2. Zamon qo`shimchalarining sinonimiyasi:
1) hozirgi zamon davom fe’li o`rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qo`lla-nadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti).
2) kelasi zamon o`rnida hozirgi zamon shakli qo`llanadi: Ertaga terimga tushyapmiz.
3) hozirgi zamon o`rnida o`tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi.
3. Mayl qo`shimchalari sinonimiyasi:
1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli o`rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar.
2) ijro mayli shart mayli o`rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak.
4. Nisbat qo`shimchalari sinonimiyasi:
1) birgalik nisbati qo`shimchasi ko`plik qo`shimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi – Ular keldilar.
2) nisbat qo`shimchalari ichida o`zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor: -l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz.
Do'stlaringiz bilan baham: |