Savol va topshiriqlar.
60-80 yillarda o‘zbek san’atida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning moxiyati nimada?.
Vitraj nima va u o‘zbek san’atida qanday rivojlangan?
60- 80 yillar grafika san’atidagi o‘zgarishlarni sanab Chiqing.
60-80 yillar haykaltaroshligida uning qaysi turlari rivojlandi. SHu davrning muhim yodgorliklarini sanab Chiqing
60-80 yillar rangtasvir san’ati xususiyati va rivojlanish bosqiChlarini xususiyatini ta’riflang.
6 Ma`ruza: MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEKISTON SAN’ATI. MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEKISTON ME’MORCHILIK, XAYKALTAROSHLIK VA TASVIRIY SAN’ATI. MUSTAQILLIK DAVRI AMALIY BEZAK SAN’ATI
O‘zbekiston mustaqillika erishishi uning san’atining yangi davrini boshlab berdi. Prezident I.A.Karimov boshChiligidagi respublika xukumati tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishning ustivor yo‘nalishi belgilab berildi. Ayniqsa Prezident farmoniga binoan 1997 yili O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etilishi madaniy rivojning yangi bosqiChini oChib berdi. Muhimi, san’atda mafkuraviy nazoratni bekor qilinishi natijasida ijod erkinligini qo‘lga kiritgan rassomlar uslubiy rangbaranglikda ijod qila boshladilar.O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi esa shu jarayonni yanada tezlashishiga yo‘l oChdi.
Me’morlik. Mustaqillik yillarida o‘zbek me’morligida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Milliy me’morlikda yangilanish sodir bo‘la boshladi. Toshkent va boshqa shaharlar loihalarining qayta ko‘rib Chiqildi. an’anaviy milliy me’morlik san’ati an’analari, jahon va Yevropa me’morlik san’atining uyg‘unligi asarlar yaratila boshlandi. Avvalgi davrlarda qurilgan binolarning ta’mirlash va qayta qurish va modernizatsiyalash ishlari olib borildi. Bu xususiyat ma’muriy va madaniy binolar, ularning badiiy konstruktiv yeChimida o‘z ifodasini topdi. Turkiston saroyi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Toshkent shahar hokimligi, SHeraton mexmonxonasi, Me’moriy majmualar al Buxoriy, al Farg‘oniy, Xotira va qadrlash, SHohidlar xotirasi va b me’moriy yodgorliklarda shu me’morlikdagi yangi jarayonlar o‘zini yaqqol ko‘rsatdi. Bu yillarda Park - bog‘ san’ati rivojlandi. O‘zbekiston milliy bog‘i, Akva park, Hayvonot bog‘ilari qaytadan ishlandi.
Mustaqillik yillarida ijod erkinligi san’atda izlanishlar va turli uslub va yo‘nalishlarning rivojlanishiga olib keldi. Realistik san’at(hayot shakllari asosiga qurilgan san’at) va avangard - modernizm san’ati o‘zaro raqobati kuChaydi. San’atning baholash mezonini ijodkorning shahsiy intim keChinmalari, o‘y va keChinmalari belgilay boshladi. Mustaqillik yillari rassomlik san’atining mavzusi kengaydi. Rassomlarning milliy tarixga murojati natijasida yangi yangi mavzular, eng avvalo milliy tarix bilan bog‘liq voqealar ko‘pChilik rassomlarni o‘ziga jalb etdi. San’atda tarixiy portret va kompozitsiyalarning paydo bo‘ldi. Amir Timur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi ikonagrafik portretlari uChun tanlovlar o‘tqazilishi ham shu jarayonda muhim o‘rinni egalladi.
Tasviriy san’atda rangtasvir avvalgi yillardagidek yetakChi o‘rinni egallab izlanishlar ayni shu san’atda olib borildi.Tarixiy mavzudagi asarlar asosan realistik talqin etilishi bilan xarakterlanadi. A.Ablullaev(Navoiy), CH.Axmarov(Nodira), M.Nabiev ijodida tarixiy portret va kompozitsiyalar( A.Temur, Bobur portreti, va b ), A.Ikromjonov (Ulug‘bek, K.Behzod portreti), S.Raxmetov(Axmad Mirzo), O.Muinov(Tumaris, Bibixonim)portretlari realistik san’at an’analarida ishlangan. SHuningdek bu davrda xalq qahramonlari Alpomish, Spitamen, J.Manguberdi siymolarining portret janrida yaratilidi.Q.Basharov(Spitamen), T.Kuryazov (J.Manguberdi), M.Yo‘ldoshev(Alpomish, Go‘r o‘g‘li, Rustam obrazlari) portretlari ko‘pChilik e’tiborini qozondi.
Mustaqillik yillarida milliy mavzu va tarixga e’tiborning ortishi tarixiy janr rivoji katta turtki berdi. Temur va temuriylar davriga atab shu yillarda ayniqsa ko‘p asarlar yaratildi. M.Nabiev, CH.Axmarov, N.Qo‘ziboev, Q.Basharov, B.Jalolov, J.Umarbekov, S.Abdullaev, E.Masharipov , A.Aliqulov va boshqalar shu mavzuda yirik asarlar yaratishdi. Harbir zamon o‘z zamondoshlarining qiyofasini ko‘rishni istaydi. Bu tabiiy. CHunki davr kishilarining ruxiy olami, ularning borliqqa, tabiatga bo‘lgan qiziqishlari shu san’atda o‘z ifodasini topadi. SHu san’atda ijod qilgan A.Ikromjonov, S.Raxmetov kabi rassomlar shu ijodida shu san’atning yangi qirralarini ko‘rish mumkin. ManzaraChilik san’ati ham o‘zining yangi qirralarini namoyon eta boshladi. Rahim Axmedov, Ne’mat Qo‘ziboev, Anvar Mirsoatov manzaralari o‘zining xis tuyg‘ularga boy xislatlari bilan yangi davr ruxini ifodalaydi. Mustaqillik yillari miniatyura san’atining haqiqiy rivojlanish davri bo‘ldi. Ayniqsa. lokli miniatyura san’atining o‘zining kamolatiga erishdi. SH.Muhamadjonov, G.Kamolov, T.Boltaboev, X.Nazirov, A.Yo‘ldoshev. B.Yo‘ldoshev, U.Qosimov, F.Raxmatullaev, SH.SHoaxmedov, A.Tursunov kabi miniatyuraChilar ijodida shu san’atning ajoyib namunalari yaratildi. Bu san’atda NiyozaliXolmatovga akademik unvoni berildi.
Mustaqillik yillarida realistik san’at yo‘nalishi bilan bir qatorda avangard san’ati yo‘nalishlari o‘ziga yo‘l oChib bordi. O‘z ijodini akademik san’at yo‘nalishida boshlab katta yutuqlarga erishgan Bahodir Jalolov, VyaCheslav Oxunov, Akmal Nuriddinov(Akmal Nur), Jamol Usmonovlar
avangard san’atining yetuk namunalarini yaratishga muoffaq bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |