Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-fasl. Mintaqa adabiyoti Alisher Navoiy talqinida



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

2-fasl. Mintaqa adabiyoti Alisher Navoiy talqinida. 
Alisher Navoiy Firdavsiy va uning «Shohnoma»sini yaxshi biladi va chuqur 
ehtirom  bilan  yodga  oladi.  Ammo  badiiy  ijod  tariqi  haqidagi  nazariy 
mulohazalariga  muayyan  shoirlar  ijodini  misol  keltirganda,  biror-bir  o’rinda 
Firdavsiyni  eslamaydi,  u  sanab  o’tgan  ustozlarning  tarixan  eng  birinchisi 
Sanoiydir,  chunki  fors  tilidagi  adabiyotda  «Haqiqat  asrori»ni  (ya’ni  Borliqning 
mohiyatini)  badiiy  tarzda  anglab  etish  va  anglatishga  ilk  bor  jiddiy  ravishda 
kirishgan  ulug’  mutafakkir  shoir  Sanoiy  edi.  Uning  «Sayr  ul-ibod  ilal  maod» 
(«Alloh  bandalarining  qaytar  makonga  safari»)  va  «Hadoyiq  ul-haqoyiq» 
(«Haqiqat  bog’lari»)    asarlari  nomlarining  o’ziyoq  shoir  maqsadini  aniq  anglatib 
turipti.  E’tiborga  sazovor  yana  bir  jihati  shundaki,  Navoiy  Sanoiy  ijodini 
baholashda  o’sha  davr  an’anasiga  zid  borib,  uni  «haqiqat  tariqi»  suxanvarlari 
qatorida  emas,  «Haqiqat  asrorig’a  majoz  tariqini  maxlut»  qilganlar  safida  tilga 
olgan.  Buning  sababi,  bizning  nazarimizda,  shundaki,  XI  asr  oxirlariga  borib 
Abulmajd  Sanoiy  birinchilardan  bo’lib  saroy  madhiyago’yligini  tark  etgan  va 
ijtimoiy-falsafiy yo’nalishni badiiy adabiyotga dadil olib kirganligida edi.  
XII  asr  oxirgi  choragiga  borganda  esa  saroyni,  madhiyaviy  qasidaguylikni 
tark  etib,  ijtimoiy-  falsafiy  yo’nalishga  o’tgan  shoirlar  soni  keskin  ko’paydi.  XI 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
98
asrda  tasavvuf  she’riyati  kichik  lirik  janrlar  (ruboiy,  g’azal)  bilan  cheklangan 
bo’lsa, XII asrdan tasavvufiy ruhdagi dostonlar yaratila boshlandi. Va nihoyat, XII 
asr  oxirgi  choragidan  boshlab,  fors  tilidagi  she’riyatning  ikki  yorqin  yulduzi 
Nizomiy Ganjaviy va Farididdin Attor siymolari adabiyot osmonida paydo bo’ldi. 
«Mahbub ul- qulub» risolasi  «avvalgi qism»ining 16-faslini  Alisher Navoiy 
«Nazm  gulistonining  xushnag’ma  qushlari  zikrida»  deb  ataydi  va  shunday 
boshlaydi: 
 «Ul  necha  tabaqadir:  avvalgi  jamoa  nuqudi  kunuzi  ma’rifati  ilohiydin 
g’aniylar  va  xalq  ta’rifidin  mustag’niylardur.  Ishlari  maoniy  xazoinidin  ma’rifat 
javharin termak va el fayzi uchun vazn silkida nazm  
termak.  Nazm  adosi  bag’oyat  arjumand 
va benihoyat sharif va dilpisand o’ldug’i 
uchun oyoti kalomda  nozil bor  va  hadisi 
mo’’jiznizomda  tilagan  topar,  chun 
maal-qasd  emas,  el  hurmati  jihatidin  ani 
she’r demas» 
37
 (Nasriy bayoni: Ular bir 
necha  guruhdir.  Birinchi  guruh  ma’rifati 
ilohiy  xazinasining  naqdinalari  bilan 
boyigan 
va 
xalq 
ta’rifiga 
ehtiyoj 
sezmaganlardir. 
Ishlari 
ma’nilar 
xazinasidan  Ma’rifat  gavharini  termoq 
va u gavharni el fayz topsin uchun nazm 
ipiga  tortmoq.  Nazmlarining  ifodasi 
g’oyat  qutlug’  va  benihoyat  yoqimli  va 
ulug’ 
bo’lganligidan 
ilohiy 
kalom 
oyatlari  va  Rasulullohning  mo’’jizali 
hadislari 
mazmunini 
izlagan 
kishi 
ulardan 
topa 
oladi 
va 
qasddan 
yozilmagani  sababli  el  ularga  ehtirom 
bildirib, 
she’r 
deb 
atashga 
jur’at 
etmaslar».)  Alisher  Navoiy  bu  toifani 
«haqiqat  tariqining  suxanvari  «,  deb 
ataydi  va  ular  jumlasidan  tasavvuf 
adabiyotining  eng  buyuk  siymolari 
Farididdin  Attor  va  Jaloliddin  Rumiy  nomlarini  tilga  oladi.  Olim  bu  guruh 
vakillarini  «avliyoi  ogoh  va  mashoyix  va  ahlulloh»,  deb  ulug’laydi.  Attorga 
«nozimi javohiri asror» («haqiqat sirlari javohirlarini nazmga soluvchi»), Rumiyga 
«g’avvosi bahri yaqin» («yaqinlik dengizining g’avvosi»), deb sifat beradi. Navoiy 
ta’riflarining qanchalar voqelikka muvofiq ekanligiga iqror bo’lish uchun Attor va 
Rumiy  asarlarining  nomlarini  eslab  o’tish  kifoya:  «Ilohiynoma»,  «Asrornoma», 
«Mantiq-ut-tayr»  («Qushlar  mantiqi»),  «Masnaviyi  ma’naviy»  va  h.k.  Bu  asarlar 
haqida Sharq va G’arbda shuncha ko’p tadqiqotlar amalga oshirilganki, biz ulardan 
o’tkazib so’z aytish qudratiga ega emasmiz. 
                                         
37 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 14-jild. T.-«Fan »-1998, s.24 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish