ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
86
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
ko'ra, bu dastur doirasida 4000 dan ortiq eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar tekshiruvdan
o'tkazilgan 5 yoshgacha bo'lgan 300 nafar bola davlat byudjeti hisobidan, 54 nafari implant ishlab
chiqaruvchi kompaniya yordamida va 5 yoshdan katta bo'lgan 29 nafar bolaga imtiyozli kreditlar
hisobidan koxlear implant moslamasi o'rnatilgan. Shuni ham e'tirof etish mumkinki, amaliyotdan
keyingi reabilitatsiya ishlari sarhisob qilinganda 90% ijobiy natija aniqlangan. Bugungi kunda
apparat o'rnatilgan bolalar soni 900 ga yaqin (2014-2020-yillar oralig'ida). "Cochlear" kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqarilayotgan implant moslamasi ancha takomillashgan ko'rinishga ega. Bu
apparatlarni ota-onalar ham bolaning xususiyatiga ko'ra sozlash imkoniyatiga egalar. Hozirda
Respublika reabilitatsiya markazi INVIVO nodavlat tibbiy muassasasi bilan hamkorlikda koxlear
implant moslamasi o'rnatilgan bolalar reabilitatsiyasi bilan shug'ullanib kelmoqda, har yili “MDL”,
"Cochlear" , “Aticon” kompaniyalari ishtirokida tender o’ynaladi. 2018-yilda INVIVO nodavlat
tibbiy muassasasi tenderda ishtirok etib “Cochlear” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 275
ta koxlear implant moslamasi 2 barobar arzonlashtirilgan narxlarda sotib olindi. Operatsiya ishlari
esa 2018-yil dekabridan 2020-yil iyungacha davom etdi. Bundan tashqari Avstriya mutaxassislari
markazda o'z master klasslarini o'tkazib, o'z faoliyatlari bilan o'rtoqlashganliklari, metodikalari
bilan tanishtirganliklari alohida ahamiyatga egadir. 2019 yilda INVIVO nodavlat tibbiy muassasi
tomonidan tenderda ishtirok etib 319 ta implant kelishilgan narxlarga sotib olindi. Bu esa yurtimiz
kelajagi uchun juda muhimdir. Operatsiya ishlari esa 2019-2020 yilda bo’lib o’tadi.
Koxlear implant operatsiyasi bola qancha kichik yoshda o’tkazilsa, samarasi ham shuncha
ortib boradi. Dolzarbligi shundaki: 5 yoshgacha bo'lgan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni tibbiy-
pedagogik tekshiruvdan o'tkazish, ularni saralash, ro'yxatga olish, reabilitatsion ishlarni tashkillash
katta vaqt talab qiladi. Respublikamizda bunday markazlar sonining cheklanganligi esa bu jarayonni
yanada sekinlashtiradi. Shu sababli ba'zi hollarda mijoz tekshiruvdan o'tkazilib, operatsiyaga yetib
kelgungacha bo'lgan vaqt bir necha yilga cho'zilishi, bu vaqt oralig'ida esa bolaning yoshi 5
yoshdan o'tib ketishi mumkin. Yer yuzida tug'ilgan har 1000 nafar boladan 1 tasi eshitish nuqsoni
bilan tug'iladi. Bu katta ko'rsatkich. Shuncha erishilgan yutuqlarga qaramay bizning
respublikamizda bu amaliyot hali u qadar rivoj topdi, deya olmaymiz. Dunyo miqyosida
solishtiradigan bo'lsak, defektologik bilimlar va amaliyotlar u qadar chuqur rivojlanmagan
deyishimiz mumkin. Aholi o'rtasida defektologik salohiyatni yana ham shakllantirish oldimizda
turgan katta vazifalardan biridir.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, koxlear implantatsiya amaliyoti Respublikamizda
bugungi kunda sezilarli darajada rivojlnmoqda. Bu boradagi faoliyatni yanada rivojlantirish uchun
esa, soha mutaxassislari sonini orttirish, malakalarini oshirish, ota-onalarga to’g’ri malakaviy
ma’lumot berib borish muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Петрова О.А. Развивающие занятия для детей дошкольного возраста с нарушениями
слуха. Издательство: Речь - 2008 год , 50 страниц;
2.Пелымская Т.В., Шматко Н.Д. Формирование устной речи дошкольников с
нарушенным слухом Издательство: ВЛАДОC -2008 год / 223 c;
3.Леонгард Э.И., Самсонова Е.Г., Иванова Е.А. Я не хочу молчать!: опыт работы по
обучению детей с нарушениями слуха по методу Леонгард.
Издательство: Теревинф 2009 г. 144 стр. 3-е, переработанное;
4.Королева И.В., Янн П.А. Дети с нарушениями слуха. Книга для родителей и
педагогов. Издательство: КАРО. Год издания: 2011. 240 страниц;
5. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rrivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI.
Do'stlaringiz bilan baham: |