Муќаддима


-Mavzu: О‘rta Osiyodagi ilk madaniy islom uyg‘onishi – Islom renesansi davrida madaniyat ravnaqi (IX-XII asrlar)



Download 3,31 Mb.
bet17/54
Sana15.01.2017
Hajmi3,31 Mb.
#433
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
6-Mavzu: О‘rta Osiyodagi ilk madaniy islom uyg‘onishi – Islom renesansi davrida madaniyat ravnaqi (IX-XII asrlar)
Reja:

1.О‘rta Osiyodagi ilk madaniy islom uyg‘onishi – Islom renesansi davrida madaniyat ravnaqi

2.IX—XII asrlarda о‘zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoni, iqtisodiy va madaniy hayot.

3. О‘rta Osiyoda madaniy yuksalishning ushbu davri Yevropa uyg‘onish (Renensans) jarayoniga ta’siri.

Adabiyotlar:

1.Samarqand tarixi. Ikki jildlik.T., Fan, 1969 - 1971y.

2.Sulaymonova F. Sharq va Fapb. T., О‘zbekiston, 1997 y.

Murodov A. О‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan. Toshkent: 1971.

3 Maqsetov Q. Qoraqalpoq jirov baxshilari. Nukus, 1983.

4. Matyoqubov Otanazar. Maqomot. Toshkent: «Musiqa» nashriyoti, 2004.

5.Mualliflar jamoasi. О‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. Toshkent: «О‘qituvchi», 1980.

6.Nisoriy Hasanxoja. Muzakkiri ahbob (Dо‘stlar yodnomasi). Forschadan Ismoil Bekjon tarjimasi. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.

7.Oydinov Norsaid. О‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar. Toshkent: «О‘qituvchi», 1997.
« О‘rta Osiyodagi ilk madaniy islom uyg‘onishi – Islom renesansi davrida madaniyat ravnaqi » mavzusini yoritishda dastlab IX—XII asrlarda О‘rta Osiyo madaniy yuksalishining tarixiy shart-sharoitlari xususida fikr yuritish zarur. Chunonchi, IX—XII asrlarda mamlakatimiz xо‘jaligi hamda fan va madaniyatning gullab-yashnashiga markazlashgan mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, boy madaniy an’analarning tiklanishi, arab tilining ilm-fan va din tili sifatida ustun mavqeda turishi natijasida musulmon sharqi mamlakatlari bilan din va til asosida madaniy aloqaning kuchayishi muhim sabablardan bо‘lib xizmat qilganligiga e’tibor qaratiladi.

Shu asnoda О‘rta Osiyoda madaniy yuksalishning ushbu davri Yevropa uyg‘onish (Renensans) jarayoniga ta’sir kо‘rsatilganligini al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk allomalarimizning jahon ilm-fani va madaniyatiga qо‘shgan ulkan hissalari misolida ochib beriladi. Jumladan, ushbu vatandosh allomalarimizning ilmiy faoliyatlariga quyidagicha qisqa tavsif berilib о‘tiladi: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (taxminan 783-850 yillar) asli Xiva shahridan bо‘lib, matematika, astrono­miya, geografiya va boshqa fanlar sohasida barakali ijod qildi xamda «Aljabr» (algebra) fani va «algoritm» tushunchasiga asos soldi. «Algebra» sо‘zining о‘zi esa uning «Kitab al-Jabr val-muqo-bala» («Tiklash va qiyoslash kitobi») degan risolasi nomidan olingan. Uning arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga asoslangan bо‘lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan о‘nlik pozitsion hisoblash tizimi va shy tizimdagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bо‘ldi. Olimning «al-Xorazmiy» nisbasi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy о‘rnashib oldi. Uning XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan «Zij» (Astronomik jadvallar), «Xisob al-hind», «Quyosh soati haqidagi risola» va boshqa asarlari Sharq va Fapb mamlakatlarida о‘rta asrlar ilmiy tafakkurining taraqiyotiga samarali ta’sir kо‘rsatdi.

Movarounnaxrning Farg‘ona viloyatidagi qadimgi Kubo (hozirgi Quva) shahrida tavallud topgan Ahmad al-Farg‘oniyning (798—865 yillar) ijodiy faoliyati Bag‘doddagi ilmiy markaz («Baytul-hikma») bilan bog‘liq bо‘lib, hozirgi kunda uning 8 asari bizga ma’lum. Allomaniig eng mashhur asari «Yulduzlar ilmi va samoviy harakatlar haqida tо‘plam»i hisoblanadi. Uning bu kitobi Yevropada Kopernikkacha bо‘lgan astronomiya fanida asosiy kо‘llanma bо‘lib xizmat qilgan. U sferik trigonometriya asoschilaridan biridir. Al-Farg‘oniy nisbasi lotincha «alfraganus» shaklida yozilib, shu nom ostida u fanga abadiy kirdi.

Buyuk faylasuf, qomusiy olim Abu Nasr al-Forobiy (873—950) Sirdaryo qirg‘og‘idagi Forob degan joyda tug‘ilib, Forob, Toshkent, Buxoro va Samarqandda о‘qidi. Keyinroq Bag‘dod va Damashqda yashab о‘z ma’lumotini oshirib, umrini ilmga bahshida etdi. U fanning barcha sohalarini qamragan 160 dan ortiq asarlar yozgan va ayrim ma’lumotlarga kо‘ra, 70 dan ortiq tilni bilgan.




Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish