, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni 
koxlear implantat moslamasi bilan ta'minlash, mutaxassis shifokorlar faoliyatini takomillashtirish 
va tug'ma eshitish zaifligi aniqlangan bolalarga koxlaear implant moslamasi o'rnatish uchun 29 mlrd 
so'm yoki 3,3 mln AQSH dollari ajratilganligi e'tirof etilgan.
Ma'lumki, zamonaviy ta'lim tizimida so'ngi vaqtlarda inklyuziv ta'lim g'oyasi, respublikamiz 
sharoitida uni joriy qilish masalalari tez-tez murojat qilinayotgan mavzulardan biri bo'lib qolmoqda. 
Ko'plab izlanishlar natijasi shuni ko'rsatadiki, koxlear implantatsiya yordamida eshitishni qayta 
tiklash ularni umumta'lim muassasalariga, jamiyatga uyg'unlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu amaliyot Respublikamiz ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot 
markazida ham bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda. O'zbekistonda 2014-
yilga qadar bu amaliyot o'tkazilmas edi. Koxlear implantatsiya amaliyotini amalga oshirish uchun 
chet elga borish esa katta mablag' va qiyinchilik talab etar edi. Bundan tashqari amaliyot o'tkazilgan 
taqdirda ham operatsiyadan keyingi reabilitatsiya ishlari o'tkazilmaganligi sababli yaxshi natijaga 
erishilmas edi. Ammo Respublika Sog'liqni saqlash vazirligi xodimlarining sa’y-harakatlari 
natijasida 2014-yildan boshlab bu amaliyot O'zbekistonda ham o'tkazila boshlandi va 2014-2016-
yillar oralig'ida 300 nafar bolaga koxlear implant moslamasi o'rnatildi. Respublika 
ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori D. Ahmedova ma'lumotlariga 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   759




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish