96
Sunna bilan bir bosqichda arab
nasrida adab yo’nalishi shakllanganini,
islom davri ilk turkiy she’riyat namunasi Adib Ahmad ijodi shunga yaqin turishini
oldinroq eslab o’tgan edik. Bu yo’nalish Abul Ataxiya (748-825) ijodi bilan
hamohang bo’lib, Abu Nuvasda shakkoklik mayllari kuchliroq edi. Umuman, arab
tilidagi mumtoz adabiyot gullab yashnagan davr sunna va islom ma’rifatchiligi
bosqichlariga ko’proq mos keladi va unda ikki yo’nalish yorqin namoyon bo’lgan:
biri saroy adabiyoti uchun xos bo’lgan madhiya, may va go’zallar vasfi bilan
yo’g’rilgan she’riyat bo’lsa, ikkinchisi, pand-nasihat, hayotning mohiyati haqidagi
falsafiy mushohadalarga bag’ishlangan qasida, qit’a va nasriy risola (noma)lardan
iborat bo’lib, dastlabki davrda bu ikki yo’nalish hatto bir-biriga muayyan darajada
qovushmay turdi. Ammo asta-sekin ishqiy mavzu teranlik kasb etib, adab
yo’nalishi bilan mazmunan yaqinlashib bordi va Abula’lo al-Maarriy (973-1058)
ijodida yuksak falsafiylik, Ibn al-Farid (1181-1234) she’riyatida esa irfoniy
ishqning eng oliy qabatlariga ko’tarildi.
IX-XII asrlardagi adabiyot ham ilm singari ko’proq saroyda markazlashgan
bo’lib, madhiya qasidalar, ishqiy g’azallar, xamriyot (may mavzui), zuhdiyot
(dunyo va uning hoyu havaslari bebaqoligi va ularga mehr qo’ymaslik mavzui),
hijo (muayyan shaxslarga yo’naltirilgan hajv) kabi mavzu turlari etakchilik qilardi,
ya’ni badiiy adabiyotning vazifasi hanuz ikkinchi darajali, amaliyroq ko’rinishda
edi. Shu davrda «eng yolg’on she’r – eng yaxshi
she’rdir» va «eng rost she’r - eng yaxshi
she’rdir» degan iboralarda o’z aksini topgan
she’riyatga ikki xil yondoshuv shakllangani
ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan va bunga
muayyan darajada o’sha davr adabiyotining
mavzu qamrovi va vazifasi, ijtimoiy voqelikda
tutgan mavqei ham sababchidir. Hukmdorni
madh etish, uning dilini xushlash, hukmdorning
va o’zining shaxsiy raqiblarini hajv etish VIII-XI
asrlar saroy adabiyotida etakchi o’rin tutar va
shoirning mavqei ham ushbu sohalardagi
yutuqlari bilan belgilanardi. Bu davr arab tilidagi
she’riyat bilan boshlanib, VIII asr ikkinchi
yarmidan turkiy tilidagi dastlabki asarlar (Adib
Ahmad va Mahmud Koshg’ariy asaridagi ba’zi
namunalar) paydo bo’lgan bo’lsa, X asr
boshlaridan Somoniylar saroyida Abu Abdulloh
Rudakiy etakchiligidagi baquvvat fors she’riyat
maktabi shakllandi. IX-X asrlar davomida
Movarounnahr va Xurosonda har uch tilda
asarlar yaratilgan bo’lsa, XI asr boshlaridan arab tili asosan ilm tili sifatida
saqlanib qolib, G’aznaviylar saroyida asosan fors tilida va Qoraxoniylar saroyida
turkiy va forsiy tillaridagi she’riyat rivoj topdi. Mahmud G’aznaviy saroyida
shakllangan nufuzli she’riyat maktabi namoyandalari Unsuriy, Farruhiy,
Do'stlaringiz bilan baham: