Муќаддима



Download 3,31 Mb.
bet15/54
Sana15.01.2017
Hajmi3,31 Mb.
#433
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bolaliktepa rangtasvir san’atida odamlarning kayfiyati, о‘zaro munosabatlari, xarakterlari rassom tomonidan о‘ta ustalik bilan tasvirlangan. Orqa tomondan esa qomati deyarli tо‘liq tasvirlangan xizmatkorlar yelnig‘ich ushlab turishibdi. Odamlarning qо‘llarida qadahlarning tasvirlanishi, bir-birlariga bо‘layotgan samimiy iltifotlar tо‘ydagi bazmi jamshidni ifodalaydi. Devorlarda xammasi bо‘lib 47 kishining rasmi tasvirlangan.

Varaxshadan xam devorlari suratlar bilan bezatilgan xashamatli saroy qoldiqlari topilgan. Devoriy rasmlarning birida fil mingan о‘rta yoshli kishi obrazi bir oyog‘i uzangida, bir oyog‘i esa bukilgan holda tasvirlangan. Bundan tashqari, rasmda arslonga о‘xshash xaybatli xayvonni filga xamla qilgan xolatidagi tasviri ham aks ettirilgan. (Ushbu rasm kо‘rsatiladi.) Shuningdek, yana bir devoriy suratda podshoning qabul marosimiga bag‘ishlangan xashamatli kо‘ri­nishlari о‘rin olgan. Tasvirlar rang-barang tabiat manzaralari bi­lan boyitilgan va ma’lum bir gо‘zallikni о‘zida mujassamlashtirgan. Ilk о‘rta asr ganchkorligining nodir namunalari xam mazkur yodgorlikdan topilgan.

Umuman, Varaxsha saroyi me’morchilik, xaykaltaroshlik va rassomchilikning ajoyib namunasi xisoblanadi. Turk xoqonligi, ya’ni arablar istilosigacha bо‘lgan davrdagi madaniy xayot xaqida gapirilganda, yurtimizda me’morchilik, xat-savod, diniy e’tiqlar, tasviriy san’at ravnaq topganligi ta’kidlanadi. Shuningdek, san’atning musiqa, raqs, qо‘shqchilik, qiziqchilik, dorbozlik kabi soxalari xam kamol topganligi Xitoy manbalarida qayd etilganligiga tо‘xtalibо‘tgiladi.

Ilk bor Yevrosiyo saltanatini barpo etgan turk xoqonlari xukmronlik qilgan davrda turkiy xalqlariing siyosiy va madaniy merosi Sharqiy Turkiston, О‘rta Osiyo va Janubi-Sharqiy Yevropa tarixiga jiddiy ta’sir kо‘rsatganligi ta’kidlanadi. Ayniqsa, u О‘rta Osiyo aholisining yuqori darajadagi dehonchilik madaniyati bilan uyg‘unlashib Turon о‘lkasining ilk о‘rta asr madaniyatini qiyomiga yetkazgani aytiladi.

Buning ayrim namunalaridan biri sifatida Afrosiyobda kovlab ochilgan mashhur devoriy rasmlardan kо‘rsatilib, mazmunini quyidagicha izohlash mumkin:

Devoriy rasmda qandaydir tantanali holat tasvir etilgan. Oldinda oq fil ustida taxtiravonda malika, fil sag‘risida joriya taxtiravonni tutib bormoqda. Fil ortidan qorabayir, tо‘riq va saman mingan uchta ayol, ulardan birinchisining bilagidan pastrog‘igacha sо‘g‘dcha «malikaning yangasi» degan sо‘zlar yozilgan. Ayollarni tuya mingan ikki nafarqkurollangan erak kuzatib bormoqda. Ular boshlarini peshanabog‘ bilan bog‘lab olganlar, qо‘llarida esa mutabarlik ramzi sifatida gurzi bor. Erkaklardan birining yoshi kattaroq bо‘lib, soch va soqollariga oq oralagan, ikkinchisi esa yoshroqdir. Ikkala erkak xam uzun dich bilich bilan qurollangan. Ularning belbog‘larigta katta xanjar ilingan. Dastalarida yovvoyi qushlar boshining tasviri solingan. Yuqoriroqda ot yetaklagan kishi hamda tо‘rtta oqqush haydab borayottan о‘spirinning surati chizilgan. Ularning og‘zi va burunlari oq mato bilan bog‘langan. Devorning markazida boshq rasmlardan ikki barobar kattalashtirilgan otliqlar qurshovidagi suvoriy tasviri chizilgan. Xonaning g‘apbiy devorida shohona liboslarda, qimmatbaho tuxfalar kо‘targan 3 kishi tasvirlangan. Devorda 16 qator sо‘g‘d yozuvi bitilgan. Unda hozirgi Surxondaryo viloyatida joylashgan Chog‘aniyon davlati elchisiniig Samarqand hokimiga topshirgan xati bayon etiladi.

Talabalar diqqatini rasmning qanchalik mahorat bilan chizilganligiga qaratish kerak. Unda har bir detalning aniq chiqishiga katta e’tibor bsrilgan.

Turk xoqonligida oromiy, sо‘g‘d, xorazm yozuvi bilan bir qatorda «Turk-run yozuvi», «Urxun-Enasoy yozuvi», «Kо‘k turk yozuvi» kabi yozuvlar qо‘llanilgan. Turk xoqonligi haqida bitiktoshlar, ayniqsa, qimmatli ma’lumotlar bsrishi aytib о‘tiladi.

Arab xalifaligi VIII asr boshlarida Movarounnahrni zabt etishga munaffaq bо‘ldi. Arablar mahalliy din namoyandalarini quvg‘in qilib, sо‘g‘d yozuvida bitilgan kitoblarni hamda sanamlarni gulxanda yoqib, yо‘q kilib tashlaydilar.

Bosib olingan yerlarda islom dini yoyilib, mahalliy xalqlarning ijgimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayoti arab xalifaligining tartib - qoidalariga buysundirildi.

Movarounaxrda arab tilining davlat va fan sifatida joriy etilishi bilan uni о‘zlashtirishga bо‘lgan intilish ortdi. Natijada arab tili va yozuvini ona tilidek о‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bо‘ladi. О‘rta Osiyolik olimlar о‘sha davrda о‘z asarlarini arab tilida yozganlar.

Bu davrda Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, Xiva kabi shaharlar madaniyat markazlari sifatida mashhur bо‘ldi. Bu yerlarda savdo-sotiq, ijtimoiy-siyosiy xayot bilan bir qatorda, madaniy aloqalar, bilim о‘choqlari rivoj topdi. Bunday iqdisodiy-madaniy markazlar ulkan musulmon Sharqining turli о‘lkalarini, Fapb va Sharq, Shimol va Janub mamlakatlarini bog‘lab turuvchi qadimgi «Ipak yо‘li» an’analarini davom ettirgan holda aloqa о‘choqlari sifatida dovrug‘ taratdi. Mahalliy olimlar о‘zga mamlakatlarga borib ilm olish, xam-kasblari bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatiga ega bо‘ldilar.

Bu davrda О‘rta Osiyodan ulkan olimlar yetishib chiqdiki, ular о‘z ijodlari, asarlari bilan о‘z xalqlarini dunyoga mashxur qildilar.


1.Dastlabki shahar madaniyati qay tariqa shakllanib rivojlandi va u qanday jarayonni shakllangirish omiliga aylandi?

2.«Avesto» kitobining ahamiyati haqida sо‘zlang.

3.Ahamoniylar madaniyati yodgorliklari bunyod etilishida О‘rta Osiyo xalqlarining qо‘shgan xissalarini aniqlang.

4.Ellinlashtirishning ma’nosi nima?

5.Kushon davlatida madaniyat ravnaq topganligi nimalarda kо‘rinadi?

6.Buyuk ipak yо‘li qanday yuzaga kelgan?

7.О‘rta Osiyo xalqlari uchun Buyuk ipak yо‘lining qanday ahamiyati bor?

8.Eftaliylar davlatida ilk urta asrlarga xos madaniyat shakllan- ganligi nimalarda aks etgan?

9.Eftaliylar davrida qaysi san’at turi yuksak chо‘qqiga kо‘tarilgan?

10.Eftaliylar dani va yozuvi haqila nimalarii bilasiz?

11.Qanday manbalar turk xoqonligi haqida qimmatli malumotlar beradi?

12.О‘rta Osiyoga arablarning kirib kelishi о‘lkamiz madaniyatiga qanday ta’sir kо‘rsatdi?

13. Islom dini ta’limotini rivojlantirishda movarounaxrlik islomshunos olimlar qanday hissa qо‘shganlar?
Mavzuni о‘qitishda «VENN» diagrammasidan foydalanish dars samaradorligini oshiradi.


Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish