Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Milliy ruhiy tiklanish - mustaqillikni mustahkamlash va taraqqiyotining



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana26.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#466660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
globallashuv jarayonining manaviyat rivojiga tasiri

2. Milliy ruhiy tiklanish - mustaqillikni mustahkamlash va taraqqiyotining 
zaruriy sharti.
 
Xalqning milliy-ruhiy tiklanishi jarayonida fuqarolarimizda millatparvarlik 
tuyg‘ularini shakllantirish ham muhim ahamiyatga egadir. Millatparvarlik o‘z 
millatini boshqa millatlardan ustun qo‘yish kabi jirkanch shovinistik harakatlardan 
keskin farq qiladi. Millatparvarlik o‘z millatining birligini mustahkamlash, o‘z tili, 
urf-odatlari, an’analarini rivojlantirish, qadriyat va merosini ko‘z qorachig‘iday 
asrash, o‘z millatining kelajagi uchun xizmat qiluvchi aql-zakovat salohiyatini 
rivojlantirish va milliy tarbiyani amalga oshirishda fidoyi bo‘lishdir. 
Millatparvarlik – o‘z xalqining tarixi, taqdirini bilish, uning manfaatlarini har 


qanday sharoitda himoya qilishga tayyor bo‘lishdir. Bu milliy-ruhiy tiklanish 
jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan tashqari xalqparvarlik, mehnatsevarlik 
kabi yo‘nalishlar ham borki, ularning yechimida milliy qadriyatlar, an’analar, urf-
odatlarning tutgan o‘rni kattadir. Jamiyatda ishlab chiqarish qay darajada ahamiyat 
kasb etsa mazkur jamiyatning ma’naviy hayoti, madaniyati an’analari ham 
shunchalik muhimdir. “Inson hayotining bu nozik va murakkab tomonlari bilan 
hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltiradi. Binobarin, bu 
kamchiliklarni tuzatish uchun juda katta mehnat qilishimiz kerak”
1
. Birinchi galda 
madaniyatimizga, ma’naviy merosimizga, urf-odatlarimizga, an’analarimizga, 
qadriyatlarimizga e’tibor berishimiz lozim. Bu xazina asrlar davomida to‘plangan, 
tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan, xalqimizga og‘ir damlarda madad bo‘lgan. 
Hozirgi davr sharoiti yetuk, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashdek ulkan bir 
vazifani keskin qilib qo‘ymoqda. Ommani, ayniqsa yoshlarni milliy an’analar, 
qadriyatlar asosida tarbiyalash - bu ulkan vazifani o‘zagining tarkibiy qismini 
tashkil qiladi. “Shuni alohida ta’kidlash lozimki” - degan edi I. Karimov “Sog‘lom 
avlod uchun” ordenini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida, - xalqimiz 
tarixning mashaqqatli sinovlari osha o‘zining ana shu olijanob xususiyatlariga 
zavol yetkazmay saqlab kelmoqda. Ajdodlarimiz o‘z nasllarini umuminsoniy 
tuyg‘ular, o‘lmas Sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib 
kelganlar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida tilimizni, dilimiz va dinimizni, 
o‘zbekning o‘zligini har tomonlama asrab-avaylab, barkamol avlodlarni voyaga 
yetkazdilar. Bunday fazilatlar asl e’tiboriga ko‘ra bizning zahmatkash xalqimizga 
munosibdir va bu bilan har qancha g‘ururlansak arziydi”
1

Har bir xalq yoki elat dastavval tarixiy madaniy birligi bilan ajralib, o‘ziga 
xos xususiyatlarini saqlab kelgan. Bu xususiyatlar ayrim ehtiyojlarni qondirishdagi 
faoliyat va uslub bilan ko‘zga tashlanadi. Xalqlar turli davrlarda turli xil 
muammolarni hal qilishgan. Bu jarayonda esa o‘ziga xos vosita va uslublardan 
foydalanishgan. Ular turli xil geografik muhit va iqtisodiy sharoitlarda yashagan. 
Mana shu xususiyatlarga va tarixiy tajribalarga asoslangan holda har bir millatda 
milliy ong, milliy qiyofa shakllanadi. Shuning uchun ham tariximizni, milliy 
madaniyatimizning xususiyatlarini, imkoniyatlarini, xalqimizning turmush tarzini, 
an’analarini to‘g‘ri yoritish lozim. Agar biz tariximizni tiklasak, madaniy-
ma’naviy merosimizni, an’analarimizni xalqimizga qaytarsak, unga to‘g‘ri 
munosabatda bo‘lib obyektiv holda o‘rgansak, shuning o‘zi kishilarni tarbiyalaydi. 
An’analarni, qadriyatlarni asrab-avaylab, boyitib keyingi avlodga yetkazish millat 
ravnaqining eng muhim omili hisoblanadi. “Ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-
odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimiz qayta tiklanganda islohatlar 
muvaffaqiyatga erishadi. o‘ta o‘qimishli, ruhan bardam va jismonan baquvvat 
kishilargina istiqlol va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘ta oladi. Sarchashmalari buyuk 
ajdodlarimizning tafakkurlari va muddaolaridan boshlanadigan xalqimizning 
ma’naviy qadriyatlari iqtisodiy o‘zgarishlarimizning mustahkam poydevori bo‘lib 
xizmat qiladi”
1
. Millat mavjud ekan milliy qadriyatlarimizning ahamiyati aslo 
1
Karimov I. A. Istiklol va ma’naviyat. 65-bet. 
1
Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. 65- bet. 
1
Karimov I.A. О‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yо‘nalishlari. Toshkent “О‘zbekiston” 1993. 19-bet. 


kamaymaydi. Umuman olib qaraganimizda, milliy qadriyatlar har bir millatning 
mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilab beruvchi 
asosiy mezonlardan biridir. 
Shuningdek, xalqning milliy-ruhiy tiklanishi milliy manfaatlarning anglab 
olinganlik darajasini ham ifodalaydi. Milliy manfaatlarning gnoseologik, ijtimoiy-
siyosiy ildizlarini, mohiyatini tahlil qilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga 
ega. 
Ko‘rinib turibdiki, milliy o‘z-o‘zini anglash milliy manfaatlarni anglash 
yagona omili emas. U subyektiv omil hisoblanadi. Milliy manfaatlarning asosiy va 
hal qiluvchi sharti esa jamiyat oldida turgan iqtisod, siyosat, ma’naviyat borasida 
amalga oshirish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni anglab olishda namoyon bo‘ladi. 
Xalqimizning an’anaviy tus olgan jihatlaridan biri-uning ulug‘ niyatlar bilan 
yashashi, kelajakka ishonch bilan boqishidir. “Niyating-yo‘ldoshing”, “yaxshi 
niyat-yarim davlat” kabi xalqdagi hikmatlar amaliy hayotimizdan kelib chiqqan. 
Kelajakka ishonch ruhida yashash, mehnat qilish, yoshlarni ham shunga o‘rgatish 
xalqning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qo‘shadi, jamiyatdagi barqarorlikning 
manbaidir. 
Xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchiga, faoliyatiga, maqsad va 
intilishlariga iymon, e’tiqod, vijdon, ixlos kabi milliy qadriyatlarimiz asos bo‘la 
oladi. Iymon arabcha so‘z bo‘lib, ishonch ma’nosini anglatadi. Iymon insonning 
o‘z e’tiqodiga tayangan holda o‘zgalar va o‘z faoliyatiga munosabat bildirishidir. 
Iymonning diniy talqini ham, dunyoviy talqini ham inson faoliyatini oqilona 
boshqarish, jamiyat hayotida tinchlik, adolat, insonparvarlik, halollik singari 
fazilatlarni shakllantirishga, odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan olib borishga qaratilgan 
ma’naviy qadriyatlar tizimidir. Iymon insondagi alohida fazilat emas, balki yetuk 
ma’naviyat normalarining muayyan tizimidir. U inson qalbida e’tiqod bilan 
bog‘lanib tomir otadi. o‘z navbatida e’tiqod ixlos zaminida shakllanadi. Ixlos har 
bir g‘oya, tushuncha, bilim e’tiqodga aylanishidagi bir bosqichdir. Ixlos insonning 
g‘oyani ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni odob-axloq normalarini 
o‘z faoliyatiga asos qilib olishga intilishidir. 
Xalqimizning milliy ruhiy tiklanishi suvga, yerga, tabiat boyliklariga hurmat, 
ularni asrab-avaylash xalqimizning azaliy an’analariga bo‘lgan munosabatini ham 
belgilaydi. Zardushtiylar yer, suv, havoni muqaddas deb bilishgan. Atrof-muhitni 
muqaddas deb bilishgan. Atrof-muhitni himoya qilish, asrash qoidalarini 
buzganlarga chora ko‘rishgan. “Avesto” o‘sha davrdagi kishilarga “inson butun 
umri davomida suv, tuproq, olov umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok 
va but-butun asrashga burchlidir” deb ta’lim beradi. Inson o‘zi o‘sib ulg‘aygan 
zaminni sevsa, atrof muhitni toza saqlasa bu bilan u Vatan oldidagi burchini 
bajargan hisoblangan
1
. Xalqimiz yaqin yaqingacha farzandlarini suvga hurmat 
ruhida tarbiyalab kelishgan. Ariq yoki buloqqa yetti qadam qolganidan keyin yerga 
tufurish gunoh hisoblangan. Ariqlarga axlat tashlanmagan. Vodoprovod kirib 
kelgani uchunmi, yo bo‘lmasa boshqa narsa sabab bo‘ldimi bu an’analar ko‘pchilik 
joylarda e’tibordan chetda qolib ketdi. Kanallar axlatlarga to‘lganligi bois suv 
1
Karang: Yо‘ldoshev J., Xasanov S. Avestoda axloqiy ta’limiy karashlar. Toshkent “О‘qituvchi” 1992,. 


oqmasdan tagi bilan qorayib ketgan. Bu suvni ichish yoki qo‘l-betni yuvish u 
yoqda 
tursin, 
uni 
hayvonlarga 
berib 
bo‘lmaydi. 
Har 
kim 
har 
xil 
foydalanayotganligi bois vodoprovod suvi ko‘chaning narigi betiga yetib ham 
bormaydi. Bunisi ham yetmaganidek, korxonalarda ham o‘z chiqindilarini daryoga 
oqizish hollari davom etmoqda.
Jamiyatning milliy-ruhiy tiklanishi uning a’zolarining bilim, ilm, amaliy 
malaka va iste’dodga intilishlarida ham namoyon bo‘ladi. Kishilarning ilm bilan 
bog‘liq amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirmasdan turib jamiyat taraqqiyotini 
tasavvur etish mumkin emas. 
Odat tusiga kirgan urf-odatlar, marosimlar kishilar xulq-atvorini boshqarar 
ekan, faqatgina jamoatchilik fikrigina emas, balki qaror topgan qonun qoidalar 
kuchini ham hisobga olgan. Vatanga sadoqat, ota-ona va keksalarga hurmat 
bolajonlik, kabi fazilatlar ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan bayram va marosimlarda 
namoyish qilingan. Asrlar osha saqlanib kelayotgan, ijtimoiy jihatdan katta 
ahamiyat kasb etgan urf-odatlardan biri og‘ir damlarda o‘z yaqinlarining gadolik 
yoki daydilik qilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Mabodo shunday vaziyat yuz bergudek 
bo‘lsa, uning isnodi barcha qarindoshlarga, mahallaga kelgan. Bunday urf-
odatlarning ijtimoiy ahamiyati bugungi kunda ham ko‘pgina muammolarni 
yechishi mumkin. Ko‘cha ko‘ylardan tortib metropoliten vangonlarigacha har xil 
yoshdagi tilanchilar uchrab turgan bir paytda ushbu urf-odatlarga loqaydlik bilan 
qarash holatlari davom etmoqda. 
Urf-odatlar, an’analar xalqning o‘tmishini bugun bilan, bugungi kunni 
kelajak bilan bog‘laydi. Urf-odatlarni asrab avaylashdan maqsad, uni kelgusi 
avlodga yanada boyitgan holda topshirishdir. Faqatgina boyitgan holda kelgusi 
avlodga topshirish emas, balki ayni paytda ulardan xalqni jipslashtirishda, 
uyushtirishda, barqarorlik va tinchlikni saqlashda va boshqa muammolarni hal 
etishda ulardan foydalanish ham lozim. 
An’ana va urf-odatlarni boyitish degani bu ularning sonini ko‘paytirishdan 
iborat emas. An’ana o‘ylab chiqarilmaydi yoki tepadan buyruq berish orqali ham 
amalga oshirilmaydi. 
Avlodlar turli tarixiy davrlarda, turlicha bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy va ruhiy 
vaziyatlarda yashashadi. Ular turli ko‘rinishlardagi siyosiy va iqtisodiy 
muammolarga duch kelishadi. Va bu muammolarni ular har xil ma’naviy vositalar 
va uslublar yordamida yechishadi. Bir qator jiddiy muammolarni yechishda ko‘p 
bor ijobiy natijalar bergan ma’naviy omillar qadriyat va an’analar tusini olgan va 
avloddan avlodlarga o‘tgan.
Xalqimizning ma’naviy tiklanishining yana bir manbai, unga xos bo‘lgan 
yana bir xususiyat - bu xalqimizning etnik-madaniy va diniy sabr-bardoshligidir. 
“Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va 
turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib keldi. Etnik sabr-
toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur 
tabiiy meyorlarga aylandi”
1

1
Karimov I. A. О‘zbekiston buyuk kelajak sari, 528 bet. 


Bu o‘lkada yashagan xalqlar bir-birining madaniyatini boyitgan. Turli din 
vakillari bu o‘lkada inoq yashab kelmoqda. Ko‘p millatli jamiyatimizda ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi, fuqarolar o‘rtasida tinchlikning saqlanganligi 
milliy taraqqiyotning shartidir.
Hozirgi davrda ma’naviyat masalasi mastaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari 
ishonch bilan borishning oqilona yo‘lidir. Yetuk ma’naviyat sohibi bo‘lgan 
xalqgina kelajak tomon aniq maqsad sari ahillik bilan bora oladi. 
Milliy g‘urur tuyg‘usining yana bir jihati shundaki, u shaxsning o‘zi yashab 
turgan zaminga, fuqaroligi dahldor bo‘lgan mamlakatga munosabat belgisini ham 
qamrab oladi. “Milliy iftihori kuchli bo‘lgan shaxs o‘z mamlakati bilan faxrlana 
oladi va uning taqdiriga befarq qaray olmaydi. Milliy iftixori kuchli bo‘lgan shaxs 
istiqbolni chuqurroq anglaydi. Uning ertasi bugunidan ko‘ra mukammalroq 
bo‘lishiga intiladi”
1
. Milliy iftixor eng avvalo milliy o‘zlikni anglash, milliy 
ravnaqni ta’minlash yo‘lidagi intilish, o‘z millati oldidagi ma’suliyatdir. Milliy 
iftihor egasi bo‘lgan kishi eng avvalo o‘z millati o‘tmishini yaxshi bilgan, uni 
qadrlay oladigan va uni boyitib boradigan insondir. o‘z xalqining tarixini, milliy 
qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan va qadrlamagan, milliy 
mansubligini unutgan, o‘z millatining istiqboli uchun qayg‘urmaydigan, 
kurashmaydigan kishilarda milliy g‘urur ham, millati bilan faxrlanish ham, 
millatparvarlik ham bo‘lmaydi.
Milliy mustaqillikni mustahkamlashda xalqning milliy ruhiy tiklanishning 
ahamiyati to‘g‘risida gapirar ekanmiz, xulosa tariqasida quyidagi fikrlarni aytib 
o‘tish mumkin. 
Avvalambor, Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganidek, biron-bir jamiyat ma’naviy 
imkoniyatlarini odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay 
hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqimizning 
ma’naviy merosi, urf-odatlari, an’analari ming yillar mobaynida sharq xalqlari 
uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillikning ilk 
kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho ma’naviy va madaniy 
merosni tiklash, uni xalqimizga qaytarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 
“Xalqimizning kelajagi, eng avvalo, uning o‘ziga, ma’naviy qudratiga va milliy 
ongining ijodiy kuchiga bog‘likdir. Moddiy farovonlikka intilish millatning 
ma’naviy va aqliy o‘sish ehtiyoji g‘ov bo‘lmasligi lozim. Ma’naviylik va 
ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli 
o‘ziga xos xususiyati bo‘lib keldi”
2
. Shu xususiyatdan kelib chiqqan holda 
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. Bu markaz yuksak 
tafakkur sohiblari ma’naviy, ilmiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo‘naltirish 
lozim. 
Ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalardagi muammolarni hal qilishda 
xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchi muhim rol o‘ynaydi. Bugungi 
kunimizning kechagi kunimizdan farqi shundaki, odamlarning tafakkuri yuksalib
hayotga munosabati o‘zgarib bormoqda. o‘tmish qoliplaridan voz kechgan 
1
Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyђusi 298-bet 
2
Karimov I.A. Œzbekiston buyuk kelajak sari. 535-536 betlar. 


jamiyatimiz a’zolari hayotdagi o‘z o‘rnini yangicha tasavvur etmoqda. O‘z kuchiga 
ishonchi ortmoqda.
Kishilar hayotida umuminsoniy demokratik qadriyatlar mustahkamlanmoqda. 
I.Karimov O‘zbekistonni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarga, 
chiqarilgan xulosalarga to‘xtalib shunday degan edi: “Bu yillar davomida biz 
erishgan eng katta va eng muhim yutuq – bu aholining faolligi oshayotgani, 
hayotimizni isloh etish va yangilash zarurligiga, mamlakatimizning kelajagiga 
bo‘lgan qat’iy ishonchlikdir”
1
. o‘tmishdagi xalqimizning davlatchilik, ilmiy va 
ma’naviy merosi bu ishonchning negizini tashkil etadi. Shu bois tarix, falsafa, 
ma’naviyat va ma’rifat kursi kabi fanlarga e’tiborni kuchaytirish lozim. Bu fanlar 
xalqimizning o‘tmishi, buguni, kelajagi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘lmish mafkuraning 
xalqimizga singishida muhim o‘rin tutadi.
Uchinchidan, xalqimizning milliy-ruhiy tiklanish milliy manfaatlarimizni anglab 
olishimizga katta yordam beradi. Manfaat bor joyda intilish bo‘ladi. U jamiyat 
hayotining barcha sohalaridagi vazifalarni qamrab oladi. Bu yo‘lda barcha millat 
vakillarini birlashtirishga xizmat qiladi. Xalqimizning milliy-ruhiy tiklanishi 
amalga oshirilayotgan barcha islohatlarning negizini tashkil etadi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish