ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
670
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
davrida ham saqlab qolishning o’ziga xos printsip, metod va usullari majmuini o’rganuvchi fan
hisoblanadi
. Ammo bu o’rinda asosiy
dolzarb muammo o’qituvchining sog’lom qarishi va ijtimoiy
faollikni saqlagan holda uzoq umr ko’rishi biologiya, pedagogika, psixologiya va valeologiya kabi
qator fanlarning uchrashuv nuqtasida qay darajada hal etilishi lozimligi o’z echimini topmog’i
lozim.
Gerontopedagogikaning asosiy vazifalar:
1. O’qituvchining erta qarishi sabablarini aniqlash va uni pedagogik chora-tadbirlarini
belgilash.
2. O’qituvchining sog’lom qarishi va ijtimoiy faolligini uzaytirish orqali o’quvchi va talaba-
yoshlar tarbiyasiga, xalqqa va mamlakat ravnaqiga xizmat qilishga, xayrli ishlarga bosh-qosh
bo’lishga qaratish.
3. Keksa o’qituvchining ijtimoiy faollik omillari va uzoq yashash sirlarini asoslash.
4. Pedagogik turkum fanlar tizimida gerontopedagogikaning o’rni
va uning samaradorlik
darajasini, ayniqsa “ustoz-shogird” maktabi an’analariga qo’shgan hissasini tahlil etish.
5. O’qituvchi shaxsini sog’lom qarishi va uzoq yashashiga qaratilgan ilmiy amaliy hamda
o’quv-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tabiiyki, o’qituvchi shaxs sifatida o’zining individual xususiyatlari hayot tarzidan kelib
chiqib, bir xil qarimaydi. Ilmiy kuzatuvlarga ko’ra uning sabablari:
1) o’z kasbiga qiziqmaslik orqali ish faoliyatida ko’plab qiyinchiliklarga duch kelish, bolajon
bo’lolmaslik;
2) kasbiy gigienaga amal qilmaslik;
3) ijodiy ish bilan deyarli shug’ullanmaslik;
4)
jismoniy harakatning kamligi;
5) oilaviy hayotda muammolarning ko’pligi.
Inson qalbi poklik, musaffolik, tiniqlik, beg’uborlik va ezgulikka mo’ljallangan makon.
Ammo hayotda qalbga bo’lgan munosabat masalasi bir xil kechmaydi. Ayrim insonlar turli xil illat,
shon-shuhrat va har xil qusurlarni ham qalbga joylab umrguzoronlik qilishni hayot tarziga aylantirib
oladi. Bunday hol o’qituvchi va uning kasbiy faoliyatiga mutlaqo ziddir. O’quvchiga bildirilgan
yaxshi tilaklar va kasbiy pedagogik faoliyatdagi sharafli hamda xayrli ishlar umrni uzaytiradi.
Niyat, umid, istak qalbni mustahkamlaydigan halqadir. Agar u kasbni sevmaslik, beg’amlik,
o’zidagi bilim va yaxshilik bilan omuxta bo’lmasa.
Shuning uchun ham har bir sohaga xos kasbiy sifatlar va fazilatlar mavjud. insoniylik nuqtai
nazaridan kasblarning bir-biriga o’xshashlik
tomonlari kuzatilsada, professiografik jihatdan bir-
biridan farq qiladi. Kasbiy sifatlar va fazilatlar biror soha mutaxassisini boshqa soha vakillaridan
ajratib turishga hamda faoliyat samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. Ammo ijtimoiy hayotda
inson har xil holat va vaziyatlarga duch keladi, turli kasb egalarini ko’radi.
Buyuk daho Navoiy insoniy fazilatlari bo’lmagan, dunyoga kelib maqsadsiz yashab
o’tayotgan, ya’ni foydali shaxs bo’lishga intilmagan kimsalarni hammomga kirib mag’zavaga
bo’lanib nopok chiqqanlarga qiyos qiladi:
Kamol et kasbkim,
olam uyidin,
Senga farq o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o’tmas biiaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Gerontopedagogika fan sifatida nafaqat keksa o’qituvchi faoliyati, balki uning yoshlar
tarbiyasiga qo’shayotgan hissasi, jamiyatda sodir bo’layotgan turli illatlarga munosabati hamda
“Ustoz-shogird” maktabi an’analaridagi o’rnini tahlil etish ham davr talabi hisoblanadi. Ta’kidlash
joizki, bugungi kunda hayot ko’rgan yoshi ulug’ ustoz-murabbiyning barhayot saboqlari pedagogik
va hayotiy tajribasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash, navqiron avlodning istiqboli,
kamoloti
yo’lidagi burchlarini belgilash bilan bir qatorda keng qamrovda o’qituvchilariga, ota-onasi, ayol