99
Navoiy «majoz tariqi « xususidagi ta’riflarga o’tib, o’zi kashf etgan
haqiqatlarni shunday bayon qiladi:
«Yana bir jamoatdurkim, haqiqat asrorig’a majoz tariqin maxlut qilubdurlar
va kalomlarin bu uslubda marbut etibdurlar. Andoqki, maoniy ahlining
nuqtapardozi Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy va ishq ahli guruhining pokbozi
va pokravi Amir Xusrav Dehlaviy va tasavvuf va diqqat mushkulotining
girihkushoyi Shayx Zahiriddin Sanoiy va faridi ahli yaqin Shayx Avhadiddin va
maoniy adosiga lofiz Xoja Shamsuddin Muhammad al- Hofiz.
Yana jam’e bordurlarki, majoz tariqi adosi alar nazmiga g’olib va alar bu
shevaga ko’proq rog’ibdurlar. Andoqkim, Kamoli Isfaxoniy va Xoqoniyi
Shirvoniy va Xojuyi Kirmoniy va mavlono Jaloliddin va Xoja Kamol va Anvariy
va Zahir va Abdulvosi’ va Asir va Calmon Sovajiy va Nosir Buxoriy va Kotibiy
Nishopuriy va Shohiy Sabzavoriy».
38
(Nasriy bayoni: «Yana bir guruhdurkim,
Haqiqat sirlariga majoz yo’lini aralashtiribdurlar
va so’zlarini bu uslubda bog’labdurlar. Chunonchi:
ma’ni ahlining nozik so’zlisi Shayx Muclihiddin
Sa’diy Sheroziy va ishq guruhining halol oshiqi
Amir Xusrav Dehlaviy, tasavvuf va tafakkur
mushkullarining
chigalini
echuvchi
Shayx
Zahiriddin Sanoiy, haqiqat ahlining yagonasi
Shayx Avhadiddin va lafz bilan ma’noni
anglatishga mohir Shamsuddin Muhammad Hofiz.
Yana bir qanchalari bordurlarki, majoz yo’li
ularning she’rlarida g’alaba qozongan va ular bu
ravishga ko’proq rag’bat etganlar. Chunonchi: Kamol Isfahoniy, Xoqoniy
Shirvoniy, Xojuyi Kirmoniy, Mavlono Jaloliddin, Xoja Kamol, Anvariy, Zohir,
Abdulvosi’, Asir, Salmon Sovajiy, Nosir Buxoriy, Kotibi Nishopuriy va Shohiy
Sabzavoriy».
39
Yuqorida tasavvuf she’riyatining eng ulug’ ustozlariga «haqiqat tariqi
suxanvarlari» deb nom berilganini qayd etib o’tgan edik. Ko’rdikki, Navoiy
«majoz tariqi»ga aloqador deb hisoblagan shoirlarni ham ikki qismga ajratadi.
Nazarimizda, birinchi qismda ulug’ ustozlar, ushbu yo’nalishning qudratini
belgilovchilar yodga olingan bo’lib, ikkinchi qismda ijodiy qarashlari ushbu
tariqqa mos tushuvchi mintaqa miqyosida nomlari ma’lum bo’lgan shoirlar sanab
o’tilgan.
Endi ularni tarixiy tadrijiylikda ko’zdan kechiraylik.
«Haqiqat asroriga majoz tariqin maxlut» etganlarning tarixan birinchisi
tabiiy ravishda Sanoiy (1048-1140) bo’lib chiqmoqda. Undan keyin XII asr
ikkinchi yarmida yashab ijod etgan Abdulvosi’ Jabaliy (vafoti 1160), Anvariy
(vafoti 1191), Asiriddin Axsmkatiy (1108-1196), Xoqoniy (1120-1199), Zohir
Faryobiy (vafoti (1202) va boshqalar sanab o’tilgan bo’lib, bu atoqli fors shoirlari
38 O’sha kitob, s.25
39 Alisher Navoiy. Asarlar. 13-jild. T., 1966, s.191
Do'stlaringiz bilan baham: