Mo az pai Sanoiyu Attor omadem.
58
(Attor ruh edi, Sanoiy uning ikki ko’zi,
Biz Sanoiy va Attor izidan keldik.)
Sanoiy “ikki ko’z”ga qiyos etilmoqda. Ko’z tashqaridagi narsalarni ko’radi, ichkaridan
tashqariga yo’nalgan bo’ladi. Attor esa “ruh” - uning nazmdan maqsadi “asrori ilohiy adosi”
(“ilohiy sirlarni bayon etish”) - inson ruhiyatidagi ilohiy asror pardalarini birma-bir ochib
ko’rsatish. “Masnaviyi ma’naviy” dek buyuk irfoniy qomusni yaratgan Jaloliddin Rumiy ham
ayni shu yo’ldan bordi. Tasavvuf she’riyatining mohiyati aslida shu.
Fors tilida ijod etgan buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy esa
faqat inson ruhiyati-ning ichki qatlamlariga teran nazar tashlash bilan cheklanib qolmay o’z
dostonlarida shaxsning Haq va jamiyat oldidagi mas’uliyati masalasiga ham alohida e’tibor
Do'stlaringiz bilan baham: |