XX asrning 60-80 yillari me`morligi. 60-80 yillar o‘zbek me’morligi rivojining yangi bosqiChi bo‘ldi. 1960 yillarning boshida respublikamiz me’morChiligi uslubida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Hashamdorlikdan soddalikka, ma’nodor dekorativlikka o‘tildi.Bu yillarda yangi shaharlar yuzaga keldi. Toshkent va boshqa shaharlarning bosh reja asosida qayta ko‘rib Chiqildi. Qishloqlarda shahar tipidagi posyolkalar qurish, ularda kommunikatsiyadan foydalanish masalasiga e’tibor berildi. Navoiy shahri me’morlik majmuasi, CHirChiq, Olmaliq, Oxongaron shaharlari, Toshkentdagi qator me’moriy majmualar shu davrda yuzaga keldi. Ayniqsa 1966 yili Toshkenit zilzilasidan keyin shahar deyarli qayta tiklandi. SHu yillardan boshlab shaharda temir-biton, pishiq g‘ishtdan ko‘pgina binolar bunyod etildi. Toshkentdagi Xalqlar Do‘stligi saroyi shunday yodgorliklardan. Rasm. Toshkent shahrining bosh me’mori S.R.Odilov rahbarligidagi amalga oshirilgan mazkur loyixa oppoq marmar quyosh nurida jilolanib ko‘kka otilayotgan o‘nlab favvoralar o‘rtasidagi pillapoyalardan ohista saroy eshiklari tomon ko‘tarilib ulug‘vor go‘zallik tuyg‘ularini ifodalaydi. Marmar va granitdan zamonaviy ruhda sayqal berilgan bino qurilishida xalq ustalari uning iChki va tashqi tomoniga o‘ziga xos ko‘rinish baxsh etadi.
Bu yillarda barpo etilgan Matbuot uyi, Yoshlar uyi va boshqa eng zamonaviy binolar ham davr izlanishlarini o‘zida ifoda etgan. Zamonaviy arxitekturaning yorqin namunasini O‘zbekiston xalqlar tarixi muzeyi, «O‘zbekiston» mehmonxonasi, SHon shuxrat muzeyi, tsirk binolaridir Bu inshootlarda rel`efdan, o‘yma naqshlardan amaliy san’at bezaklaridan unumli foydalangan. Respublikamizda shahar qurilishining muhim bir masalasi tarixiy yodgorliklar bilan zamonaviy qurilishning uyg‘unligini ta’minlashdir. O‘zbekiston hududidagi jahonga mashhur me’moriy yodgorliklar joylashgan. Toshkentning CHorsu maydonidagi Ko‘kaldosh madrasasi arxitektura yodgorligi u CHorsu mehmonxonasining baland qiyofasi hamda ulkan ko‘rishnishdagi bosh savdo do‘koni binolari bilan kontrastlikda O‘rta Osiyo shahar qurilishning harakterli xususiyatini tashkil etgan.
Me’morChilik san’ati jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqiyotiga qarab o‘zgarb boradi.
Toshkentning diqqatga sazovor joylaridan biri Xadraga joylashgan tsirk binosida eski arxitektura yodgorliklari uslublari mujassamlangan.Rasm Toshkent tsirkida amaliy san’at va dekorativlik bezaklaridan foydalanilgan. Toshkentda qurilgan temir yo‘l vokzalining loyixasi o‘zining keskin lo‘ndaligi bilan ajralib turadi.
1966 yil Toshkent zilzilasidan keyin Toshkentni qayta tiklash yillarida planlashtirish va qurilish usullari, qurilish sanoatlarining yangi yutuqlari sinab ko‘rildi. Turar joy qurilishda «erkin plantashtirish» usuli keng tarqaldi. Bu usuldagi qurilishlar birinChi marotaba Toshkentning janubiy-garbiy tomonidan joylashgan, ko‘zga ko‘ringan CHilonzor rayonida boshlangan edi. Bu yerda 300 ming kishi joylashgan 26 kvartaldan iborat 4-5 va 9 etajli binolar qad ko‘targan. YalangoCh, Qoraqamish, SHimoliy-sharq Qo‘yliq, Sirg‘ali kabi mikrorayonlar qurilishi CHilonzor tajribasi izidan bordi .
Bu o‘rganilayotgan davrning muhim yodgorligi so‘zsiz Toshkentda qurilgan Toshkent metropolitenidir.Rasm. Marmar, bronzalar bilan ishlangan, o‘ymakorlik naqsh rangli naqshlar bilan bezatilgan. Bu yillarda respublika viloyatlarida ham qator muhim ob’ektlar qurib bitkazildi. Navoiy shahri me’morlik majmuasi, CHirChiq, Olmaota, Oxangaron shaharlari rivojlanib bugungi ko‘rinishini oldi.
Bu yillarda keng ko‘lamda Cho‘lni o‘zlashtirish ishlari amalga oshirildi, kanal, ariqlar qurildi CHo‘l qo‘ynida yangi bog‘u-roglar barpo etildi. SHaharlar paydo bo‘ldi. SHunday qurilishlardan biri Navoiy shahridir. Bu yerlarda zamonaviy binolar barpo etildi. Ajoyib hiyobonu-istirohat bog‘lari dunyoga keldi. Navoiy shahrining markazida esa afsonaviy qaxramon haykali o‘rnatilgan. U qoyalarni Chopib Cho‘lga suv Chiqarayotgani tavirlangan. SHu yerning o‘zida O‘zbekistonnning uCh daryosini Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon ramzi bo‘lgan ko‘za va suvdon ko‘tarib turgan qizlar tasviri hamda og‘zidan suv otilib Chiqayotgan ajdarlar haykali shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan, shaharga faqat fayz kiritib kolmay ko‘rimli va eng muhim xavoni yoqimli va salqin bo‘lishini ta’minlagan. Rasm. Bu haykalni Petrburgli haykaltarosh Svinin ishlagan. 60-80- yillarda Qoraqalpogiston Respublikasida ham sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ko‘pvaqtli turar joy binolar, yangi pasyolkalar, ma’muriy-madaniy binolar qad ko‘tardi. Nukusdagi Berdax nomidagi musiqali drama teatri, mexmonxona va ma’muriy binolar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |