Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, biroq bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Uning, ayniqsa, «Tib qonunlari» asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, kо‘p asrlar davomida G‘apb mamlakaglari universitetlarida asosiy qо‘llanma bо‘lib kelgani va hozir xam bir qancha tibbiy о‘quv yurtlarida о‘rganilishi aytiladi.
Ilm-fan sohasida XI asr boshlarida Xorazmda tashkil toptan «Ma’mun akademiyasi»ning salmoqli о‘rni ta’kidlab о‘tiladi. Bu davrda badiiy adabiyot yuksak darajada ravnaq topib, forsiy va turkiy adabiyotning ajoyib durdona asarlari yaratilganligi, xususan, turkiy yozma adabiyotning yuzaga kelganligiga talabalar diqqati tortiladi. Bu adabiyotning rivojiga katta xissa qо‘shgan Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariylarning ijodiy faoliyatiga qisqacha tavsif beriladi.
Shundan sо‘ng Movarounnahrda islom madaniyatining yuksak taraqiyoti haqida sо‘z yuritiladi. Dunyoviy fan olimlari bilan birga, bu davrda islom ta’limoti va mafkurasining takomili yо‘lida movarounnahrlik diniy ulamolarning xizmati katta bо‘ldi. Zero, islom Arabistonda vujudga kelgan bо‘lsa xamki, u Movarounnahrda ravnaq topdi. Bu diyor allomalari о‘z durdona asarlari bilan о‘rta asrlarda Quryon tafsiri, xadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi), kalom (islom falsafasi) ilmlarining turli sohalari taraqiyotida yangi davrni boshlab berdilar.
Qur’onni tafsir qiluvchilarning aksariyati (Imom al-Motirudiy, Imom Abu Lays as-Samarqandiy, Imom az-Zamaxshariy, Imom an-Nasafiy) ushbu diyor vakillari edi.
Xadis islomda Quryondan keyingi muqaddas manba hisoblanib, Muhammad alayhissalomning diniy va axloqiy qо‘rsatmalari, hikmatli sо‘zlaridan iboratdir. Hadislar tо‘plami sunna deb nom olgan bо‘lib, islom dunyosida eng nufuzli deb e’tirof etilgan 6 ta ishonchli hadislar tо‘plami mualliflarining xam aksariyati О‘rta Osiyoliklardir. Shular ichida «Xadis ilmida amir al mо‘minin» degan sharafli nomga sazovor bо‘lgan buyuk muxaddis olim Imom al-Buxoriyning «Saxixi Buxoriy» tо‘plami eng mо‘tabari hisoblanadi.
Bu davrda ushbu zaminda islom huquqi-shariat ancha rivoj topgan bо‘lib, bu sohada ham movarounnahrlik allomalar boy meros qoldirganlar. Ayniqsa, Burxoniddin al-Marg‘inoniyning «Al-xidoya» asari islom olamida mashhur bо‘ldi. Shuningdek, musulmon olamida keng tarqalgan buyuk ta’limot-tasavvuf jamiyat ma’naviy va madaniy hayotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu yerda yassaviya, kubraviya kabi turli sufiylik tariqatlari shakllandiki, ular orqali insoniyat islom dinining ichki va tashqi gо‘zalligini, uning buyuk iisonparvarlik mohiyatini anglab yetganligiga talabalar e’tibori qaratiladi.
Yoshlar ongiga milliy istiqlol mafkurasining ijgimoiy adolat haqidagi g‘oyalarini singdirish uchun mazkur davrning yetakchi g‘oyalari - insonparvarlik, Vatanga, odamlarga xizmat qilish, insonlar orasidagi dо‘stlik, о‘zaro yordamga chaqirish, shuningdek, yuksak ahloqli kishilardan tashkil toptan ideal jamiyag tо‘g‘risidagi qarashlar sodda, tushunarli tarzda yetkazilsa, ayni muddao bо‘ladi.
О‘sha davr memorchiligi va tasviriy san’ati xaqida sо‘z yuritilar ekan, shuni alohida ta’kidlash lozimki, Movarounnahr va Xorazmda bu soha yangi rivojlanish bosqichida bо‘ldi. Bu yerda qabul qilingan islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu sohasiga ham о‘z ta’siriii о‘tkazgan. Arablar dastlab bu yerlarga machitlar qura boshlaganlar. Ular qurgan ilk machitlar kо‘hna Termiz harobalaridagi Chorustun va Buxorodagi Mog‘aki Attordir. Har ikkala machit bir-biriga о‘xshaydi, ularning gumbazli tomi g‘ishtdan ishlangan yumaloq ustunlar ustida turadi. Xar ikkala binoda ilgari qasr, qо‘shklar qurilishida ishlatilgan tutash yarim ustunli gofrlar - jimjimalar bilan bezash usuli arablar istilosigacha bо‘lgan qadimgi me’morchilik an’analarining qoldig‘i sifatida saqlanib qolgan. Keyinchalik boshqa jamoat binolari qad kо‘tara boshladi. О‘sha davrdagi mamlakatimizning kо‘pgina shaharlari asosan 3 qismga bо‘lingan bо‘lib, bular: ark, shahriston (ichki shahar) va rabod (tashqi shahar)dan iborat edi. Shaharning markaziy qismiga mustahkam qilib kо‘rilgan ark (kox) ichida hukmdorning saroyi va hukumat muassasalari, idoralari joylashgan. Zodagonlarning uylari, bozor va boshqa binolardan iborat shahriston arkka tutashib, shahar mustahkam devor bilan о‘rab olingan. Shahriston atrofida rabod joylashgan. Hunarmandlar ustahonalariga savdo-sotiq dо‘konlaridan iborat rabod kо‘pincha shahristonni kо‘p tomonlama qisib qо‘ygach, keyinchalik rabod atrofiga ham qal’a devorlari qurilgan. Bu davr me’morchiligida rо‘y bergan о‘zgarishlar quyidagalar edi:
1. Ommaviy binokorlikda xom g‘isht asosiy qurilish materiali bо‘lsa ham, ammo muhtasham binolar pishiq g‘ishtdan qurila boshlandi, unda turli xil ganch hamda ohakli qurilish qorishmalarini keng ishlatishga о‘tildi.
2. XII asrda me’morchilikda ilk bor muhtasham binolarga sirlangan va rangli g‘ishtaxta (koshin, plitka)lar ishlatila boshlandi. Buni shu asrda qurilgan Buxorodagi Minorai Kalon minorasining ravoqli tomi fonusning muqarnas qilib ishlangan qismida naqsh bilan sо‘zlar yozilgan moviy tusdagi koshinlarda kо‘rish mumkin. Uni yasovchi ustalar koshinchilar deb atalgan.
3. X-XII asrlarda ganch о‘ymakorligi ham ichki, ham tashqi qismiga, shuningdek, ganch g‘isht orasiga ishlatilgan.
4. Matematik bilimlar, ayniqsa, geometriyaning rivojlana borishi о‘laroq, tajribali usta-binokorlar imoratlarni dastlabki loyixalash hamda qismlarini matematik nisbatlar asosida hisoblash usullaridan foydalandilar.
5. XII asrda kо‘p binolarni qurishda muqarnaslar (stalaktitlar) ishlatiladi. U kо‘proq binolarning ichki qismiga bezak sifatida kо‘llanila boshlandi.
6. Ilgari qullanilmagan bostirmalarning yangi konstruksiyalari - ravoq va gumbazlar, toqlar ishlandi.
7. Binolar yerga chuqur о‘rnatilgan poydevor ustiga qurildi, ilgari xom g‘isht bilan qurilgan binolarda bu usul deyarli qо‘llanilmas edi.
8. Me’morchilikda yangi hodisalar: peshtoqqa zeb berish, ayniqsa, arabcha yozuvli epigrafik ziynat va boshqa naqsh turlari keyingi davrda takomillasha bordi.
9. Bu davr imoratlarida yog‘och katta rol о‘ynadi. Ustunlar yog‘ochdan qilinib, yog‘och tо‘sinli tomlar ana shu ustunlarga о‘rnatildi. Shuningdek, sinchli binolarning konstruksiyalari keng tarqaldi. Sinchlarning orasi hom g‘isht yoki guvala bilan urilardi. Bu hildagi uylarni qurish rasm bо‘lib, hozirgacha saqlanib keladi.
Ma’lumki, О‘rta Osiyo xalqlarining kо‘p asrli me’morchilik san’ati arab xalifaligi kо‘l ostiga о‘tgan mamlakatlar о‘rtasida aloqalar kuchaygan sharoitda rivojlandi.
Bu aloqalarning natijasi о‘laroq, xalifalikka qaram mamlakatlarning me’morchiligida, ayniqsa, diniy binolarning qurilishida qandaydir umumiylik bо‘ladi. Shu bilan birga, halifalik qо‘l ostiga birlashgirilgan xar bir mamlakat tarixiy-madaniy an’analar va mahalliy sharoitlarga qarab о‘z me’morchiligini yaratgan.
О‘rta Osiyo me’morchiligi о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu me’morchilik о‘z xalqi va uning did-nafosati bilan chambarchas bog‘langan xalq ustalarining ijodidan iborat ekanligi kо‘rsatib о‘tiladi.
Ushbu davr me’morchiligidan ba’zi obidalar saqlanib qolgan. Bular: Buhorodagi Ismoil Somoniy, Tim qishlog‘idagi Arabota maqbaralari, Nomozgoh va Mohaki Attoriy masjidlari, Minorai Kalon, Vobkent va Surxondaryodagi Jarqо‘rton minoralari shu davr me’morchiligining nodir namunalaridandir.
Bu tarixiy yodgorliklardan Ismoil Somoniy va Minorai Kalon xaqida kо‘rgazmali vositada qisqacha ma’lumot berib о‘tish darkor.
IX-X asrlarda qurilgan Somoniylar maqbarasi о‘sha davr binokorlarining mahorati va yuksak badiiy dididan dalolat beradi. Maqbara kub shaklidagi bino bо‘lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. Kvadrat shakldagi xonaning gumbazi 8 ta ravoq ustiga qurilgan va 8 qirrali asosga о‘rnatilgan. Ravoqlardan tо‘rttasi xonaning tepa burchaklarida qurilgan. Ravoqlar orasida binoning tepasida yorug‘lik galereyasi bor. Bu galereya tashqi tomondan kichik darchalardan iborat bо‘lgan toqlar shaklida kо‘rinadi. Bular maqbaraning ichini yoritadi.
Binoning tо‘rttala old tomoni xam bir xil ishlangan. Binolarning ichi va sirti naqshinkor g‘isht bilan ishlangan. G‘ishtlarning joy-joyi bilan ma’lum mikdorda gox tikka, gox, yotqizib turli xil naqshinkor qilib terilishi natijasida bino xuddi g‘ishtdan uralganga о‘xshab turadi. Unga xusn bо‘lsin uchun burchaklariga tо‘rtta kichkina kubba о‘rnatilgan. Devor qalin (1,8 metr) bо‘lganligi tufayli ming yildan beri yaxshi saklanib kelmoqda.
Nagqshinkor devorlar soya va yorug‘lik tushadigan tomonni munosib rang bilan kо‘rsatadi.
Xullas, san’atkor usta memorning aql-zakovati bilan oddiy g‘ishga jon va til bag‘ishlagan. Maqbarani naqshinkor qilib bezatish natijasida, quyosh oqqan sari, ertadan kechgacha devorning g‘ishtlari turli tusda tovlanadi. Oy nurida, ayniqsa, chiroyli bо‘lib kо‘rinadi. Jaxon me’morchiligi bu usulda bezatilgan birorta tarixiy yodgorlikni uchratgan emas.
Minorai Kalon 1127 yilda Qoraxoniylardan Arslonxon xukmronlik qilgan davrda qurilgan.
Minora ganch qorishmasi bilan pishiq g‘ishtdan naqshshinkor qilib terilgan dumaloq ustundan iborat bо‘lib, balandligi 46,5 metrdir. Uning ichida 104 pillapoyali aylanma zinasi bor. Minoraning yuqori tomoni sal ingichkaroq bо‘lib, silindr shaklli gumbazida 16 ta darcha bor.
Minoradan azon aytilgan. U yov paydo bо‘lishini kuzatadigai nuqta hamda karvonlarga yо‘l kо‘rsatadigan mayoq vazifasini ham bajargan.
Mang‘itlar xukmronligi davrida о‘lim jazosiga hukm qilingan kishilarni minoradan pastdagi tosh maydonchaga tashlaganlar.
Tarixchi olimlarning xulosasiga kо‘ra, Buxorodagi Chashmai Ayub maqbarasining bir qismi Minorai Kalon bilan bir vaqttda qurilgan. Shuningdek, Samarqanddagi Shohizinda ansamblining eng qadimgi qismi xam XI-XII asrlarga oiddir. Bu davrga kelib tasviriy san’at, naqqoshlik, о‘ymakorlik san’ati ham о‘zgacha tus olganligini kо‘rsatib о‘tish kerak.
Ustalar naqqoshlikda va rassomchilikda odamlar va hayvonlarning suratini tasvirlash kompozitsiyalari о‘rniga murakkab geometrik (girix), о‘simliksimon (islimiy) va arabcha yozuv «xatti kufiy» bilan bitilgan epigrafik naqshlarni ishlatganlar. Bu san’at tobora takomillashib, butun Sharq mamlakatlari ichida bunday eng murakkab va eng gо‘zal naqshlar faqat bizning yurtimizda yaratildi.
Yog‘och, ganch о‘ymakorligi ham ravnaq topdi. Samarqanddagi Shohizinda me’moriy ansamblidan topilgan yog‘och о‘ymakorlik namunasi, Xivadagi Juma machitida saqlanib qolgan eng qadimgi ustunlar shundan dalolat beradi.
Tasviriy san’at asarlari sanalmish sanamlar haykallarini yasash, jonli mavjudotlarni tasvirlash barham topgan bulsa-da, islomgacha bulgan san’at ananalari kitob miniatyuralarida, turli mayda amaliy san’at buyumlarida, ba’zi binolarga tabiat manzarasi va xayvonlarning tasviri orqali saqlangan. Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti о‘z navbatida kulolchilik, misgarlik va zargarlikning ravnaqiga yordam berganligini ta’kidlash zarur. Shuningdek, bu davrda xattotlik va musiqa san’ati rivoj topganligiga dalillar keltiriladi. Qо‘lyozma kitoblarni turli uslubdagi xusnixat bilan bitish va bezash ushbu davrda yuqori darajaga kо‘tariladi.
Kо‘rilayotgan davrda sozandalar xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan musiqiy cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar. Vokal hamda cholg‘u asboblar va professional darajadagi yakka ijrochilik keng rivojlandi. Bu, avvalo, tо‘y marosimlari va xalq sayillari bilan bog‘liq cholg‘u asboblar jо‘rligida musiqiy tomoshalar edi. Xalq kuylari asosida keyinchalik о‘zbek va tojik xalqlarining klassik kuyi «Shoshmaqom» uchun asos bо‘ladigan yangi-yangi kuylar ijod qilindi.
Ulug‘ allomalarimizdan Forobiy va Ibn Sino musiqa nazariyasi bо‘yicha nodir asarlar yaratib, musiaga inson axloqini tarbiyalovchi, salomatligini mustahkamlovchi zо‘r vosita deb qaraganlar.
1.IX-XII asrlarda О‘rta Osiyo madaniy yuksalishining tarixiy shart- sharoitlari nimalardan iborat?
2.Islom dini xalqning ma’naviy xayotiga qanday ta’sir о‘tkazgan?
3.Buyuk vatandosh allomalarimizning jahon ilm-faniga qо‘shgan xissalari haqida sо‘zlang.
4.О‘rta Osiyolik diniy ulomalar islom madaniyatining rivojiga qanday xissa qо‘shdilar?
5.Tasavvuf ta’limoti jamiyat ma’naviy va madaniy hayotining rivojida qanday о‘rin tutgan?
6.Bu davr me’morchiligida qanday о‘zgarishlar yuz bergan?
7.IX-XII asr Movarounnahr tasviriy san’atining о‘ziga xos xususiyatlarini kо‘rsating.
8.Bu davrda adabiyot, xattotlik va musiqa san’ati rivoj topganligiga dalillar keltiring.
Mavzuni о‘qitishda «FSMU» texnologiyasidan foydalanish dars samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |