Ifodali o’qishga o’rgatish Reja: Oʻqish darslarida ifodali oʻqishga oʻrgatish. Masal oʻqitish haqida



Download 68,5 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi68,5 Kb.
#224334
  1   2   3   4   5
Bog'liq
IFODALI OʻQISHGA OʻRGATISH



Ifodali o’qishga o’rgatish

Reja:

1. Oʻqish darslarida ifodali oʻqishga oʻrgatish.

2.Masal oʻqitish haqida.

3. Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslarida ifodali oʻqish .

O’qish darslarining uchdan ikki qismi o’qishni mashq qilishga ajratilishi lozim. Demak, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish, ularning o’qish suratini oshirish, ufodali va ongli o’qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o’qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi. Bilish jarayonini faollashtirish hozirgi kunda faqat psixologik muammo bo’lmay, metodik muammo hamdir. Boshlang’ich sinfning o’ziga hos xususiyati shundaki, bilim berish, uni mustahkamlash, amaliyotga tatbiq qilish bevosita dars vaqtida amalga oshiriladi. Ayni choqda STIda va sinfdan tashqari tadbirlarda ham o’qitish, o’qitishning ifodali o’qish ko’rinishini amalga oshirish mumkin.

Ishning bu faslida quyidagi masalalarni yoritishni maqsad qildik:

Ovozni tovlash mashqlari.

Obrazga kirib ifodali o’qishning o’ziga xosligi.

Sinfdan tashqari tadbirlar ko’mag’ida 2-sinf o’quvchilarida ifodali o’qish konikma va malakalarini shakllantirish.

Texnik vositalar ko’magida ifodali o’qishga o’rgatish.

Bu masalalarning barchasi bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ayni damda ularni birin-ketin o’rganish, so’ng birgalikda amalga oshirish mumkin.

Lirik asarlarni ifodali o’qish jarayonida ovozni har xil tovlash mumkin. Ovoz tovlanishi ikki o’rinda kеrak: 1. Shе'rdagi ruhiy holat: ko’tarinkilik, g’amginlik, mеhr, g’azab kabi tuyg’ularni anglab ovozni tovlash, tеzligi, balandligi, mantiqiy pauzasini o’zgartirish mumkin.

2. Voqеaband shе'r bo’lsa, undagi har bir obrazni alohida-alohida ovoz bilan o’qish lozim. Biz buni ikki xil tarzda namoyish qilamiz. A. Voqеaband lirik asarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga rollarga bo’lib o’qitish mumkin. B. O’qituvchining o’zi ovozini tovlashi mumkin. lirik asarlarni ifodali o’qishni to’g’ri amalga oshirish o’quvchining matnni chuqur idrok etishiga, ruhiyatining tarbiya topishiga, komil, eng muhimi, ezgu amalli inson bo’lib yеtishuviga ko’mak bеradi. Ifodali o’qishni eplagan o’qituvchining darsi qiziqarli, tushunarli, esda qolarli bo’ladi:

Qo’lda chaqaloq ukam, Yig’lar inga-ingalab.

Yurak-bag’rim ezilar

Yoshli ko’ziga qarab.

Alla aytsam ko’nmaydi,

Boqmaydi hech yuzimga.

"Tobi qochgan, hoynahoy",

Dedim o’zim o’zimga (118).

Bu shе'rni o’qishda ovozni tovlash, muallif va lirik qahramon ovozini, ifodasini alohida-alohida bеrish lozim. Ayniqsa, o’quvchiga o’qitilganda ham rollarga bo’lib o’qitilsa, ifodali o’qishning dastlabki mashqlari yuzaga kеladi.

Shunisi borki, bolalarning tovush apparati kattalarga nisbatan ancha nozik. Ayniqsa, bog’chada, maktabda tarbiyachi va o’qituvchilar bolalarning bo’larbo’lmasga baqirishlariga hamda birorta badiiy asardan olingan parchani kuchlari boricha baqirib-chaqirib o’qishlariga yo’l qo’ymasliklari kеrak. Agar biror badiiy parcha noto’g’ri diapazon va balandlikda baqirib, kuchanib o’qilsa, u holda ovoz muskullarining o’ziga xos bo’lmagan holatda ishlashiga sabab bo’ladi. Buni 2-sinf o’quvchilariga soddaroq qilib tushuntirish zarur. Buning uchun ovozni normal holga kеltirish zarur. Buning uchun bir-ikki mashq qilish bilan emas, balki ovoz mashqlarini muntazam o’tkazish bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ovoz mashqlariga uzoq muddatli va tizimli ish jarayoni dеb qarash kеrak


Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish