– hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan o‘tkazuvchi o‘ziga xos imtihondir.
Shu sababli ham ma’naviy-ruhiy tiklanish muammolari alohida ahamiyat kasb
etadi.
Xalqning milliy-ruhiy tiklanishi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
-
boy ma’naviyatimiz sarchashmalarining ko‘zlari qaytadan ochilganligi;
-
jahon madaniyati xazinasiga katta hissa qo‘shgan
buyuk ajdodlarimizning
ilmiy, madaniy merosi chuqurligi anglab olinganligi;
-
yoshlarni o‘z o‘tmishiga, milliy, diniy an’analariga hurmat bilan qarash, ularni
asrab-avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi;
-
o‘z millatining o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmatidan, obro‘-e’tiboridan
faxrlanish;
-
millat manfaatini himoya qilishdagi mas’uliyatni his etish va kelajakka ishonch.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, biron-bir jamiyat o‘zining ma’naviy va
axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay, hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini
tasavvur eta olmaydi. “Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming
yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat
qilgan. Uzoq davom etgan mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston
xalqi
avloddan avlodga o‘tib kelgan tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos
an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi”
1
.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bebaho madaniy va ma’naviy
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil
8 iyundagi Qaroriga asosan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik
markazi tuzildi. Uning faoliyat yo‘nalishi quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
- O‘zbekiston xalqining ma’naviy-madaniy merosi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhiga mos g‘oyalarni shakllantirish, tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
- yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan
istiqboli sari yo‘naltirish;
- millatlararo hamjihatlik va fuqarolar totuvligini ta’minlash va boshqalar.
Mustaqillikning ijtimoiy, ma’naviy mohiyati bevosita ommani fikrini
uyg‘otishda, xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi xususida qayg‘urish hissini
kuchaytirishdan iborat. Chunki, “....faqat ma’naviy sog‘lom,
kuchli jamiyatgina
islohotlarga tayyor bo‘lishi mumkin”
1
. Xalqimizga xos bo‘lgan milliy qadriyatlar,
an’analar,
uning
eng
yaxshi
hislatlari
jamiyatdagi
ma’naviy
birlikni
mustahkamlashga xizmat qiladi. Ana shunday xalqimizga xos bo‘lgan
xususiyatlardan biri ona zaminga, vatanga bo‘lgan hurmatidir.
Ona-vatan har bir kishining tug‘ilib o‘sgan xonadoni, yashash makoni -
qishlog‘i, shahri, o‘lkasi, yurtidan boshlanadi. “U insonning kindik qoni to‘kilgan
joy, insonni ijtimoiy yetimlikdan asrovchi manzil, har kimning birligini qadrlovchi,
o‘z-o‘ziga siyosiy bekligini ifodalovchi zamin, ma’naviy kamolot va fuqarolik
1
Karimov I. A. О‘zbekiston XH1 asr bО‘saђasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari. 137-bet.
1
Karimov I. A. О‘zbekiston buyuk kelajak sari, 306-bet.
maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat quchog‘idir”
2
. Shuning uchun
ham har bir inson o‘zining butun borlig‘ini,
dard-alamini, orzu-umidlarini vatan
taqdiri bilan bog‘lab kelgan. Vatanparvarlik – o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri
bilan bog‘lagan barcha kishilarga xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari,
shon-shuhrati, obro‘-e’tibori ham shu millat kishilari vatanparvarlik tuyg‘usining
darajasi bilan bog‘liqdir. U milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi
sifatida namoyon bo‘ladi.
Qadimda ota-bobolarimiz uchun vatanga, eliga muhabbat muqaddas tuyg‘u
edi. Ular vatan manfaatini, qadr-qimmatini, or-nomusini
hamma narsadan ustun
qo‘yishgan. Buyuk mutafakkirlarimiz tug‘ilib o‘sgan joylari nomini o‘zlariga
tahallus qilib, uni butun olamga mashhur qilishgan. Vatan manfaatlari yo‘lida
jonini qurbon qilishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishgan.
Vataniy birlik tarixan shakllangan. Inson o‘zining butun orzu-umidlarini
vatan taraqqiyoti bilan bog‘laydi. “Vatanparvarlik – bir ijtimoiy, etnik guruhga
mansub bo‘lgan kishilarning o‘z tarixini, tili, madaniyati, urf-odatlarini, milliy
obro‘si, qadr-qimmatini bilishi, hurmat qilishi, ularga tayanishi, boshqa xalqlarning
ham obro‘-e’tiborini, manfaatlarini hurmat qila bilishini ifodalovchi ma’naviy
fazilatdir”
1
.
Vatanparvarlik, vatanni ulug‘lashdan
tashqari, uning qadr-qimmatini,
mustaqilligini himoya qilishni ham o‘z ichiga oladi. Buning yorqin namunasini
To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin
Kubro, Amir Temur, Dukchi eshon, Behbudiy, Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Avloniy
singari buyuk ajdodlarimiz faoliyatlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Vatanparvarlik yetuk ma’naviyat belgisi, muayyan millat vakillarini aniq
maqsad yo‘lida birlashtiruvchi umummilliy g‘oya hamdir.
Hozir vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan chayqovchilik
qiladigan vatanfurushlar
yo‘q. Xalqimiz ikkita “vatan”da yashasada, o‘z vataniga ega bo‘lmadi. Shuning
uchun bu tizim tanazzulga yuz tutganida bitta-ikkita vatanfurushni hisobga
olmaganda hech kim motam tutmadi.
Davlat ramzlariga hurmat jahondagi barcha madaniy xalqlar e’tiqodidagi
an’ana bo‘lib, shaxs madaniyati, burch va mas’uliyat tuyg‘usi, vatanparvarlik
e’tiqodi darajasining belgisi bo‘lgan. Bugungi kunda har bir fuqaromizning davlat
ramzini qalbdan hurmat qilish, bayrog‘imizni muqaddas deb bilish,
madhiyani
yoddan ayta bilish, barqarorlikni, tinchlikni asrash ruhiyatini shakllantirish kabilar
milliy tarbiyamizda muhim vazifa bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: