Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


SHAROITIDA INSON MA’NAVIYATIGA TAXDIDLAR VA UNGA



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana26.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#466660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
globallashuv jarayonining manaviyat rivojiga tasiri

SHAROITIDA INSON MA’NAVIYATIGA TAXDIDLAR VA UNGA 
QARSHI KURASH USULLARI. 
1. Yoshlar ma’naviyatiga mafkuraviy tahdidlarga qarshi g‘oyaviy tarbiya 
vositalari. 
2. Milliy ruhiy tiklanish - mustaqillikni mustahkamlash va taraqqiyotining zaruriy 
sharti.
3. Ma’naviy tarbiya millit ma’naviyati barhayotligining muhim omili. 
III-BOB. GLOBALLASHUV JARAYONINING MA’NAVIYAT RIVOJIGA 
TA’SIRINI 
O‘QITISHDA 
ILG‘OR 
PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
1. Globallashuv jarayonining yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sirini o‘rganish 
yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar. 
2. Mavzu yuzasidan dars ishlanmasi. 
XULOSA 
 
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR RO‘YHATI
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 
 
 


KIRISH 
Muammoning dolzarbligi
. Biz yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini 
tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani o‘z bo‘ynimizga olganmiz. Bu ishda har qaysi 
ota-ona, ustoz-murabbiy, mahalla oqsoqoli va faollarining yakdil va uyg‘un 
faoliyati muhimdir. Zotan, Prezident yozadi: “Biz xalqimizning dunyoda hech 
kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va 
albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar 
etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos 
ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va 
mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zbo‘larchilikka 
tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan 
oziqlangan ma’naviyatimizda, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz 
intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”
1

Zero, bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir 
bo‘shliq paydo bo‘ldimi, hech shubhasiz uni albatta kimdir to‘ldirishga harakat 
qiladi
2
. Mafkuraviy tazyiqning yadroviy quroldan ham xavfliroq ekanligi ayon 
bo‘lib qolayotgan xozirgi davrda yoshlarning ongini g‘oyaviy zaxarlanishdan 
muxofaza qilish hayotiy zaruriyatga aylanib qolmoqda. Bozor “talablariga” 
moslashtirilgan “ommaviy san’at na’munalari” ko‘plab yoshlarni ohangraboday 
o‘ziga rom qilayotgan sen ham bizday yasha, andoza ol, o‘zgaligingni unut 
qabilidagi, ur-yig‘it, faxsh, parnofilmlar globallashuvining soya tomoni, medalning 
orqa tomonidir. Mafkuraviy immuniteti bo‘lmagan yosh qalblar ongi bundan tezda 
zaxarlanishi tabiiy xol. 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib 
borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq 
qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va 
siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar 
bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak 
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, Ma’naviyat, 2008, 4-bet. 
2
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, Ma’naviyat, 2008, 12-bet. 


texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv 
davri sifatida izohlamoqda. Ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi 
sharoitida mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilanadi; 
Birinchidan, Sobiq ittifoqning qulashi natijasida nafaqat O‘zbekistonda, 
balki barcha sobiq ittifoqdosh respublikalarda ma’naviy-mafkuraviy sohalarda 
bo‘shliq yuzaga kela boshladi. Bu jarayon o‘z navbatida bir tomondan kishilar 
dunyoqarashida qat’iyatsizlik alomatlarining kelib chiqishiga sababchi bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan esa ma’naviy-g‘oyaviy sohaga ekstremistik kayfiyatlarning 
kirib kelishiga imkon hosil qildi. Bu esa O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga, 
milliy taraqqiyotiga katta xavf hisoblanadi.
Ikkinchidan, globallashuv sharoitida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy 
sohalardagi muammolarni hal qilish, milliy birlikni shakllantirish, mamlakatda 
siyosiy 
barqarorlikni 
ta’minlashda 
yuksak 
ma’naviyat 
imkoniyatlaridan 
foydalanish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uchinchidan, bu salohiyat yoshlarni o‘z Vataniga, xalqiga bo‘lgan 
muhabbatining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Ularning yangi demokratik 
jamiyatni barpo etishda faol, jonkuyar inson bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat 
kasb etadi.
To‘rtinchidan, hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurashning 
namoyon bo‘lish xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda: dunyoning 
mafkuraviy manzarasining o‘zgarib borishi; geopolitik maqsadlar va mafkuraviy 
siyosatning u: dunyoning mafkuraviy manzarasining o‘zgarib borishi; geopolitik 
maqsadlar va mafkuraviy siyosatning uyg‘unlashib borishi; mustaqillikni qo‘lga 
kiritgan mamlaktlarada mafkuraviy tamoyillar ahamiyatini oshib borishi
mavkuraviy jarayonlarning globallashuvi va shu kabilar.
Beshinchidan, XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi
o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la chetda qolishning 
imkoni yo‘q, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko‘proq 
uchrab qolishi mumkin.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish