2.Masal oʻqitish haqida
. Quyidagi satrlar masaldan olingan. Uning har bir satri har xil ohang bilan aytiladi. O’qituvchi o’zi chiroyli qilib, obrazga kirib o’qib bersa, 2-sinf o’quvchisi o’zlashtira oladi:
... Qarg’a bir kun allaqaydan Jindak pishloq topib oldi. Qo’noq tanlab qarag’aydan, Yemoqchiydi, o’ylab qoldi. Baxtga qarshi, o’sha yerdan O’tib borar edi tulki. Pishloq hidin sezib birdan Joyida taq to’xtadi-ku.
Axloqiy, satirik va kesatiq mazmunni kinoyaviy, majoziy obrazlarda aks ettiradigan, eski illatlarni, tovlamachi va yomonlarni, tarbiya ko'rmaganlarni tanqid qilishga qaratilgan kichik she'riy va nasriy asarlarga masal deyiladi. Masal badiiy adabiyotning poetik va prozaik shakllarida yaratiladi. Masalni ifodali o'qish katta mahorat talab qiladi. Unda tulki – aldoqchi, bo'ri – ochko'z, chayon – tili zahar, ilon – makkor, to’tiqush – gapdon, bulbul – g'azalxon, mayna – suxandon, ayiq – kuchli, arslon – zabardast, sher – qo'rqmas, qaldirg'och – mehrli, quyon – qo'rqoq, maymun – o'ylamay ish qiladigan kishilarga o'xshatiladi.
Masallarda yashiringan otkir kinoya, voqealarning tez-tez o'rin almashinib turishi uni bir tekisda o'qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o'qishda yetarli malaka hosil qilmagan o'quvchi, avvalo, matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim. Tanishish jarayonida o'quvchi personajlarning xarakter xususiyatlari va muallifning g'oyaviy niyatini aniqlaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan parcha L.A. Krilovning "Qarg’a
bilan Tulki" masalidan olingan.Muallif dastlabki satrlarda tugun hosil qi ladi. She'rxon ma'lumot berganday o’qiydi. 2-bandning oxirida muammo paydo bo’lishiga ishora qiluvchi ohang bo’lishi kerak edi. Masalda laqma va olg’ir o'rtasidagi azaliy ziddiyat ramziy tarzda tasvirlanadi. Jumladan, laqmalar qarg’a obrazi orqali gavdalantirilsa, tekinxo’r firibgarlar xushomadgo’y tulki timsolida if8oda etiladi:
Aylanayin, do’mboqqinam!
Qosh-u ko’zi munchoqqinam!
Biram go’zal pat-u boling,
Bo’yinlaring, qaddi-doling.
Ta'rifingga so’z yo’q, netay,
Girgittoning bo’lib ketay!.. (145-bet)
Bu masaldagi parchani ifodali o'qiganda ko'z o'ngimizga ayyor tulkining yaltoqlanishi keladi.
Masalni o’qish jarayonida ovoz tovlanishlari alohida o’rin tutadi. O’qituvchi o’zi bir necha obraz so’zini turli ovozlar yordamida rollarga bo’lib o’qib berishi mumkin, o’quvchilari yordamida o’qittirishi mumkin. Ikkala holda ham qahramon tabiatiga qarab ovoz tanlanadi. Oquvchiga turli xil masallarni o’qitib, mashq qildirish mumkin. Mashq: Quyidagi nasriy masalni o'qing. She'riy masal bilan nasriy masallarning ifodali o'qilishida qanday farq borligini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |