Arxiv yoki administrativ jixozlar
Telefon tarmoqlari. Telefon tarmoqlari har bir xonalarda va ish o‘rinlarida , ilmiy izlanish xonalari, proyeksiya xonalari, har bir saqlash bo‘limlari va dam olish kabi barcha turdagi xonalarda ta‘minlanga bo‘lish kerak.
Kompyuterlar. Kutubxonalarda kommpyuterlrdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: xavfsizlikni ta‘minlash, o‘quv bo‘limlari, avtomatlashtirish bo‘limlari, elektron kutubxona yoki kataloglashtirish bo‘limida.
Audiovisual vositalar. Kutubxonalarda audiovisual vositalar yetarlicha ta‘minlangan bo‘lishi shart. Kutubxona moddiy xolati, vazifasiga qarab quyidagi audiovisual vositalardan foydalanish mumkin: DVD playerlari, DVD recorderlar, raqamli kameralar, CD/DVD disklarga ma‘lumot yozuvchi kompyuterlar, professional darajadagi skanerlar, printerlar, oddiy va HD monitorlar, videoproyektorlar kabilar.
II-bob bo’yicha xulosa
II-bobga oid xulosalar shundan iboratki, mamlakatimiz axborot-kutubxona muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar zamon talablarini, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning sifat va samarasini oishirish talablarini hisobga olib yaratilgani ma‘qul. Shuning uchun biz mavjud muommolarni tahlil qilish bilan birga, kelgusida yaratoyotgan zamonaviy kutubxona ishlatishning qulayligiga etiborni qaratdik. Hozirgi kun talablaridan kelib chiqib, jahon kutubxonalaridagi erishilgan
yutuqlardan keraglisini o‘zimizga olish va o‘zimizda uchrayotgan bir qancha muommolarni bartaraf qilish maqsadida to‘la ma‘lumotlar bazasini yaratdik va u juda ko‘plab qulayliklarni o‘z ichiga oladi va biz shu vazifani bajarish uchun harakat qildik.
XULOSA
Hozirgi ilm-fan jadal suratlarda taraqqiy etayotgan davrda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi ta’lim oluvchilar oldiga muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo’ymoqda. Bu muammolarni hal etish uchun esa, o’quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, ularni tayyorlash borasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy va moliyaviy ishlarni amalga oshirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. .
Kurs ishini, 3D texnalogiyalari bo’yicha nazariy va amliy bilimlarni bir-biriga bog’lagan holda tayyorlandi. Real borliqni vizuallashtirish uch o‘lchovli grafik axborotlarni paydo bo‘lishiga va ularni qayta ishlash texnologiyalarining takomillashuviga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu kabi axborotlar jamiyat rivojiga, ilm-fanning yangi qirralarini ochilishiga, jamiyat a’zolarining borliqni butunligicha his qilishlariga xizmat qiladi. Ushbu kurs ishining I bobda uch o’lchovli grafika, uning hozirgi kundagi ahamiyati, «3DS Max » dasturining boshlang’ich tushunchalari va ob’yektlarning modellashtirishning o’ziga xosligi to’g’risida ko’plab ma’lumotlarga to’xtalib o’tilgan. II bobida esa, «Zamonaviy kutubxona » ning interyeri loyihasini «3D Max » dasturida yaratish ketma-ketligi bayon qilingan. Jumladan ob’ektlarni yasalishi, bog‘lanishi, bir turdan ikkinchi turga o‘tishi hamda ranglar, materiallar bilan boyitilishi haqida atroflicha batafsil ma’lumotlar, uch o‘lchamdagi misollar bilan keltirilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, rivojlanayotgan zamonimizning har bir jabhasida 3D Max texnalogiyalari muhim ahamiyat kasb etmoqda va o’zining kerakliligini bildirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |