60-80 yillarda grafika: Bu san’at ham davr izlanishlaridan Chekada qolmadi. Dastlab unda realistik yo‘nalish yetakChilik qilib tasvirlanuvChining ma’naviy dunyosini yoritishga intilish kuChliligi seziladi. Bu yillarda gravyura san`atiga e`tibor ortib uning janrlar rangbarangligi bilan harakterlanadi. Syujetli kompozitsiya, manzara, portret, natyurmort janrlarida yaratilgan grafik asarlar o‘zining kasbiy mahorat va borliq hamda ifoda vositalarini yangiCha estetik idrok etilishi va ta’riflanishi bilan ajralib turadi. SHu yillarda linogravyura (qora va rangli) keng yoyildi, ofort, mopotipiya, avtolitografiya texnikasida asarlarning yaratildi. 60 yillaring o‘rtalarida dekorativ estamiga qiziqish paydo bo‘ldi, fakturaga e`tibor ortdi. QalamChizgi va rasmlar ko‘pChilikni o‘ziga jalb etaboshladi. Bu yillardan boshlab an’anaviy grafika uslublari – tonal`, qora akvarelda rasm ishlashga qiziqish susaya boshladi. O‘rnini katta formatli, turkumli asarlar egallay boshladi.
Grafikaga qiziqishning ortishi uning ifoda vositalari, obrazli plastik yeChim problemalarini ham muxim muammolarga aylantirdi. San’at turlari ham yangilanish davriga o‘ta bordri. Muhimi bu davrdan boshlab ijodkor erkinligi masalasi ko‘tarilgan sari ishlangan ijodkorlar asarlarida uslubiy rangbaranglik orta bordi. Bir tomodan Yevropa klassik san’at an’analari, ijodkorlar tomanidan qabul qilingan holda shu bilan birga milliy san’at an’analari, jahon demokratik san’at asoslari ham keng o‘zlashtirila boshladi. X1X asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo‘lgan avangard yo‘nalishi bu yillarga kelib o‘z umrining yangi davrini boshladi, to‘gri bu keyingi yo‘nalish e’tirof etilmasa ham, uning ijodkorlari rasmiy hokimiyat tomonidan ta’qib etilsa ham lekin u asta rivojlanib san’at tarixida o‘z mavheini mustahkamlab bordi. 1960 yillar san’ati xususida gap ketganda «jiddiy uslub» (suroviy stil`) ko‘proq eslandi. Bu bejiz emas. CHunki ayni shu uslubda san’atning ham plastik ham goyaviy yangiligi sezilarli bo‘ldi. Kundalik voqelikni romantik ruxda idrok etish, umumlashma tipik holatlarni topishga harakat qilish, kundalik turmushdagi davr mazmunini ko‘rsatishga intilish bu yangilanish davri san’atidagi yangi ruhni, yangi hissiyotni paydo bo‘laboshlaganiga ko‘rsatadi. 60 yillarda grafika san’atida avvalgidek an’anaviy grafika uslublari – tonal` surat, qora akvarelda rasm ishlash uslublariga qaziqish ishtiyoqi kamaya borib estampga qiziqish ortdi. Yoshu qari shu texnikani o‘zlashtirishni o‘ziga ep ko‘rdi. Linogravyuraga qiziqish CHiganov, Yu.Strel`nikov ijodida linogravyuraning badiiy imkoniyatlarini keng ko‘lamda o‘rganish dastlab aloqida alohida grafik asar kompozitsiyalardan turkum grafik asarlar yaratishga o‘taboshladilar.
SHu texnikada K.Basharov ijodiy izlanishda bo‘ldi. Rassom ishlatayotgan Chiziqlar nafosati, obraz siluetining yaxlitligi uning ishlariga alohida o‘ziga xos fayz baxsh etadi. "Uzum yigish" (1967) asaridagi qiz obrazida shoirona ulugvor obrazni yaratadi. Asarning badiy yaxlit yeChimi voqelikni kundalik turmush mayda Chuydalaridan holi qilib unga Chuqur badiylik kiritadi.
Rassom borliq voqealari va hayoliy tasavvurlarini tantanali ko‘tarinki ruhda tasvirlashi uning ishlarining harakterli tomonini belgilaydi. uning asarlari ham ertaksimon xam hayotiydek idrok etiladi. Uning « Xalq o‘yinlari» asarida rassom milliy xalq turmush tarzini ifodalaydi. Oddiy xalqning fe’l atvori, kayfiyatini ular hatti-harakatini orqali aks etiradi. Asarning ifodali uChun har bir obrazni qatiy kontur Chizigi bilan belgilash ham xissini qo‘shadi.
K.Basharovning «Paxta barami» asarlar turkumida milliy Cholgu asboblari ritmida raqsga tushayotgan o‘zbek qizi timsolida shodlik va bayram mavzusini ifodalanadi. Rassom gravyuraning turli formalarida ijod qildi. Tarixi va maishiy mavzu,portret borasida ham qator asarlar yaratdi. 60 yillar o‘rtalaridan boshlab estamga bo‘lgan qiziish susaya boshladi.
Endilakda estamiga qiziqish o‘rnini qalami (qalam surat), akvarel’, tempera egallay boshladi. Bular yaratilgan obraz tizimining murakkablashib borishini ta’minladi.Endilakda yana bir muhim narsa ko‘p qirrali ko‘p qatlamli obrazlarga qiziqash ortdi.Bu fazilat deyarli hamma rassomlari ijodida sezilarli bo‘ldi. Dastgoh grafikada turkumli asarlar, grafik kompozitsiyalar, kitob bezak va illyustratsiyalari hamda eksbrislari M.Kagarov ijodida o‘z ifodasini topdi. Uning «Mening do‘stlarim», «Sevimli jonajon o‘lka», «O‘zbekiston oq oltini», «Avtoportret», «Sport, sport, sport» kabi asarlar turkumi bilan grafikaga kirib keldi. Uning ilk asarlari 1967 yili Xiva bo‘ylab qilgan safari paytida paydo bo‘lgan. Uning «Xiva taassurotlari» grafik asarlar turkumi voqelikni aniq, talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Kagarov linogravyura, ofort, litografiya, ksilografiya bilan shugullanib shularning har birida o‘ziga xos, yorqin grafik asarlar yaratgan. Agar uning ilk asarlarida rassom xalq voqelikni realistik, birmunCha naturalistik talqin etgan bo‘lsa, «Men yashaydigan uy» asarlar turkumida u asta yangi kompozitsiya va faktura imkoniyatlarini izlashi seziladi. U fazoviy kenglikni erkin, kompozitsiya esa ko‘p syujetli ko‘rinish kashf etaboshladi. U tasvir ishlaganda fazo va vaqt masalasini erkin ishlatib birneCha bir-biridan vaqt jihatidan uzoq bo‘lgan hayotiy lavhalar bir tekislikda o‘z ifodasini topaboshlaydi. Masalan, «Mening uyim» grafik asarlarida rassom uy devorlarini shaffof, tiniq oynadek tasavvur qilgan holda, uning iChidagi bo‘layotgan voqealarni tashqaridagi muhit, tabiat bilan uygunlikda talqin etadi. Bu bejiz emas edi. 60 yillarning oxiri 70 yillarda o‘zbek grafikasida ramziy, simvolik, allegorik obrazlar orqali fikr bayon etishga intilish, sezilarli bo‘laboshladi. Rassomlar xalq san’ati, lubok san’ati uslub va priyomlaridan ijodiy foydalanaboshladilar. Kagarov ham davr talabi asosida yangiCha uslub va priyomlar topishga intilib turli formalar imkoniyatining emotsional tomonini hisobga olib kompozitsiyalar yarataboshladi. Uning «Men yashaydigan uy» asarida ana shu fazilat boshlangan bo‘lsa, keyingi yillarda yaratilgan shu fazilatlar yanada aniq ko‘rinaboshladi. Uning "«yil faslari"» "«Avtobiografiya 1» avtolitografiyalarida ana shu xislatlar yanada yaqqol ko‘rindi. Avtobiografiya 15 varaqdan iborat bo‘lib unda o‘zining yoshligi, otasining urushga ketishi va qaytishi hikoya qilinadi. Bu turkum asarlar bir-biri bilan qo‘shilib ketayotgan bir qanCha syujetlarning birlashmasidan tashkil topgan kompozitsiyani tashkil etadi. Rassom yoshlik yillarini eslash, xotirlash, taassurot zamirida shu kompozitsiyani ishlaydi.
Rassom ana shu taaassurotlar aralashib ketayotgan, bir-birini almashtirayotgan, yirik va mayda masshtablar qaytarilishi orqali o‘ziga xos kompozitsiya yaratadi. Rassomning ana shu kompozitsiya yaratish printsiplari uning «Mening jangovor do‘stlarim»(1975) grafik asarlar turkumida yanada aniq ko‘rinadi. Bu turkum besh varaqdan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri urush yillarida mashhur bo‘lgan kishilar nomi bilan ataladi. Ularning har birida inson hayotida qo‘shiq o‘rni kuylangani holda asar murakkab fazoviy tekstlik, vaqt va zamon qorishmalari Chegarasida o‘ziga xos ravishda falsafiy mushohada yuritadi. Kagarov gravyura ustida ish olib borar ekan uning murakkab turlari sirlarini ham o‘zlashtiraboshlaydi. Rangli litografiyalar ustida ham ish yuritaboshlaydi. Kagarov «Jonjon o‘lka» asarlari turkumi aralash texnikada ishlangan.
60- 80- yillarda respublikaning ko‘pgina shaharlarida ham grafik rassomlar samarali mehnat qildilar. Akvarel texnikasidagi Georgiy SHevyakov, Konstantin CHeprakovlar asarlari o‘zida davr izlanishlarini namoyon etdi. Bahavo. Rangga boy manzaralari muzey ekspozitsiyalaridan o‘rnini egalladi.Bu davrda san’atga 60 yillarda kirib kelgan rassomlar ham yangi plastik g‘oyalar bilan bu san’atni boyitdilar SHunday rassomlardan biri Marat Sodiqov grafikaning yangi assotsiativ imkoniyatlar oChishga intilib tanildi. U o‘z tengdoshlari singari klassik grafika an’analariga murojaat qiladi. Petrov-Vodkin, goh Mayakoskiy grafikalarini o‘rgandi, 20 yillar grafika an’analarini ishga solishga intiladi. 70 yillarda yaratgan grafik varaqalarida O‘zbekistonning qurilishlari aks ettiriladi. Geometrik shakllari aniq qilib ishlangan asar kompozitsiyasi lirik-poetik kayfiyati bilan xarakterlanadi. Uning «Gazli» grafik asarlari turkumi, Navoiy ximiya kambinatiga bagishlangan grafik asarlari (1974) shu xususiyat ko‘rinadi.60-80 yillarda xajviy jurnal grafikasi o‘zining yangi rivojlanish davrini boshidan keChirdi.B.Jukov,N.Leushin, D.Sinitskiy, A CHetkauskas, keyinroq kirib kelgan N. Ten. T.Muxamedovlarning xajviy rasmlari shu davr satirik grafika san’atining rangbarangligini belgilaydi. Bir tomondan XX asr grafikasi an’analariga sodiq xolda asar yaratish jarayonini kuzatilsa, ikkinChi tomonda unga yangi plastik g‘oyalar kiritish, milliy san’at an’analari, birinChi galda miniatyura san’ati uslublaridan foydalanib asar yaratishga intilish shu san’atda samarali yakun topdi. Bu yeChimda toshkentli rassom Telman Muxamedov (1935-1976) katta yutuqlarga erishdi. Rassom 60 yillar oxiridan grafikada xajviy rasmlar, kitob bezaklari va muqovalariga tavirlar ishlashdan boshlab munaqqidlar diqqatini o‘ziga qaratdi. Uning G.Gulomning «SHum bola» kitobiga ishlagan rasmlari yengil bir Chiziqli ishlash usuli, obrazlarining kulgili bo‘rttirilishi, kompozitsiyaning nihoyatda ixChamligi o‘quvChida favqulodda shu kitobni o‘qishga moyillik uygotadi. Tel`man Muxamedov o‘zbek xalqining urf –odatini, kiyinish va uy tutishi, xatto kishilarning kasbiga yarasha o‘zini qanday tutishini juda yaxshi bilar edi. Ana shu tufayli Gafur Gulomning mashhur «SHum bola» kitobiga ishlagan rasmlari kitob muallifining mazmuni va ruhi bilan ChambarChas uygunlashib ketgan. T.Muhammedov Xirot va SHeroz miniatyura san’atini Chuqur o‘rgandi. SHu an’analarda zamon ruhiga xos asarlar yaratdi. Uning shu uslubda ishlagan ishlari o‘zining yengil yumor bilan ishlaganligi, Chizilar plastikasining go‘zalligi, rang tizimining yoqimliligi bilan ajralib turadi. U har bir obrazni gratesk darajasiga ko‘targani holda ularning ruhiy holatini ishonarli talqin eta olishi bilan kishini hayratlantiradi. Rassom iste’dodi «O‘zbek xalq ertaklari»ga ishlangan (T., 1976,1980) illyustratsiyalarida, zastavka , kontsovkada yaqqol ko‘rinadi. «Farhod va SHirin», «Karnayli yigit», «Boy va batrak», «Mullaning boshi bormi», «Nosirkal» kabi ertaklarga Chizgan suratlari rassom ijodining yuksak Cho‘qqisidir. Rassom har bir tugal kompozitsiyasi uChun shunday detal va tavsilot beradimi bu uning har bir obraziga alohida ifodalilik va ruhiy tiniqlik bagishlaydi. Turli tip va xarakterlarning jonli galereyasi asarlarining muhim tomonidir. EpChil va mugombir, dono va ayyor Nasriddin afandi, ahmoq shoh dahshatli dev va pahlavon yigit obrazlari ularning ruhiy holatlarining talqini rassom asarlarining muhim tomonini belgilaydi, yengil tabassum uygotadi. , rassom mahoratiga tasannolar uygotadi. Uning zamonaviy mazmundagi xajviy rasmlari ham o‘zining ta’sirChangligi bilan esda qoladi.
60-80 yillar kitob grafikasi ham plastik g‘oyalarga boy. Rassomlar kitobning g‘oyaviy-tematik tomonidan kelib Chiqib unga teng keladigan plastik-poetik yeChim topishga harakat qilish tamoyillarining uning muhim tomonini tashkil etdi. Poetik talqin etish va plastik yeChim orqali kitob goyaviy-estetik tomonini yoritishga intilish, shu maqsadda milliy san’at, jahon san’ati an’analariga murojaat qilish, xalq san’ati formalaridan ijobiy foydalanish kabi tendentsiyalar shu davrning muhim izlanishlarining asosi bo‘lib qoldi. Kitob grafikasidagi muhim tomon eng avvalo texnik rangbarangligi, poligrafiya san’atining rivoji bilan bogliq holda bordi. SHuning uChun shu yillar kitob grafikasi haqida gapirganda kitobga uning mazmuniga rassomning munosabati, kitobning bezak va illyustratsiya Chizish muammolarini yaxlit xolda ko‘rishga intilishini hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu tendentsiya keksa avlod vakillari ijodida hamda san’at dunyosiga kirib kelayotgan yangi avlod vakillari ijodida ham ko‘rinarli edi. CHunki bu jarayon grafika san’atida vujudga kelgan va davrning ilmiy-texnik va estetik taraqqiyotining mahsuli edi. SHu xususiyatlarni Ivan Kiriakidi, Engr Ishoqov, Nizom Holiqov. Abduboqi Gulomov. O‘z faoliyatini «Mushtum» jurnalida boshlagan Abduboqi Gulomov ( 1949) 70 yillar kitob grafikasida o‘z asarlari bilan tanilaboshlandi. T.Muxamedovdan ta’sirlana boshlagan rassom CH.Axmarov, SHarqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzod ijodi bilan qiziqib tanishgan, Gulomov o‘tmish boy merosiga ijodiy yondoshib ularni zamon ruhi bilan boyita olishga erishdi.
80 yillar kitob grafikasi san’atida samarali mehnat qilayotgan rassomlar iChida I.Kiriakidi, G.Boymatov, G.Ashimova, A.Bobrov, T.Saydullaev, V.Apuxtin, A.Ponamarev, va boshqalar ijodiy qarashlarning rangbarangligi bilan o‘zbek kitob grafikasini yangi bosqiChi xarakterini belgilaydi. Ular yangi badiiy shakl konstruktsiya va texnik priemlarining topishiga intilayotganliklari sezilib turibdi. Bu izlanishlarning zaminida bir narsa – o‘zlarining shu voqealarga bo‘lgan estetik munosabatlarini bildirishga intilishlaridir.
A.Bobrov litografiyalari al`bom varagidagi xomaki Chizgi va hayotiy Chizmalar, qalamda ishlangan homaki Chizgilarni eslatadi. Kitobda tasvirlangan voqeani naturaning o‘ziga hayotiy lavha, portret va detallarni Chizishga o‘xshaydi.
60-80- yillarda plakat san’ati ham intensiv rivojlandi. SHu yillarda plakat san’atida rassomlarning katta guruhi mehnat qildi. Bular iChida faol ijod bilan shug‘ullangan A.Balkanov, F.Kagarov, V.Evenko, T.TkaChev, Maxotin, N.Ten, M.Kalinin, V.M.Gromiko, V.Dumkin kabi plakatChilarni alohida ko‘rsatish mumkin. 1958 yili tashkil etilgan «Jangovor qalam» tashkiloti xam shu san’at rivojida sezilarli iz qoldirdi.
60-80 yillar plakat va xajviy rasmlar san’atida tanilgan rassomlardan biri Farruh AbdullaeviCh Kagarov ( 1937 – 2000)ning xajviy rasmlari ijtimoiy hayotdagi illatlar - ko‘zbo‘yamaChilik, ishyoqmaslikni tanqid qiladi. Plakatlarining ko‘pChiligi esa tinChlik, do‘stlik, bunyodkorlik mavzusini qamrab olgan. Uning «Qurollanishga Chek qo‘yilsin», «Biz tinChlik istaymiz», «Tabiat sening jonajon uying» va b. o‘zining betakror kompozitsion yeChimi, tasvir vositalarining soddaligi bilan ajralib turadi. F.Kagarov o‘zbek plakat san’atiga uning spetsifik xususiyati badiiy shakllarida tezkorlik bilan ta’sir etish yorqin va kamso‘zlik fazilatlarini qaytargan san’atkorlardandir. Uning plakatlari lakonik, yozuvlar esa plakat kompozitsiyasi bilan uygunlashib uning ajralmas qismiga aylangan. «Biz tinChlik istaymiz», «Men fermada ishlayman», «Tabiat sening jonajon uying», «Bolalarga tinChlik» kabi plakatlari rang gammasi plakatlarining ta’sir doirasining kengaytiribgina qolmay balki bu rang garmoniyasining o‘zi kishini ma’lum maqsadga intilishga da’vat etadi. «Tabiat sening jonajon uyning» plakatidagi ranglar tizimi kishini tabiatning naqadar go‘zal ekanini yana bir bor his etishga, uni saqlab qolish uChun kurashishga Chaqiradi. 70-80 yillarda plakat san’atida sezilarli yutuqlarga erishildi. F.Kagarovning tinChlikka bagishlagan plakati xalqaro anjumanlarda nashr etildi. SHu yillarda samarali ijod qilgan Mixail Gromikoning shoirona plakatlaridagi nafis plastik yeChim, mavzuning begubor va mayin rang tizimi asarlariga o‘ziga xos joziba baxsh etib o‘zbek plakatChiligining davr uChun yetuk asarlari darajasida o‘rinni egalladi. Uning « Biz tinChlik istaymiz» plakatidagi ikki millat qizi va begubor uChrashuv va shu guzallikni oChiladi.
Bu yillarda Fargona, Samarqand, Quqon, Buxoro, Navoi, shaharlarida ham plakatChilarning katta guruhi yashab ijod qildi. 60-80 yillarda O‘zbekistonda katta qurilish ishlarining amalga oshirilishi va harbir qurilgan me’moriy majmuani san’at sinteziga e’tibor berilishi bu davr haykaltaroshli rivojida muhim o‘rinni egalladi. 60-80 yillarda me’morChilikda olib borilgan ishlar o‘zbek san’atida monumental shakllariga talabni oshirib yubordi. Respublika poytaxti- Toshkent , viloyat va tuman markazlaridagi bosh maydon, yirik hiyobon , ko‘Chalarga,korxona maydonlari tashkil etildi, u yerlarda siyosiy rahbar va madaniyat xodimlariga atab ko‘plab yodgorliklar o‘rnatildi. Toshkentdagi Pushkin maydoniga o‘rtanitgan Pushkin haykali (Haykaltarosh M.Aniqushin)Rasm., Jasorat maydonidagi haykal(xayk. D.RyabiChev).
Navoiy shahridagi Farxod va O‘zbekiston daryolari ramzi bo‘lgan qizlar haykali(xayk. V.Svinin), Rasm. Samarqanddagi M.Ulug‘bek haykali( Haykaltarosh M.Musaboev) Rasm. va boshqalarni shu davrning yodgorliklaridir, SHu yillarda ayniqsa, fashizm qurbonlari xotirasi uChun tashkil etilgan qabriston va maydonlarda ham ko‘plab yodgorliklar o‘rnatildi. Motamsaro ona, qo‘lida avtomat bilan turgan jangChi haykallari turli malakaga ega bo‘lgan haykaltaroshlar tomonidan bajarildi. Ularning ko‘pChiligi qizil kalendar kunlari va yubileylar arafasida shoshmashosharlik bilan bajarildiki bu narsa shu davrda yaratilga ko‘pgina haykallarini ko‘rinishi jihatidan ko‘rimsiz,ishlanish jihatidan bo‘sh, g‘oyaviy jihatidan o‘ta sayoz bo‘lishiga olib keldi. Ularning ko‘pChiligi keyinChalik olib tashlangan.
Bu yillarda dekorativ haykaltaroshlik ham samarali bo‘ldi. Samarqandlik ustalarning afsonavy ajdaxo, kiyik va qo‘ziChalarilari shu yillarda barpo etilgan madaniy ma’muriy binolarning maydonlaridan o‘rin oldi. Dastgoh haykaltaroshlik san’atida Chuqur psixologik portretlar yaratildi, zamonaviy rux bilan sug‘orilgan janrli kompozitsiyalar ishlandi. SHu sohada haykaltaroshlardan Abdumo‘min Boymatov, Anvar SHoymurodov, Tolibjon Qosimov, Damir Ro‘ziboev, Yakov SHapiro, keyinroq Ilxom .Jabborov, ToirTo‘laxo‘jaev Azamat .Xatamov samarali ijod qilishdi. Qoraqalpoq haykaltaroshligida Joldsbek Quttimurodov, Toreniyazov ijodiy izlanishlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yillarda animal janri ham jonlandi Aka-uka P. va M. Ivanovlar shu borada samarali mehnat qildilar. A. Boymatov, T.Qosimov, I.Jabborov va boshqalar ijodida shu janrda e’tiborga loiq ishlar ishlandi. 70 yillardan I.Jabborov yog‘oChda ishlagan plastik ishlari bilan tanilaboshladi. Uning «Xayol»1971(yog‘oCh), «Mashrab»1974, «Oqshom» yog‘oCh,shamot aralash.1980 , «Falak gardishi «Dam olish» kabi asarlari dastgoh san’atning o‘ziga xos ko‘rinishlari edi. Asta ijodkor mahobatli san’atda mehnat qilib Navoyi, Mashrab, Furqatga bog‘ishlangan asarlari maydonlarga o‘rnatildi. (Ilxom Jabborov 1945 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Respublika rassomlik bilim yurti(1961-65), Toshkent teatr va rassomlik institutida(1966-71) taxsil olgan). Mayda haykaltaroshlik O‘rganilayotgan yillarda mayda haykaltaroshlik ham jiddiy yutuqlar qo‘lga kiritildi. Sopol(terrakota), shamot, Chini, fayans, yog‘oCh va boshqa materiallarda ishlar yaratildi.
Urushdan keyingi yillarSamarqandlik usta Jo‘raqulov , A.Muxtorov va ularning davomChilari, buxorollik usta Hamro Rahimova va davomChilari bu borada samarali ishladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |