Shaftoli
Yoshlikdan tarvaqaylabroq o'sgan Shaftoli sal voyaga yetgandan keyin o'zini ko'tara olmaydigan bo'lib qoldi. Unga tirgovuch qoyishga to'g'ri keldi. Shaftoli yana taltayib ketib, tirgovuchning ustiga o'zini tashladi-oldi. Bir kun tirgovuch "qirs" etib sindi-yu, shaftoli o'zini yerda ko'rdi.
Ikki daryo
Nega sen sekin oqasan-u, lekin kenja ukang Jilg'a esa shovullagani-shovullagan?
deb so'rashibdi daryodan.
Hali u sayoz-da, – deb javob qilibdi Daryo.
Ma’lumki, badiiy asarda hayot badiiy obrazlar orqali tasvirlanadi. Badiiy asar o’quvchi ko’z oldida yangi manzaralar, voqea va hodisalarni namoyon qiladi. Hayotning ana shu bir parchasini to’g’ri tasavvur etish, obrazlarni his qilish asar g’oyasini tushunganlig belgisidir. Adabiy asarni ifodali o’qish, badiiy obrazlarni so’z bilan gavdalantirish va asarning g’oyaviy yo’nalishini to’g’ri belgilash asosi hisoblanadi. Badiiy obrazni haqqoniy gavdalantirish uchun o’quvchi unga ham muallif ko’zi bilan, ham o’z nazari bilan qarashni o’rganishi kerak. Muallif munosabati va uning nuqtayi nazari asardagi tasvirga, voqealar, qahramonlar, obrazlarga singishgan bo’ladi: "Xo’roz shu zahotiyoq yong’oqning uchiga chiqib oldi. Bo’ri yugurib kelib, qo’yning bo’g’ziga yopishdi. U jon achchig’ida ma’rab yubordi. Qo’yning ovozini eshitib, Qoplon yugurib keldi. Bo’ri itni ko’rib o’ljani tashlab qochdi. Shunday qilib, it qo’yni halokatdan qutqardi. “Nodon do’stdan ziyrak dushman yaxshi”, deb shuni aytadilar-da!" (129-bet) Dastlab qo’rquv, vahima ohangi bo’ladi. So’ng bu kayfiyatni xotirjamlik egallab boradi. Maqol esa ibratomuz ohangda aytiladi. Bunda 2-sinf o’quvchilari obrazga kirib ifodali o’qishni o’rganadi. Buning uchun ovoz tovlash mashqlarini ham bajarsa, to’g’riroq bo’ladi.
2-sinf o’quvchilarini ifodali o’qishga o’rgatishda STI darslari ham ko’makka keladi. Bu darslarda darslikka kirmagan, ifodali o’qishga har jihatdan qulay eng yaxshi asarlarni tanlash zarur. Sinfdan tashqari tadbirlar esa o’quv yili davomida kamida ikki bor o’tkaziladi va u 2-sinf o’quvchilari ko’nglida bir umr qoladi. Bolalarni ifodali o’qishga har doimgidan ko’proq o’rgatadi. Aytaylik, Navro’z ayyomini o’tkazish mumkin. Undagi obrazlar olamini rang-barang qilish juda muhim. Misollarga e'tibor qiling:
Bahoroy:
Quyosh bobo, uyg’ona qolgin, Nurlaringni sen ishga solgin. Men Bahorman, ko’zingning nuri, Shu yurtniki qalbimning qo’ri.
Navro’zoyni izlab topaylik,
Dalaga gul to’shak yopaylik.
Ona-zamin uyg’ondi bugun, Teng bo’ladi kunduz bilan tun.
Quyosh bobo:
Xush kelibsan, erkatoy Bahor, Mana, bugun ko’rishdik diydor.
Qadamingga gullar intizor,
O’zbekiston chamanzor bo’lsin!
Go’zallikda tengi yo’q yurtdir,
Har qadaming baraka-qutdir,
O’zbekiston quvonchga to’lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |