Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Download 0,54 Mb.
bet3/9
Sana01.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#724377
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Orol fojeasi va uning globallashuvi kurs ishi. Maxamatvaliyev Eldorbek

Kurs ishining maqsadi. Orol fojeasi va uning globallashuvini ilmiy-nazariy va pedagogik jihatdan o’rganish, ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq qilish.
Kurs ishining vazifalari.

  1. Orol dengizi muammosiningtabiiy va ekologik jarayonlarga ta’siri haqida ma’lumot berish

  2. Orol ekologik muammosini hal etish yo’llarini tahlil qilish

  3. Orol fojeasi va uning globallashuvi haqida fikr yuritish

  4. Mintaqadagi tiklanish ishlari

Kurs ishi obyekti. Orol fojeasi va uning globallashuvi.
Kurs ishining predmeti. Orol fojeasi va uning globallashuvini o’rganish usul, metod va vositalari.
Kurs ishi metodlari. Ilmiy adabiyotlarni o’rganish metodi, pedagogik kuzatuv metodi, pedagogik tajriba metodi, ilg’or tajribalarni o’rganish metodi, pedagogik tahlil metodi
Kurs ishining metodologik asoslari. Orol dengizi muammosiningtabiiy va ekologik jarayonlarga ta’siri haqida ma’lumot berish, Orol ekologik muammosini hal etish yo’llarini tahlil qilish, Orol fojeasi va uning globallashuvi haqida fikr yuritish, Mintaqadagi tiklanish ishlari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan


I BOB. MUVOZANATINI OROL MUAMMOSI NATIJASIDA O`ZGARIB BORISHI

1.1 Orol dengizi muammosining tabiiiy va ekologik jarayonlariga ta`siri


Orol dengizining qurib qolgan tubi 3 mln gektardan ortiq bo‘lib, tabiiy sharoiti o‘ziga xos, eski qirg‘oq (1961 yil)dan ichkari tomon 10-15 km (sharq tomonda bundan ham ko‘proq) masofada sidirg‘asiga qumli mintaqa mavjud, mazkur qurigan qism asosan jo‘yak do‘ng barhanli relef shakllari bilan band. Qumli shakli tarkib topmoqda. Qumli mintaqada asosan siyrak (ba’zi joylarda umuman yo‘q) sherkez. Qora saksovul, ulg‘un, bir yillik sho‘ralar va boshqa o‘simliklar mavjud. Mazkur mintaqadan so‘ng taqirsimon sho‘rxoklar (asosan bir yillik sho‘ralar bilan majmuali holda sarsazan va ulg‘un keng tarqalgan) katta maydonlarni egallagan, ba’zi qum uyumlari uchraydi. Grunt suvlari sathining 5-7 m dan pastga tushishi tufayli endilikda qoldiq sho‘rxoklarga aylangan. Ushbu mintaqaning maydoni dengiz tomon yil sayin kengayib bormoqda, chunki grunt suvlari sathi ham Orol chekingan sari pasayib bormoqda. Qurigan qism relefi yalang tekislikdan iborat bo‘lganligi sababli grunt suvlarining yotiq (gorizontal) oqimi ham juda sekin, ba’zi joylarda amalda yo‘q darajada. Ular asosiy qismining bug‘lanishga sarf bo‘lishi tufayli tuproqdagi tuz miqdori ham katta. Qozog‘istonlik mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra 1961-1970 yillar o‘rtacha yillik tuz to‘planishi 1,80 mln. t., 1971-1980 yillarda 2,95 mln. t., 1981-1985 yillarda 4,85 mln. t. ni tashkil qilgan. Binobarin uning qurigan qismi ulkan tuz manbaiga aylanib bormoqda.
Hozirdayoq Orolning qurigan qismida shamol ta’sirida qum, chang va tuz zarrachalari turli tomonlarga to‘zimoqda. Janubiy Orolbo‘yida ko‘tarilgan tuz va sho‘r changlarining tushishi SANIIRI ma’lumotlariga ko‘ra har gektar maydonga o‘rta hisobda 90-1000 kg dan to‘g‘ri keladi. Ammo dengizning eski qirg‘og‘idan janub tomon bu miqdor kamayib borishi aniqlangan, chunonchi Mo‘ynoq atrofida har gektar maydonga 1242 kg dan tuz yig‘ilsa, Nukus atrofida bu miqdor 100-150 kg va undan kamroq.
Yana bir noxush holat shundan iboratki, Orol bo‘yida tabiiy va ekologik sharoitning keskin o‘zgarishi sababli mavjud yaylov va pichanzorlarning mahsuldorligi (o‘sha vaqtlarda gektariga 10-50 s bo‘lgan) 0,5-2 s gacha kamaydi. O‘simliklar zichligining kamayib borishi, ularning siyrak golofitlar bilan almashishi oqibatida shamol eroziyasi kuchaymoqda, natijada tekislikning o‘ydim chuqurligi ortib bormoqda. Qum relef shakllari tarkib topmoqda.
Davlat Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi ma’lumotlariga qaraganda, Orol dengizi turli tomonga yiliga 15-75 mln t chang va tuz tarqatuvchi asosiy manbaga aylanib bormoqda.
Orol tubidan ko‘tarilgan tuz va qum zarrachalari Ustyurt yassi tog‘lardan yengilgina uchib, janub va harbga tarqaladi. Kaspiyga borib yetadi. Kaspiyda suvning yuza bug‘lanishi tik nayzasi bilan uchrashadi, natijada chang-tuz buluti hosil bo‘ladi. Ular juda balandlikka ko‘tarilib, eni 40 km, uzunligi 30 km bo‘lgan hududlarga yetib boradi. Orol dengizining qurishi mintaqaning iqlim vaziyatini o‘zgartirib yubordi. Ilgari Orol bo‘yida harorat va havo namligini o‘ziga xos tartibga solib turuvchi to‘siq bo‘lib hisoblanardi.
Dengiz sathidan ko‘tariluvchi bug‘ ustuni Amudaryo quyi oqimi hududida shimol shamollari kirib keladigan yoo‘lda bamisoli qalqon bo‘lib turgan dengizning mayinlashtiruvchi nafasi iqlim quruqligini kamaytirar, saraton issig‘ini va qahraton sovug‘ini mo‘tadillashtirar edi. Endilikda Orol dengizining bu ahamiyati deyarli sezilmay qoldi. Natijada keyingi vaqtda iqlim sharoiti keskin o‘zgardi. Yoz sib ketdi, qish esa sovuq bo‘la boshladi, changli to‘zonlar ko‘payib, bahorgi va kuzgi sovuq urishlar tezlashdi, o‘simliklarning vegetatsiya davri 20-25 kunga qisqardi. Bu esa mazkur mintaqada issiqsevar o‘simliklarni yetishtirish imkoniyatini kamaytirmoqda.2
Mintaqaning yuz minglab gektar yerlari jizg‘anak bo‘lib, sho‘rlanib yotibdi. Paxta yetishtirishga ajratilgan yer maydonlarining anchagina yerlarning ko‘pgina maydonlarida tuproq unumdorligi pasaymoqda. Asosan qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi keskin kamayib ketdi.
Mintaqada ekologik vaziyatning g‘oyat keskinlashgani, bundan tashqari Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayib ifloslanib qolgani, Orolbo‘yining jadal ravishda cho‘lga aylanib borayotgani bilan bog‘liqdir. Sanoat va xo‘jalik-maishiy oqova suvlarning tashlanishi oqibatida daryo va havza suvi zaharlanmoqda. Qishloq xo‘jalik ob’ektlaridan chiqadigan g‘oyat ko‘p miqdordagi fosfor, azot va boshqa moddalar, shuningdek defoliantlar, pestitsidlar tarkibidagi zaharli moddalar suvga kelib tushmoqda. Yuqori darajada minerallashgan kollektor-drenaj oqovlarining daryolarga chiqarib tashlanishi daryolar suvining minerallashuviga ham sabab bo‘lmoqda. Bakteriyalarning umumiy miqdori yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lganidan 5-10 marta ortiqdir.
Keyingi yillarda O‘zbekiston olimlari Orol dengizining qurigan tubini tadqiq qildilar. Bunda aerokosmik materiallaridan keng foydalanildi. Qo‘shimcha ravishda zonali aerosuratga olishlar o‘tkazildi. Orolning qurigan tubi janubiy qismida morfometrik xususiyatlarga ega bo‘lgan qator zonalar, jumladan Ajiboy qo‘ltig‘ini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Qo‘ltiq asosan og‘ir mexanik tarkibli zamindan, loy, og‘ir qumoq tuproq va qumloq tuproqdan tashkil topgan. Qo‘ltiqni Ustyurt va Yo‘lbars burni yarim oroli tarafdan qum barxanlari o‘rab olgan. Bir metrli qatlamning sho‘rlanganligi gektar hisobiga 190-400 tonnaga to‘g‘ri keladi. Chunki jinslar zichligi markazga va qo‘ltiqning dengizga chiqish tomon kuchayib boradi. Yer osti suvlari yuzada joylashgan va suvga chidamli qatlamning yastanib yotishi ba’zi joylarda suv chiqadigan qatlamlarning siyrakligi bilan izohlanadi. Qirg‘oq chizig‘idan yer osti suvlarining chuqurligi 4-5 metrga boradi. Qo‘ltiqning markazi tomon va qirg‘oqda yuza joylashgan hamda yer yuziga chiqib turadi.
Sharq tomondan yondashgan Yo‘lbars burnidan shimolroqdagi zona dengiz qumlari va qumloq tuproqdan tashkil topgan. Umumiy maydoni 330 kv.km. Bu hududning asosiy qismidan shamolning qumlarni uchirishi ustunlik qiladi. Yer osti suvlari yuza joylashgan bo‘rsillagan (gidromorf), sho‘rxok shakllanadigan zona bundan mustasnodir. Amudaryo deltasi asosan yumshoq yer va allyuvial (daryo suvlari oqizib kelgan) jinslardan tashkil topgan, kam sho‘rlangan. Bu yerda shamol va suvlar yemirilishi uyg‘unlashib, o‘ng‘ir-cho‘ng‘ir murakkab relef hosil qiladi. Daryoning suvligiga qarab delta dengiz tomon yiliga 0,6-0,9 km suriladi. Bu yerda yer osti suvi darajasi yilning suvligiga bog‘liqdir va suv sathiga yaqindir. Mustahkamlangan qumloq maydonlarda ko‘p yillik o‘simliklar – saksovul, yulg‘un, to‘qay nihollari va boshqalar yaxshi rivojlanmoqda.
Jildirbosh qo‘ltig‘i kollektor-drenajlar tashlanma suvlari va Qozoqdaryo irmog‘idan ta’minlanadi. Umumiy maydoni 1900 kv.km, uning 60-80 %ini sho‘rxokka bardoshli va Qo‘g‘a-Qamish aralash nihollar bosib ketgan. Qo‘ltiqning anchagina qismida kuchli minerallashgan yer osti suvi 2-3 metr chuqurlikda bo‘lib, zaxkash va yarim zaxkash sho‘rxoklar yuzaga kelishiga ko‘maklashadi. Qo‘ltiqning shimoliy va shimoliy-sharqiy qismida dengiz va daryo loyqalaridan sho‘rxoklar paydo bo‘lmoqda: Orolning sharqiy qismidagi 1 mln. gektarli Oqtepa arxipelagi tuzlar to‘planishining eng yirik manbaidir. Bu arxipelag Qizilqum shimloiy-sharqiy qismining davom etib kelgan past-baland va ariqsimon qumlardan shakllangan, balandligi 10-15 m. Ular alohida suvi qurigan yoki 150-200 gektar atrofida sho‘r suv bilan to‘lgan kotlovinalaridan iborat. Sho‘r suv kotnovinalari atrofida dengiz qirg‘og‘i sho‘rxoklari shakllanadi, ular halokatli darajada bo‘lib, 30 km chamasidagi zonadagi yuza sathlar tarkibida 15-17 %gacha tuz bor.3
Orol dengizi tubining qurigan doirasi mikrorelefli, qatlamlar litologiyasi, qurib borishning jadalligi yer osti suvlarining chuqur yoki yuza joylashganligiga qarab galogeokimyoviy jarayonlarning uzoq davomli bosqichini o‘taydi. Shunday qilib, Orol va Orolbo‘yi bo‘xronining eng asosiy sababi ishlab chiqarish tizimlari bilan O‘rta Osiyo ekologik sistemasi o‘rtasida vujudga kelgan chuqur ziddiyatlar, bu tabiatning ob’ektiv qonunlarini mensimay suv va boshqa tabiiy boyliklardan chek-chegarasiz foydalanish oqibatida ro‘y berdi. Irrigatsiya qurilishi tarixining Orol va Amudaryo hamda Sirdaryo deltalari ekologik sistemasini saqlash bo‘yicha tavsiyalari amalda bajarilmadi. Buning oqibatida Orol dengizi atrofida o‘lkalarda mudhish vaziyat vujudga keldi. Katta-katta maydonlaridagi ekinzorlar quriy boshladi: daraxtlar, o‘t-o‘lanlar, tuproq suv va havo zaharlandi. Ayniqsa odamlarning sihat-salomatligiga, hayvonot olamiga katta ziyon yetdi. Ilgari yashnab turgan ko‘pgina joylarning ekologik sharoiti yomonlashib, ular kimsasiz dasht hiyobonlariga aylandi.
Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi.
Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi: Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda.4
Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.
Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchidir.

Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan va ilgarilari kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turgan Orol dengizi, hozirgi kunga kelib oʻzining oldingi koʻlamining 30 foizinigina tashkil etmoqda. Mazkur infografika mintaqadagi mana shunday ekologik oʻzgarishlarning aholi turmush faoliyatiga koʻrsatayotgan salbiy taʻsirini oʻzida aks ettirgan. BMTning Qoʻshma Dasturi Moʻynoq, Shumanay va Taxtakoʻpir kabi Qoraqalpogʻistonning uchta eng himoyalanmagan tumanlarida istiqomat qiluvchi 120 ming nafardan ortiq aholining xavfsizligini taʻminlashga yoʻnaltirilgan. Inson xavfsizligi boʻyicha Konsepsiya samarali boshqaruv tizimi, ekologik vaziyatni yaxshilash, ta’lim va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, hamda atrof-muhitni himoya qilish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Bu yondashuv koʻplab tarmoqlar oʻrtasida aloqani yaxshilashga koʻmaklashishi, hamda murakkab va bir vaqtni oʻzida oʻzaro bogʻliq boʻlgan muammolarni bartaraf qilishga koʻmak berishi lozim.

1.2 Orol ekologik muammosini hal etish yo‘llari


Orol dengizi havzasi tabiiy muhitining hozirgi holati va uning rivojlanish jarayonini tahlili etish ekologik vaziyatni yanada keskinlashishini ko‘rsatmoqda. Chunki, Orol muammosi o‘ziga xos ko‘p qirrali va ko‘p funksiyali muammo, u yirik hududiy miqyosda mavjud bo‘lganligi tufayli uning yechimi Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi yer-suv masalalarini to‘lig‘icha hal qilish bilan bog‘liq. Orol muammosining tabiiy, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nihoyatda ulkan: avvalgi qulay sharoitni qayta tiklash umuman mumkin emas.
Orol muammosi ikki qismdan iborat:
1) dengiz sathini ma’lum darajada saqlab qolish.
2) Orolbo‘yida ekologik holatni opitmallashtirish.
Orol sathini ma’lum balandlikda saqlab qolish uchun hozirgi suv tanqis bo‘lib turgan sharoitda eng minimal miqdorda asoslanish maqsadga muvofiq. Hisob-kitoblarga qaraganda, dengizga muntazam ravishda yiliga kamida 20 kub km dan suv quyilib tursa, uning sathini 33 m mutloq balandlikda saqlab qolish mumkin bo‘ladi. agarda daryolar orqali keladigan su vshu miqdordan 10 kub km gacha kamaysa, uning yuzasi 27,3 m mutloq balandlikgacha tushadi. Bu holda katta dengiz ikki qismga bo‘linib ketadi, uning sharqiy qismi unchalik chuqur bo‘lmagan sho‘rxokli do‘nglikka aylanadi, g‘arbiy qismi esa ancha chuqur bo‘lgani uchun (tubi minus 16 m da joylashgan) chuqurroq ko‘lga aylanadi. Binobarin, Orolni dengiz sifatida saqlab qolish uchun unga kamida 20 kub km suv quyilib turishi kerak.5
Orolbo‘yi, xususan Amudaryo va Sirdaryo deltalarida ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish uchun eng avvalo aholini toza ichilik suvi bilan to‘lata’minlash, qurib qolgan o‘zanlar, ko‘llarga muntazam ravishda suv yuborish va ular orqali yaylovlar hamda pichanzorlar, to‘qayzorlarga suv chiqarishni amalga oshirish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to‘sish uchun qumlarni fitomelioratsiya yo‘li bilan mustahkamlash, sug‘oriladigan zonada suvni ko‘p iste’mol qiluvchi ekinzorlar maydonini kamaytirish va boshqa donli, poliz va mevali ekinlar maydonini kengaytirish, yem-xashak ekinlari ekiladigan dalalarni ko‘paytirish, yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash va boshqa tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
Orolbo‘yida, xususan Qoraqolpog‘iston, Xorazm, Doshxovuz vohalarida Tuyamo‘yin suv omboridan (Karapas bo‘limi) yozda jamharilgan, sho‘rligi nisbatan kamroq bo‘lgan suvni quvurlar orqali barcha tuman markazlari, yirik qishloqlarga hozirda yetkazib berilmoqda. Ba’zi aholi punktlarida chet eldan keltirilgan suvni chuchuklashtirib beruvchi qurilmalar ishlab turibdi. Bu borada tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda. Aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallarga sog‘lomlashtirish markazlarida yordam berilmoqda.6
Orolbo‘yida cho‘llashishga qarshi kurashish uchun muxandislik loyihalarini amalga oshirilishi lozim. O‘nlab yillardan beri ko‘ndalang turgan asosiy muammoni hal etish uchun kundan-kun loyihalar taklif qilindi. Ammo hozircha ularning birortasi ham hayotga joriy etilmadi. Bu loyihalarning hammasini ikki guruhga birlashtirish mumkin:
orol dengizi havzasida ekologik vaziyatni ichki suv resurslarini burib yuborish hisobiga yaxshilashni taklif etayotgan (intraregional) loyihalar;
zarur miqdordagi suvni chetdan, ya’ni havza tashqarisidan keltirishni taklif etayotgan (ekstraregional) loyihalar;
Orol dengizi stahini mahalliy resurslar hisobiga barqarorlashtirishni ko‘zda tutuvchi loyihalar quyidagi manbalar suvini dengizga oqizishni taklif etadilar: kollektor-drenaj tizimlari suvlarini Sariqamish, Dengiko‘l, Sultontog‘, Mahaqo‘l, Arnasoy, Aydar va Sudoche tashlama ko‘llari suvlarini dengizga burib yuborish;
Gidromelioratsiya tizimining samaradorligini oshirish, sug‘orish texnologiyasini yaxshilash, suv resurslarini hududiy qayta taqsimlash va boshqa tadbirlar hisobiga istiqbolda tejab qolinadigan suvlar.7
Mazkur loyihalar hamda takliflarning barchasi Orol dengizi hamda Orolbo‘yi ekologik holatini barqarorlashtirishga, mintaqada aholi salomatligining yaxshilashga uning turmush darajasini ko‘tarishga yo‘naltirilgan amaliy tavsifdagi ishlanmalar asosida bildirilgan. Shu boisdan ham ularni tezda amaliyotga tadbiq etish beqiyos ahamiyat kasb etadi

II BOB. OROL FOJEASINI BARTARAF QILISHGA QARATILGAN CHORA TADBIRLAR

2.1 Orol fojeasi va uning globallashuvi


Orol dengizi va Orol boʻyi hududi maʼmuriy jihatdan Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston) va Qozogʻiston hududida joylashgan. Orol dengizining yarmidan koʻproq qismi Oʻzbekiston hududiga qarashli. Orolboʻyi Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi hamda Orol dengizi atrofidagi hududlarni, shuningdek, dengiz sathining kasayishi natijasida uning shimoli-sharqiy va janubiy qismida vujudga kelgan Orol choʻlini oʻz ichiga oladi.
Orol dengizi Oʻrta Osiyoda va butun dunyodagi eng yirik shoʻr koʻllardan biri hisoblanadi. Yaqin oʻtmishda uning maydoni orollar bilan birga deyarli 68,0 ming kv km ni, suvining hajmi 1000 kub km ni tashkil etgan. Oʻrtacha chuqurligi 50,5 m atrofida boʻlgan Havzasining kattaligi (690 ming kv km) jihatdan Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqorikoʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin toʻrtinchi oʻrinda turgan. Orol dengizida 300 dan ortiq orollar boʻlib, ulardan eng kattasi Koʻkorol, Vozrojdenie, Borsakelmas boʻlgan. Orol dengiziga 20-asrning 60-yillarigacha Amudaryodan 38,6 kub km, Sirdaryodan 14,5 kub km, suv kelib turgan. Dengiz akvatoriyasiga yiligi 82–170 mm yogʻin yogʻadi. Dengizga 5,5 kub km erosti suvlari ham qoʻshilib turgan. Suvning shoʻrligi 10-11 % boʻlib, suv tarkibida tuzlar miqdori 11 mlrd tonna ga yaqin deb baholangan. Dengizda kemalar qatnovi mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari boʻlgan. Orol dengizi atrofidagi aholi, asosan, baliqchilik, qisman chorvachilik, moʻynachilik (ondatra), sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bir qancha orollarda baliq ovlash xoʻjaliklari, baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Baliq ovlash oʻtgan asrning 90-yillarigacha davom etgan.8
Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda dengiz suvi koʻtarilib, baʼzan Sariqamish va Oʻzboy oʻzanlari orqali Kasbiy dengiziga quyilgan.
Orol dеngizi cho`l zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m3 suv bug`lanadi. Bu esa dеngizga quyiluvchi daryolar, yog`in va еr osti suvlari miqdoridan ortiqdir. Buning ustiga sug`oriladigan maydonlar satxi kеskin ortganligi tufayli Orolning nasibasi qirqildi.
Hozirgi kunda dеngizning 2906 kvadrat km maydoni qurib bitdi.
Ahvol shu tarzda kеtar ekan, 2010 yilga borib Orol dunyodagi ikkinchi o`lik dеngizga aylanadi. Tabiatning qonuniy tarziga nisbatan xo`jasizlarcha, shafqatsizlarcha, faqat olishni ko`zlab qilingan munosabat o`zining qasoskor salbiy natijasini bеrdi. Kimyo­viy dorilardan ko`r-ko`rona foydalanish sababli drеnaj suvlari zaharlandi. Daryodan sug`orish uchun olinayotgan butun suv hajmining yarmi kеraksiz chiqindiga aylanib kеtayotgani sababli bir qator zaharli ko`lchalar yuzaga kеldi. Endilikda Amudaryo va Sirdaryodan kеlayotgan suvning miqdori kamaygan sari dеngiz qirg`og`idan uzoqlashib bormoqda, to`lqinlar so`nmoqda, sohillari qumloq va sho`rxoqqa aylanmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda u dеyarli dеngizga еtib kеlmayapti. Masalan, 1989 yili dеn­gizga umuman suv tushmagan. Orol sathi 14,5 mеtrga pasayib kеtgan. Undagi umumiy suv hajmi 400 km3 ni tashkil etib, maydoni 36 ming km2 ni egallab turibdi. Bir litr suvdagi tuz miqdori 33 grammgacha еtgan. Baliqchilik va suv transporti o`z ahamiyatini butunlay yo`qotib bo`ldi.
O`zbеkistonning Orol dеngizi atrofidagi viloyatlarda, shuningdеk Qoraqalpog`iston rеspublikasi, Turkmaniston va Qozog`istonning qator viloyatlarida (4 millionga yaqin aholi yashaydigan), sathi 900 ming kv km ni tashkil qiladigan mintaqada ekologik jihatidan nochor maydon mavjud.9
Orol atrofida kuzatilayotgan ekologik holat shu maydonda yashovchi aholiga hamda qishloq ho`jalik mahsulotlariga o`zinnng salbiy ta'sirini ko`rsatmoqda.
Orol bo`yi ob-havosida jiddiy o`zgarish yuz bеrgan, qish sovuqligi yana 1,5—2,5 darajaga, yoz jaziramasi ham o`rtacha mе'yordan shuncha darajaga oshdi. Vеgеtatsiya davri 10—15 kunga qisqarib kеtdi. Har yili suvi qurigan joylardan 75—100 million tonna zaharli tuz kristallari 300—500 kilomеtrgacha еrga tarqalmoqda. Dеngiz qurishi bilan bog`liq, bu raqamlar kеlajakda yanada dahshatli tus olishi mumkin.
Orolni asrash qo`mitasining raisi P.Shеrmuxamеdovning bеrgan ma'lumotlariga ko`ra, 1913 yilda chor Rossiyasi davrida Amudaryo va Sirdaryo suv rеsurslaridan foydalanib, butun Turkiston o`lkasi bo`yicha 2978 ming gеktar еr sug`orilgan, har bir gеktar еrga o`rtacha 6775 m3 suv sarflangan. 1955 yili esa O`rta Osiyo va Qozog`iston rеspublikasi bo`yicha sug`oriladigan еrlar 7255 ming gеktarga еtkazilib bir gеktar еrga ishlatiladigan suv miqdori 5550 m3 ni tashkil etgan. Orolga bu paytda 60 emas, 32 kub kilomеtr suv tusha boshladi. 1989 yilda bu hol quyidagi ko`rinishga ega bo`ldi: sug`ori­ladigan еrlar— 8 million gеktar, bir gеktar еrga o`rtacha suv sarflash miqdori — 12500 m3. Dеngizga suv kеlishi butunlay to`xtadi. Bundan tashqari, suv ho`jaligi vazirligining nojo`ya harakatlaridan yana biri kollеk­tor-drеnaj suvlaridan 10 km3 ni Sirdaryoga va 8 km3 ni Amudaryoga oqizishi bo`ldi. Bu suvlar tarkibida zaharli kimyoviy moddalar (pеstitsidlar va boshqalar) bor. Uni Orol bo`yi aholisi istе'mol qilyapti. Bu 4 milliondan ortiq еrli aholi uchun yagona ichimlik suv manbai. Hozirgi kunda oshqozon raki, tif, gеpatit bilan kasallanish o`n baravar ko`payib kеtgan.
Hozirgi kunda Orol dеngizining falokati va uning atrofidagi ekologik vaziyat butun dunyo muhitiga ta'siri jihatidan jahon miqyosidagi dolzarb masalalar qatorida o`rganilayapti. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotida ikki yil davomida Orol bo`yi ahvolini o`rganib chiqib, zarur choralar ko`rish haqida qaror qabul qilindi.
Orol dеngizini falokatdan qutqarish va dеngiz atrofidagi ekologik muvozanatni yaxshilash maqsadida jahon miqyosida «Orol yo`nalishi» dеb nomlangan tashkilot tuzish tavsiya qilindi. Bu tashkilotning oldingi maqsadlaridan biri u еrdagi vaziyat bilan tanishish va olingan ma'lumotlar bo`yicha shu masalaga qiziqqan jahon miqyosidagi tashkilotlar bilan o`rtoqlashish.
Orol dеngizi va uning atrofidagi ekologik vaziyatni tiklash davrida «Orol yo`nalishi» jamiyati shu еrda yashovchilarni gigiеnik talablarga javob bеradigan oziq-ovqat, suv bilan ta'minlash hamda yuqori malakali tibbiy yordam ko`rsatish bilan bog`liq ishlarni amalga oshirilishini ko`zda tutadilar. Inson va atrof-muhit orasidagi ko`z ilg`amas bog`liqlikni chuqur tadqiqotlar asosida puxta o`rganmay va natijalarga amal qilmay turib gigiеnaning ilm-fan sifatida rivojlanishi mumkin emas. Inson va muhit bog`liqligi muammolarini anglab еtishlik bu organizmning tabiiy xolat va o`zgarishlarini ibtidoiy davrida aniqlash, biron-bir xastalik paydo bo`lishidan oldin samarali sog`lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mе­zon ahamiyatiga molik muayyan qoidalar majmuasini yaratish imkonini bеradi. Orol fojeasi va uning oqibatlari
Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan va ilgarilari kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turgan Orol dengizi, hozirgi kunga kelib oʻzining oldingi koʻlamining 30 foizinigina tashkil etmoqda. Mazkur infografika mintaqadagi mana shunday ekologik oʻzgarishlarning aholi turmush faoliyatiga koʻrsatayotgan salbiy taʻsirini oʻzida aks ettirgan. BMTning Qoʻshma Dasturi Moʻynoq, Shumanay va Taxtakoʻpir kabi Qoraqalpogʻistonning uchta eng himoyalanmagan tumanlarida istiqomat qiluvchi 120 ming nafardan ortiq aholining xavfsizligini taʻminlashga yoʻnaltirilgan. Inson xavfsizligi boʻyicha Konsepsiya samarali boshqaruv tizimi, ekologik vaziyatni yaxshilash, ta’lim va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, hamda atrof-muhitni himoya qilish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Bu yondashuv koʻplab tarmoqlar oʻrtasida aloqani yaxshilashga koʻmaklashishi, hamda murakkab va bir vaqtni oʻzida oʻzaro bogʻliq boʻlgan muammolarni bartaraf qilishga koʻmak berishi lozim.
Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. O DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda.
Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan yerdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha yerdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „yetmayapti“. Buni qisqa qilib shunday taʼriflash mumkinki, O’rta Osiyo mamlakatlarida qurgʻoqchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab yetishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni yechish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam yetib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlagan

2.2 Mintaqadagi tiklanish ishlari


Rezolyutsiyada keng koʻlamli vazifalar qamrab olingan boʻlib, aslida bu boradagi saʼy-harakatlar Shavkat Mirziyoyev Prezident vakolatiga kirishgan dastlabki kunlardanoq boshlab yuborilganligidan koʻpchilikning xabari bor.
Xususan, Orolboʻyida ekologik xavfsizlikni taʼminlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi salomatligini himoya qilish, bugungi hamda kelgusi avlodlar uchun begʻubor tabiiy muhitni saqlab qolish, nabotot va hayvonot dunyosini muhofaza qilish muammolarini izchil hal etish, biologik xilmaxillik qisqarishining oldini olish, iqlim oʻzgarishi salbiy oqibatlariga qarshi kurashish, transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish, atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirish, ayniqsa, suv resurslaridan samarali foydalanish, dengiz qurishining salbiy oqibatlarini yumshatish borasidagi ishlar bir zum boʻlsin toʻxtagani yoʻq.
Olib borilayotgan ezgu amallarning ahamiyatini anglash uchun yaqin oʻtmishga bir nazar tashlash kifoya. Yaqin-yaqingacha sayyoramizdagi eng katta koʻllarning toʻrtinchisi boʻlgan Orol dengizining qurishi dunyodagi yirik ekologik fojialardan boʻlib, nafaqat Oʻzbekiston, balki mintaqadagi barcha davlatlar uchun bir qator ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar muammolarni keltirib chiqardi.
Bir paytlar baliqchilik sanoati rivoj topgan Orolboʻyi hududidagi serhosil yerlarda qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, moʻynachilik uchun ham barcha sharoit mavjud edi. Bu hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholining turmush sharoitida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Afsuski, inson omili tufayli oʻtgan asrda bu yerda mavjlanib turgan butun boshli dengiz oʻrnida maydoni 5,5 million gektarga teng «Orolqum» sahrosi paydo boʻldi. Bugun undan koʻtarilayotgan qum va tuz boʻronlari bir necha ming kilometr masofagacha yetib boryapti. Hatto, uning zaharli tuzlari Antarktida sohillari, Grenlandiya muzliklari, Norvegiya oʻrmonlari va Yer sayyorasining boshqa koʻplab nuqtalarida ham topilmoqda.10
Orol fojiasi mintaqa iqlim sharoitini ogʻirlashtirib, yoz davrida qurgʻoqchilik hamda jaziramani kuchaytirish, qishda esa qaqshatqich sovuq kunlarni uzaytirib yuborishdan tashqari, qator iqtisodiy, ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Shu jumladan, transport, baliqchilik, chorvachilik va moʻynachilik hamda boshqa anʼanaviy faoliyat turlari butkul inqirozga uchradi va yuz minglab odamlar ishsiz qoldi. Natijada ekologik migratsiya jarayonlari avj oldi.
Orol fojiasi hudud aholisi salomatligiga jiddiy tahdid solayotgani ham sir emas. Aholi orasida kamqonlik, buyrak, jigar, oshqozon-ichak, nafas yoʻllari, onkologik, yurak-qon tomir va boshqa kasalliklar ortgani buning dalilidir.11
Orol muammosining biosfera, aholi turmush sharoiti hamda genofondiga taʼsir qamrovi oshib, global tus olganiga ham qariyb yarim asrga yaqin vaqt oʻtdi. Ammo shu paytgacha dunyo hamjamiyati tomonidan Orol fojiasini birga bartaraf qilish, uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududda ekologik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha maqtanarli ishlar deyarli koʻzga tashlanmadi. Aynan Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan mazkur masalaga butun dunyo eʼtibori qaratildi va biz mamnuniyat bilan tilga olayotgan rezolyutsiya qabul qilindi.
Orol muammosi qay yoʻsinda hal etilayotgani haqida gap borar ekan, avvalo, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi tashkil etilganligini aytish joiz. Bu tashabbus Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.12
Prezidentimizning 2020-yil 11-noyabrdagi “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlarni yana-da kuchaytirdi. Ayniqsa, belgilangan loyihalarni amalga oshirishga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida qaror bilan tadbirkorlik subyektlari yer hamda mol-mulk soligʻidan ozod qilingani va ularga boshqa qator imtiyoz hamda yengilliklar berilgani katta ahamiyatga ega boʻldi.
Ushbu hujjat asosida 21 trillion 209 milliard soʻmlik 2 ming 788 ta loyiha ustida jadal ish olib borilyapti. Qolaversa, hududda 2020 — 2023-yillar davomida qariyb 12 trillion 320 milliard soʻmlik 1 ming 359 ta investitsiya loyihasini roʻyobga chiqarish orqali 17 ming 630 dan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratish ham koʻzda tutilgan boʻlib, bu hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf qilishda beqiyos ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.
Eʼtiborlisi, bugungi kunga kelib, 840 ta loyiha ishga tushirilib, 5 ming 75 ta ish oʻrni ochildi. Xalqaro moliya institutlarining qiymati 1 326,7 million AQSH dollariga teng 20 ta loyihasini amalga oshirish ishlari ham jadal davom ettirilmoqda.
Yuqorida nomi keltirilgan qaror asosida Qoraqalpogʻistondagi 45 ta mahalla sharoiti ogʻir toifaga kiritilgan boʻlib, ularda 192 mingdan ziyod kishilar yashaydi, ularning 51,3 foizi ayollar, 56,2 foizi yoshlar, ishsizlar soni esa 9 ming 617 tani tashkil etadi.
Qaror asosida bu mahallalar uchun qariyb 3 trillion soʻm yoʻnaltirilgan va hozir 437 ta obyektda ish olib borilmoqda. Ijtimoiy muassasalarni qurish hamda rekonstruksiyalashga 200 milliard soʻm, uy-joy qurish, yoʻl taʼmirlash, elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi taʼminoti, axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari uchun 460 milliard soʻm, aholi bandligini taʼminlashga 2,3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, fuqarolar yigʻinlari xizmat binolarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, jihozlash, 12 ta tumanda “Mahalla markazlari” binolarini barpo etish rejalashtirilgan va bugungi kunda ushbu vazifalar birin-ketin bajarilmoqda.
Qarorga binoan har bir shahar va tumanning salohiyatidan kelib chiqqan holda “oʻsish nuqtalari”, yaʼni “drayver” sohalar belgilangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, toʻqimachilik, neft-kimyo sanoati, bogʻdorchilik, issiqxonalar tashkil qilish hamda ipakchilik, turizm sohalari shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda mazkur yoʻnalishlar boʻyicha hududlarda yirik loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Birgina chorvachilik yoʻnalishida chet davlatlardan qariyb 10 ming boshga yaqin naslli qoramollar va qariyb 6 ming bosh naslli qoʻylar olib kelinib, parvarishlanyapti. Bundan tashqari, gidroponika usulida zamonaviy issiqxonalar qurishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa nafaqat yangi ish oʻrinlari yaratishda, balki oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ham muhim omil boʻlishi muqarrar.
Prezidentimiz tomonidan imzolangan yana bir hujjat — “Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror bu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarimiz surʼatini yangi darajaga koʻtardi.
Negaki, mazkur hujjat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv xoʻjaligi obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resursi va elektr energiyasidan foydalanishda avtomatlashgan nazoratni yoʻlga qoʻyish hamda ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga keng joriy qilish orqali suv yoʻqotilishini kamaytirish, kanallarning foydali ish koeffitsiyentini oshirish, sugʻoriladigan yer maydonlarini suv bilan ishonchli taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish kabi koʻplab masalalar qamrab olingan.
Orolboʻyida olib borilayotgan ezgu ishlar jarayonida xotin-qizlar masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlamaslikning iloji yoʻq.
Xususan, 2021-yil 5-martda qabul qilingan “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamkorligida Orolboʻyida “ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz opa-singillarimizning bandligini taʼminlashga qaratilgan hunarmandchilik klasteri tuzilishi bu boradagi muhim qadamlardan yana biri boʻldi.
Mazkur loyiha doirasida dastlab ishsiz xotin-qizlar tajribali hunarmandlardan saboq oldi. Loyihaning birinchi bosqichida ayollar faqat savat toʻqishga oʻrgatilsa, keyingi bosqichlarda hudud imkoniyatlari hamda salohiyatidan kelib chiqib, boshqa hunar turlariga ham yoʻnaltiriladi. Muhimi, hozirgacha oʻnlab ayollarga hunarmandlik guvohnomasi topshirildi va ular oʻzlarining faoliyatini boshlab yubordi.
Loyiha birinchi bosqichining oʻzidayoq jami 1 ming 400 nafar ishsiz xotin-qiz bandligi taʼminlangani, ayniqsa, diqqatga sazovor.
Shuningdek, loyiha doirasida Kegeyli tumanida hunarmandchilikning bu turi uchun muhim boʻlgan xom ashyoni yetishtirish maqsadida 10 gektarlik tol plantatsiyasi tashkil etildi. Ushbu tollardan koʻrganda koʻz quvnaydigan buyumlar toʻqiladi. Qolaversa, tolzor havoni kislorod bilan toʻyintirib, hudud tabiatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Bu hunarmandchilik klasteri tajriba tariqasida tuzilgan boʻlib, uni keyinchalik boshqa hududlarda ham tatbiq etish rejalashtirilgan. Shuning oʻziyoq loyiha nechogʻli koʻlamdor va katta ahamiyatga egaligidan darak berib turibdi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish