Kitob grafikasi. Urush yillarida kitob grafikasi birmunCha cusayib hajm jihatidan katta bo‘lmagan kitob va risolalarda rassom mehnati o‘z ifodasini topdi. Kitob grafikada ishlagan rasmlar harakteri jihatidan plkatga yaqinlashib ketadi. Rassomlar kitob muqovasiga e’tibor berdilar. Harf, ramziy belgi va obrazlar, rang imkoniyatlaridan foydalanib davr ruhiga loyiq kitob bezagi yaratdilar. Ko‘pgina kitoblar yumshoq muqovali qilib ilyustratsiyalarsiz nashr etildi. Illyustratsiyalik kitoblarda esa realistik uslub yetakChi o‘rinni egallaydi. Rassomlar avvalgidek kitobning eng kul`minatsion joylariga rasm ishlash va illyustratsiya g‘oyasini oChishda qo‘l, gavda, mimik harakatlardan foydalanish, voqeani real muhitda aks ettirishga intiladilar. SHu yillarda bevosita kuzatish yoki naturadan ishlangan suratlar asosida illyustratsiyalar yaratishga intilish fazilatlari ishlangan illyustratsiyalarga davr ruhi kiritgan. Ayniqsa jang voqealari aks ettirishga bag‘ishlangan rasmlarda shu uslub qo‘l kelib ularni ishonChli va hayotiy ko‘rinishiga xizmat qildi. 40-yillardan Iskandar Ikromov ijodning kamolat Chuqqilariga ko‘tarila boshladi. Milliy o‘ziga xos kitob bezak va illyustratsiyalar yaratdi. Rassom milliy kitob bezatish san’ati an’analari hamda yangi davr kitob grafikasining izlanishlaridan ijodiy foydalanib o‘ziga xos original asarlar yaratishga muyassar bo‘ldi. SHu o‘rinda uning Alisher Navoiyning “Layli va Majnun" kitobiga ishlagan muqovasi (1941) harakterli.
Rasm...
Rassom milliy kitob muqovalash san’ati an’analariga sodiq xolda asar yaratdi. Bu asarida yozuv va milliy naqshlar asosida o‘ziga xos muqova yaratilgan. I.Lejnevning "Gitler haqida afsona" kitobi uChun ishlangan yozuv, Chiziq va tomayotan qon tasviri orqali kitob mazmuni oChiladi. Ikromov bu yillarda tabiat ko‘rinishi va gullayotgan daraxt shohlari unsurlarini o‘zbek naqshi bilan qo‘shib kompozitsiyalar ishlaydi. Ko‘pinCha ko‘k rang asarlari koloritini tashkil etadi. . Mushel`ning "Safara" romaniga (1941), Yu.Fortunetovning "Bahor kunlari" (1943) qo‘shig‘i uChun ishlagan bezak va ilyustratsiyalari o‘zining shoirona badiiy yeChimi bilan esda koladi. Jumladan, "Safara" uChun tanlangan milliy naqsh va bahor gullari tasviri uyg‘unlikda romanning optimistik ruhini namoyon etadi.
Urush yillari tabiat, Vatan mavzusi ko‘pgina san’atkorlarni o‘ziga jalb etdi. Bu bejiz emas. Tabiat, Vatan tasviri aks etgan manzaralarni Vatanidan uzoq yurtlarda jang qilayotgan jangChilar sevinCh va sog‘inish yoshlari bilan qarshi oldilar. SHuni Chuqur xis etgan rassomlar o‘z asarlarida, kitob bezagi va ilyustratsiyalarda tabiat ko‘rinishlarini shoirona talqin etdilar. Gullayotgan daraxt shohlari, bepayon kir va dalalar, osmon o‘par tog‘u, shoshqin daryolar rassomlar ijodidan keng o‘rinni egalladi. Zafar Diyorning "Muborak" (1941) "Bizning oila" (1942), Bolalar uChun yozilgan "ArCha" kitoblarida shunday bezak va ilyustratsiyalar o‘rin olgan.
Urush yillari Usta Mo‘min (A.Nikolaev) yaratgan «X1X» asr oxiri XX asr boshlarida Toshkent xalq milliy kiyimlari» (1943) al`bomi suratlar bevosita naturadan ishlangan. Ularda kiChik yoshdan kariyagaCha, qizu-juvonlarning liboslari, bosh kiyimlari tasvirlangan. Dokumental aniqlikda ishlangan bu suratlarda kiyimlarning mazmuni, «xujayin» va «fuqaro» kiyimlarining harakteri, tikilishi yoritiladi. Suratlarning ko‘pChiligiga o‘zining yengil yokimli yeChimi, Chizik va faktura go‘zalligi bilan yaxshi taasurot koldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |