Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta



Download 13,99 Mb.
bet54/92
Sana16.07.2021
Hajmi13,99 Mb.
#121193
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
Bog'liq
1 2020 УМК УЗБЕКИСТОН санати тарихи

Rangtasvir. Urush yillari o‘zbek rangtasviri jang mavzusidagi asarlar bilan boyidi. Rassomlar endilikda milliy qahramonlar obraziga murojat qildilar. Miliy tarixda birinChi bor Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi jasoratini aks ettiruvChi kompozitsiyalar paydo bo‘ldi.

Urush mavzusidagi asarlar na faqat hayoldan balki bevosita jang bo‘lgan joylarda ishlangan asarlar bilan ham boyidi. O‘zbekistonli rassomlar jang Chizig‘i yaqinida bo‘lib urushda vayron bo‘lgan manzaralarni ko‘rib o‘zidan rasmlar ishladilar. Jumladan, O‘zbekistonlik rassomlar Rojdestvenskiy, B.Jukov, M.Arinin, O‘.Tansiqboev urush bo‘lib o‘tgan joylarda bo‘lib u yerlardan rasm Chizib qaytdilar. SHular asosida keyinChalik urush mavzusida asarlar yaratdilar. Jumladan U.Tansiqboev 1942 yili Moskva ostonalariga O‘zbekistonli delegatlar bilan borib jang bo‘lib o‘tgan maydonlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi, jangChilar bilan suxbatda bo‘ldi, bevosita jang bo‘lgan joylarda rasmlar ishladi.O‘zbekistonga qaytgaCh Chizilgan etyudlar,olgan taasurotlar asosida «Urush yillarida» deb nomlangan asarlar turkumini yaratdi.Bu turkum 15 polotnodan iborat bo‘lib ularning hammasi bir biri bilan o‘zviy bog‘liq. «Ozod etilgan yerlarda», «Dushman izi», «Havo jangi» kabi asarlarida rassom dushmanni vayronagarChilik keltiruvChi ofat, uning poy qadami yetgan yerlar qabrston,kultepaga aylanishini ko‘rsatadi. «Ozod etilgan yerlarda» asarida kishilarning kelajakka ishonishlarini kuylaydi, bunyodkorlikka bo‘lgan zo‘r ishtiyoqi qalamga olingan



Urush yillarida mayishiy janrda ishlangan asarlarda front ortida bo‘layotgan voqealar o‘z aksini topgan. Ularda rassomlar voqelikni, bo‘layotgan voqealarni sharhlovChi repartyor sifatida ifodalashga moyillik kuChli. Yuz berayotgan davr voqeasi sifatida kishilarning kundalik turmushi,ularning mehnat maydonidagi jasorati shu yillarda yaratilgan maishiy janrdagi asarlarning mazmiunini tashkil etidai. O‘z ijodi bilan 30 yillarda tanilgan L.Abdullaevning urush yillardagi ijodi sermaxsul. SHu yillarda u "Kuzatish. 1941», «Qizil armiya safiga". 1942, «Agitator SHimoliy Toshkent kanalida" 1943 kabi asarlari bilan ko‘rgazmalarda ishtirok etdi. Bu asarlarda hikoyanavislik, plakatsimon Chakiriq ruhi mavjud bo‘lsa ham lekin davr ruxi o‘z ifodasini topgan va daliliy xujjat sifatida e’tiborga loyiq.

Urush yillarida ijtimoiy hayot, odamlarning mehnati va turmush tarzi, ularning his tuyog‘ulari rangtasvirda o‘zining ifodasini topdi. Rassomlar qurilishlarda bo‘lib u yerdagi hayot bilan yaqindan tanishdilar, shular asosida rasmlar ishladilar, jasoratli kishilarning portretlar, kolxozChilar hayotiga bag‘ishlangan kompozitsiyalar yaratdilar. Jumladan M.Novikov, R.Timurov kanal qurilishi haqidagi asarlari, N.Karaxanning paxta Chopig‘i, bo‘g‘doy yig‘imiga bag‘ishlangan asarlari shu davrning maxsulidir. P.Ben`kov ning bu yillarda yaratgan asarlari mungli o‘yChanlik hukm suradi. Asar koloritida bo‘g‘iq kumish rang gammasi yetakChilik qiladi. "O‘tmish" 1944, "Ko‘zgi hovli" 1944 kabi asarlarida psixologiyasida o‘zgarishlarni, davr ruhining undagi aksin ko‘ramiz. Rasm. P.Ben`kov."O‘tmish" 1944, Ben`kovning 40 yillar o‘rtalaridan yaratgan asarlarida asta yana kuvonCh tuyg‘ulari o‘z o‘rinini egallab bordi. Bahorning yorqin kuyoshi, bahorning nozik yashil maysasi asarlariga shu ruhni kiritabordi. "Yana ona Vatan-da" 1944, asarining yorqin koloriti shu yangi o‘zgarishlar natijasi edi.

Urush yillari manzara, natyurmort janrlarida ham davr ruhi o‘z ifodasini topdi. Rojdestvenskiyning «BirinChi may ko‘Chasi.1941 yil». Rasm. asaridagi ekspressiv yozuv davrning dramatik xolatini oChishga qaratilgan bo‘lsa. V.Ufimtsev natyurmortlarida harbiy qurol davr xolati va mazmunini yoritishga xizmat qiladi. Urushdan keyingi yillar asar yaratish tamoyillari urush yillari hikoyanavislik uslubini davomida o‘z aksini topdi. san’atning g‘oyaviy tomoni sotsialistik realizm asosini tashkil etdi va hikoyanavis, birodarlik an’analari ruhida ishlangan asarlar yetakChi o‘rinni egalladi. Bu xususiyat tasviriy san’atning hamma tur va janrda mavjud bo‘lsa ham, lekin maishiy janrda sezilarli edi.

Urushdan keyingi yillar o‘zbek san’atining dastlabki yutuq va izlanishlari portret va manzara janrida paydo bo‘ldi. San’atkorlarning hayotga, odamlarga bo‘lgan hurmat va e’tibori, shaxsiy keChinmalari shu janrdagi asarlarda o‘z ifodasini topdi. SHu yillarda A.Volkov, P.Ben`kov, N.Kashina, Z.M.Kovalevskaya to‘laqonli. Chuqur muloxazali, plastik yeChimi e’tiborli asarlarni yaratdilar. SHu yillarda tarixiy shaxslar portretda asarlarni yaratishga e’tibor ortdi. SHu yillardan portret san’atida maxalliy rassomlar faol ijod qilib uni yangi g‘oyaviy plastik mazmun bilan boyitdilar. SHunday rassomlardan biri SHamsiro‘y Xasanova (1917--53) 1940 yillardan boshlab tarixiy portretga murojaat qilaboshladi. Uning Zebuniso-begim, shoira Nodirabegim, SHoira Uvaysiy, Mutrabo portreti va b. uning kompozitsion tuzilishi, koloritining go‘zalligi va Chiziq plastikasining ifodaliligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa qashqarli shoira Mutrabo portreti o‘zining shaftoli gulidek nozik, billurdek tiniq rangi, Chiziqlarining musiqaviyligi bilan ajralib turadi shu davrda ishlangan ishlar orasida ajralib turadi. bu asarida SH.Xasanova sharq miniatyura va mahobatli devoriy rassomlik san’ati an’analarini yevropa realistik san’ati an’analarini uyg‘unlashtirishga intilib o‘ziga xos yangi plastik yeChimga erishgan.

Insonning manaviy boy olamidan hayratlanish. Monumental san’at rivojlanish bosqiChiga o‘tdi. CH.Axmarov ijodidauning ilk namunasi yaratildi. Me’morlik san’ati yutuqlari SHChusev, A.Bobaxonov, M.Bulatov va b. yetuk asarlarida namoyon bo‘ldi. 50-yillar san’ati. 50 yillar zamonaviy o‘zbek san’atining yangi davrga qtish uChun dastlabki qamal toshini qo‘yilish davri bo‘ldi. Bu yillarda rassomlar o‘z izlanishlarini nihoyasiga yetkazib yangi bosqiChga qadam qo‘ya boshladilar. Eng tmuximi rassomlar professiongal jihatidan o‘sib ijod samarasini xis eta boshlagan bo‘lsalar ikkinChi tomonda shu yillarda akademik ta’lim olib qaytgan san’atkorlarning katta guruxini kirib kelishi bo‘ldi….. 50 yillarning ikkinChi yarmidan.V.Fadeev samarali ijod qildi. Iliq yumor va tasvirlanuvChini mexr bilan tasvirlangan janrli portretlarini yaratdi. Ulari o‘zining ishlanishi va asarlarining mazmundorligi bilan ajralib turadi. Rassom tasvirlanuvChining ruhiy xolatini yuksak mahorat bilan ko‘rsatadi. «Duradgor portreti», 1954, "Zulin buva portreti 1958 ,"Korovul ayol" asarlari iliq yumor bilan sug‘orilgan. Qo‘lida miltiq ushlagan holda tevarakka sergak boqib, omonat taxlab qo‘yilgan yashiklar ustida o‘tirishida, yengil mexr va yumor singdirilgan. U hozirgina Choy ho‘plab, o‘z o‘y hayoli bilan band bo‘lib o‘tirganu, e`tiborini yon tomonda biror narsa Chalg‘itgandek, shuning uChun u o‘sha tomonga diqqkat bilan tikilib qolgan. Obraz kompozitsion yeChimining tabiiyligi va hayotiyligi, ishlanish mahoratining yuksakligi asarga betakror ruh kiritgan va uni ta’sirChanligini oshirgan.



Manzara shu yillarga kelib uning o‘ziga xos tomonlari namoyon bo‘laboshladi. Rassomlar boshqa janr vakllaridan avvalroq shu san’atda o‘zlarining intim lirik kayfiyatlarini ,xissiy keChinmalarini ifodalay boshladilar SHunday yutuqlar O.Tatevosyan, A.Volkov, M.Novikov Tansiqboev,Qoraxon,R.Timurov, A.Roziqov kabi ijodkorlar asarlarda ko‘rina boshladi va mukammallikka erishdi. Tansiqboev urushdan keyingi dastlabki yillarda ko‘proq kolxoz hayotiga bog‘ishtlangan asarlar yaratdi. “Tog‘dagi kolxoz” 1949, “Peshin. Ovqat payti “ 1949, «GuruCh ekadiga kolxozda» 1949., asarlarida hayotiy voqealarga keng o‘rin berilgan. 40 –yillar oxri 50- yitllarning boshlaridan rassom ijodida manzara janri yetakChi o‘ringa Chiqa boshladi. Uning «G‘o‘za sug‘orish», «O‘zbekistonda bahor», kabi asarlarda hayotiy voqealarga keng o‘rin berilgan bo‘lsa ham lekin asar g‘oyaviy mazmunini tabiat ko‘rinishi o‘z ustiga oladi. Rassom bu asarlarida tabiatning ertalabki jonlanishi paytini mahorat bilan tasvirlaydi. Bu davrdan boshlab rassom ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan muhim voqea va xodisalarni ham manzara janrida aks ettirishga, ona yurt obrazini yaratishga harakat qila boshlaydi va bu borada yutuqlarni qo‘lga kiritib manzara rassomChiligida taniqli ijodkorlardan biriga aylandi.Liro-epik planda manzarlar ishlaydigan rassom sifatida taniladi. Tansiqboev 1951 yilda yaratgan «Jonajon o‘lka” asarida O‘zbekiston go‘zalligini, unda tinCh, yaratuvChilik ishtiyoqi bilan mehnat qilayotgan hayotini ko‘rsatadi. Asarning yorqin koloriti, nur va havoga to‘la kompozitsiya va eng muhimi voqelikni yangiCha talqin etishi asarga alohida jaziba kiritadi. Rassomning “Jonajon o‘lka» asari manzara rassomChiligida yurtning badiy obrazini yaratish borasidagi harakatining dastlabki bosqiChi bo‘ldi. Bu asar shu davr san’atida mavjud bo‘lgan hikoyanavislikdan xoli emas. Xaddan tashqari mayda detallarga e`tibor berganligi, asar koloritida yaxlitlik yetishmasligi ko‘zga tashlansa ham, lekin o‘sha yillar o‘zbek manzara janri uChun katta yutuq edi. SHu davrdan boshlab uning mavzusi yanada kengayib boradi. O‘rta Osiyo manzaralari, uning bog‘u rog‘larining go‘zalligi rassom asarlarida o‘z aksini topa boshlaydi. “Issiq ko‘lda oqshom” , «Tog‘dagi yaylov», “Tog‘da kuz” va b. 50-yillarning o‘rtalaridan boshlab rassom asarlarida rang, asar koloriti avvalgilarga qaraganda yorqinlashib asar ta`sir kuChini oshirib bordi. 50 – yillardan O‘zbekistonda va umuman Mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlarida katta qurilish ishlari olib borildi, yirik inshooatlar barpo etildi, asrlar bo‘yi qaqrab yotgan Cho‘llarga suv Chiqarildi, yangi shaharlar barpo etildi. Rassom ijodida inson mehnati bilan o‘zgarb borayotgan tabiat ko‘rinshlari o‘z ifodasini topdi. Rassom industrial manzara borasida mehnat qilar ekan shu borada yaratilgan yutuqlarni umumlashtirgan xolda yangi yerlarni o‘zlashtirish mavzusiga murojat qiladi. 1957 yili yaratgan «Qayroqqum GESida tong» asari industrial manzarada yaratilgan eng yaxshi asarlardan hisoblanadi . Unda kishilarning mehnati bilan yaratilayotgan to‘g‘on orqali yangi qo‘riq yerlarni o‘zlashtirayotgani, suv Chiqarayotgan xalqning jasoratini ko‘rsatadi. Asarning muhim tomoni shundaki rassom industrial ob`ekt ko‘rinishini ishlash bilan Chegaralanmay tasvirlanayotgan ob`ektdan go‘zallik topishga intiladi. O‘rinli topilgan kompozitsiya va nozik rang tizimi asarga alohida joziba beradi. Ular sahar paytidagi yengil shabadasi zavqini kishi qalbiga olib kiradi. Tansiqboevning «Qayroqqum GESida tong” asari Xalqaro ko‘rgazmalarda ko‘mish va bronza medallari bilan taqdirlandi.

N.Koroxon ijodida obraz yaratish, hikoyanavislik ko‘Chaydi. «Jonajon o‘lka»(1948) «Qadirdon dallalar» primitiv san’at ta’siri kuChli. Rasm.N.Koroxon «Jonajon o‘lka»(1948)

50-yillardan boshlab tog‘ manzararasi yetakChi o‘ringa shu borada o‘zining yetuk asarlarini yaratib manzaraChi safatida tanildi. «Tog‘da oqshom» () , «Gullayotgan vodiy»( ), «Oltin ko‘z »(1961), «Tog‘da ko‘z» (), «Oltin simfoniya» (1962) yil va boshqalar. ),

Timurovning urushdan keyingi yillarida yaratgan asarlari ko‘proq Samarqandga bag‘ishlangan. Uning gulga o‘ralgan ajoyib tabiati, shu tabiat qo‘ynida sukut saqlab yotgan noyob obidalari, o‘z yumushlari bilan band odamlar bu yillarda yaratgan asarlarining mazmunini tashkil etadi. Rassomning manzaraChilikdagi mahorati ham o‘sadi. U tabiatning turli paytdagi holatlari-bo‘lutli kunlarning nam havosi, borliqni harakatga keltiradigan shamol qudrati, uyg‘onib kelayotgan tabiatning o‘ziga xos tomonlarini ustalik bilan oChib beradi. “Samarqand bog‘lari” (1951, DSM), “Bulutli kun” (1951, Buxoro o‘lkani o‘rganish muzeyi). Asta rassom lirik kayfiyatni berish hayot to‘risidagi falsafiy o‘y dunyoqarash larini lirik talqin etuvChi lirik manzara ustasiga aylanib bordi. Uning “Ulug‘bek madrasasi. “Bahor” (1957), Bibixonim maydoni oldida», “Samarqand” (1958.DSM) kabi asarlarda ko‘rish mumkin.



Ashraf Roziqov rassomlik mahorati urushdan keyingi yillarda oChildi. Bu yillardan boshlab manzara janrida faol ijod qilib o‘z harakteri jihatdan syujetli manzaralarga o‘xshash etyudlar ishladi. Gul va yashilga boy o‘zbek hovlilari uning qator asarlarining mazmunini tashkil etdi. Bu rasmlarning ishlashda ustozi P.P Ben`kovning ta`siri sezilarlidir. Gap shundaki , markaziy Osiyoning tabiati , shakl va ranglarga boy memorChilik obidalari doim gullash va rivojlanishda bo‘lgan tabiati P.P.Ben`kov uChun bitmas - uganmas ijod manbaidir. SHuning uChun u tabiat qo‘ynida bo‘lib uning qaytarilmas shu jozibalarning o‘z asarlarida aks ettirishga shoshiladi. Roziqovlar hovlisi Ben`kov uChun, ijodiy izlanishlari uChun ma`qul bo‘lgandan, shu yerda bir qanCha vaqt rasm ishlashga sabab bo‘ldi. Ben`kovning bu yerdagi mehnati rassom Roziqovga ta`sir etmay qolmadi, u o‘z ustozi yonida turib, rasmlar ishladi. Ana shu yillarda Roziqov ijodida o‘zbek hovlisi turkumida qator kompozitsiyalar vujudga keldi. Bular iChida o‘zbek hovlisi , Hovli , Ben`kov etyud ishlamoqda, kabi asarlar yaratdi . SHuningdek shu davrdan boshlab Samarqand obidalari , uning nur va quyoshga to‘la serfayz ko‘Chalari va maydonlari rassom asarlarida o‘z aksini topa boshladi. Roziqovning HovliChalari da so‘zsiz Ben`kov ta`siri seziladi ,bu xol mavzu tanlashida erkin rang surmalarining dadil ishlatishida ko‘zga tashlanadi. Rassom rang nisbatlarini, nozik xis qiladi , rangning boy psixologik imkoniyatlardan ustalik bilan foydalanishi asarlariga alohida joziba beradi. Urushdan keyingi yillar manzaraChi rassom M.Novikov uChun ham samarali bo‘ldi. «Ko‘z»1950, «Bahor»1953, «Anxor bo‘yida»1953, «Yangi Toshkent» asarlar turkumi, «Hukmat uyi», A.Navoiy yodgorligi oldida», «PayafzalChilar fabrikasi» va b. rassom manzarada sevimli shahri Toshkent so‘lim bog‘lari, me’moriy obidalarini mehr bilan tasvirlaydi. Mayin rang tizimi asarlariga alohida mazmun baxsh etib lirik tuyg‘ular bilan boyitadi.


Download 13,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish