Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


II-BOB. MAFKURAVIY JARAYONLARNING GLOBALLASHUVI



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana26.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#466660
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
globallashuv jarayonining manaviyat rivojiga tasiri

II-BOB. MAFKURAVIY JARAYONLARNING GLOBALLASHUVI 
SHAROITIDA INSON MA’NAVIYATIGA TAXDIDLAR VA UNGA 
QARSHI KUPASH USULLARI. 
 
 2.1. Yoshlar ma’naviyatiga mafkuraviy tahdidlarga qarshi g‘oyaviy tarbiya 
vositalari. 
Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan, 
demokratik, huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan 
mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Zero, 
ko‘zlangan 
maqsadlarga 
ushbu 
orzu-umid 
va 
intilish-larni 
o‘zida 
mujassamlashtirgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo‘lmish milliy mafkura 
va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq.
«Men, - deb yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz 
uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat 
masalasidir»degan fikrini ko‘p mushohada qilaman.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun 
qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham 
shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir»
7
.
Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakllarining 
xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi. Zero, Prezidentimiz 
ta’kidlagandek, ularga g‘oya va ma’rifat yo‘li bilan qarshi kurashish lozim.
O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirishda, Ozod va obod Vatanni 
yaratishda, erkin fikrlay oladigan insonlarni shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni kuchaytirish katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham ularni 
kuchaytirish bugungi kunning dolzarb muammolarga aylandi. Prezidentimiz 
bugungi kundagi muhim vazifalardan biri yoshlarni har jihatdan tarbiyalab, ularni 
O‘zbekistonning ravnaqi yo‘lida fidoyi insonlarga aylantirish masalasida ekanligini 
doimo ta’kidlab kelmoqdalar. 
Prezidentimiz ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda 
tarbiyachi ustozlarning, ota-ona ibratining, ijodkorlarning, oilaning, ota-ona 
ibratining, mahallaning, madaniy-oqartuv muassasalarining o‘rni katta ekanligini 
doimo ta’kidlab kelmoqdalar. Mana shu omillar ajdodlarimizning ma’naviy 
merosini avaylab asrashda, ularni yanada boyitishda jamiyatdagi amalga oshirilgan 
yangilanishlarda o‘ziga yarasha katta ahamiyatga egadir. Jamiyatning yuksalib, 
o‘zgarib borishini asosiy sababchisi bo‘lgan voyaga yetib kelayotgan yoshlarning 
ma’naviy tarbiyasi doimo juda dolzarb bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham unga 
katta e’tibor berib kelinmoqda. Chunki yoshlar ajdodlarimiz boy ma’naviy 
merosini avaylab asrovchilar, ularni yanada rivojlantiruvchilardir.
O‘zbekistonning ertangi kunga bo‘lgan yoshlarni ma’naviy barkamol yetuk 
insonlar sifatida voyaga yetkazib berishni ta’minlash barchamizning burchimiz va 
vazifamizdir.
7
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent, Ma’naviyat, 2008. 66-b 


Ushbu jarayonda hech kim tashqarida qolishi kerak emas. So‘nggi vaqtlarda 
hayotimizda yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar 
ko‘zga tashlanmoqda. Ular ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda 
yoshlarimizning qalbini egallashga ularning hayotiga singib kirib borishga harakat 
qilishmoqda. Yoshlarni ma’naiy jihatdan buzishga sababchi bo‘lgan bunday 
holatlarni oldini olish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligida gapirib 
Prezidentimiz shunday deydilar: «Barchamiz –qayerda, qanday lavozimda 
ishlamaylik, jamiyatimizning insoniylik va axloqiy aqidalarini poymol qiladigan 
ana shunday tajovuzkorlik ko‘rinishlariga qat’iy ravishda qarshi turishimiz lozim. 
Bunday munosabat jamoatchiligimiz, xalqimizga ham ma’qul bo‘ladi, deb 
ishonaman»
8

Yoshlarning ma’naviy jihatdan yuksalib borishiga qaratilgan tarbiya uzluksiz 
bo‘lishi kerak. Bunday mas’uliyatsiz jarayon tanaffuzsiz davom etishi kerak va 
hech qachon bo‘shliqqa o‘rin qoldirish kerak emas. O‘zbekiston yoshlar 
mamlakatidir. Yurtimizning ertangi kuni bo‘lgan mana shu yoshlarni ma’naviy 
yetuk insonlar sifatida voyaga yetkazib borilishi jamiyatdagi yangilanishlarning 
yanada samarali bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. 
Jamiyat a’zolarining yuksak ma’naviyatini ifodalab beruvchi xususiyatlardan 
biri ularning ma’naviy merosga bo‘lgan munosabatlari bilan birga o‘z ona tilisiga 
bo‘layotgan munosabatidir. Har bir insonni o‘zligini anglay olishi, milliy 
mentaliteti ajdodlar va avlodlar o‘rtasidagi ruhiy va ma’naviy bog‘liqlik doimo til 
orqali namoyon bo‘lib kelgan. Inson dunyoga kelishi bilan uning voyaga yetib 
borish jarayonida barcha ezgu fazilatlar va xislatlar insonning qalb qo‘riga o‘z 
xalqining ona tilisi orqali kirib boradi. Ajdodlarimiz asarlar mobaynida yangi 
tug‘ilgan go‘dak qulog‘iga azon aytib kelishgan, go‘daklik chog‘idayoq ona tilida 
alla eshitgan. Har bir millatning o‘z ona tilisi mavjuddir va bu til ularning ruhi va 
g‘ururidir. Tilini yo‘qotgan, undan ayrilgan xalq o‘z g‘ururidan ayriladi. Qaramlik 
yillarida xalqimizning ona tiliga bo‘lgan xurujlardan ham g‘arazli maqsadlar 
ko‘zlangan edi, tilni yo‘qotmaslik o‘zlikni yo‘qotmoqlikdir ona tilimizni avaylab 
qolish va uni mavqeini oshirish maqsadida 1989 yilda ona tilimizga davlat tili 
maqomi berildi. 1992 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. 
Qaramlik yillarida Sovet tizimi ko‘plab xalqlarning tillariga tazyiqlarni 
kuchaytirgan, ularning mavqeini tushirishga harakat qilgan edi. Ona tiliga hurmat 
yuksak ma’naviyat belgisi bo‘lganligi uchun ham mustaqillikning ilk kunlaridanoq 
ko‘p millatli O‘zbekistonda ko‘plab millatlar o‘z ona tilisini mavqeini oshirish 
imkoniga ega bo‘ldilar. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘plab millatlar o‘z ona tilisida ilm olish 
imkoniga ega bo‘ldilar, bugungi kunda ko‘plab millatlar o‘z ona tilisida gazeta va 
jurnallar chiqarish imkoniga ega bo‘ldilar. Bularning barchasi yurtimizda 
millatidan qat’iy nazar har bir insonni ma’naviy jihatdan voyaga yetkazishga 
qaratilgan siyosatdir. 
8
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 80-b 


Turli millat vakillarining o‘zga millat vakillarining tilini hurmat qila bilishi 
ham yuksak ma’naviyat belgisidir. Mustaqillik yillarida ko‘p millatli 
O‘zbekistonda turli millat vakillarining davlat tiliga hurmatda bo‘lib kelishi amalda 
o‘z o‘rnini topib kelmoqda. Bugungi kunda ko‘plab xujjatlar davlat tilida 
rasmiylashtirib kelinmoqda. Ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan ona 
tilimizni avaylab asrash uni hayotda keng qo‘llay olishlik ham yuksak ma’naviyat 
belgisidir.
Mustaqillik yillarida Sovet tizimi olib borgan siyosat oqibatida ona tiliga 
munosabat borasidagi illatlarga barham berishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. 
Bugungi kunda ona tilimiz hayotimizni barcha sohalarida ta’lim va tarbiya 
jarayonlarida keng qo‘llanib kelinmoqda. Bugungi kunda jamiyatimizda til 
madaniyatini yanada oshirish sohasida ko‘plab ishlar qilinishi zarurligi sezilmoqda. 
Ona tilining hurmat qilinishi hayotda keng qo‘llanilishi uning mavqeini oshirish 
bilan birga inson ma’naviy kamolotining omillaridan biriga aylandi. 
Insonning ma’naviy kamolotini ifodalab beruvchi fazilatlardan jamiyatning 
yangilanishini ta’minlab beruvchi omillardan biri- Vatanga muxabbat tuyg‘usini 
his qila bilishlikdir. 
Vatanga muhabbat tuyg‘usi tug‘ma xususiy emas, balki ulg‘ayib borish 
jarayonida shakllanib inson yuragiga chuqur singib boruvchi fazilatdir. Vatan 
tuyg‘usini his qila bilishlik muqaddas tuyg‘u va yuksak ma’naviyat belgisi ekanligi 
to‘g‘risida gapirib, Prezidentimiz shunday dedilar: «Barchamizga ma’lumki, inson 
o‘zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga 
muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi. Bu ildiz qonga teran bo‘lsa, tug‘ilib 
o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi»
9

Har bir inson uchun o‘zi tug‘ilib o‘sgan, yashab kelayotgan Vatani 
muqaddasdir. Mana shu Vatanning bugungi kuni va kelajagi uchun qayg‘urishni 
his eta olishlik insonning ma’naviyati qanday darajada ekanligini belgilab beradi. 
O‘z Vatanining ertangi kuni uchun qayg‘ura oladigan inson yuksak ma’naviyat 
sohibidir. O‘z Vatanidan faxrlanish hissi har bir insonning qalbida yuragida 
bo‘lishi lozim. Ko‘p millatli O‘zbekistonda har bir fuqaroning yuragiga va qalbiga 
yagona Vatan tuyg‘usini singdirib borish tarixiy zaruriyatdir. 
O‘zbekiston yoshlar mamlakati bo‘lganligi uchun ham ularni Vatanga 
muhabbat ruhida tarbiyalab borishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. 
Ulg‘ayib kelayotgan yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash har bir 
fuqaroning burchi va vazifasidir. Vatanimiz tarixini mukammal o‘rganish, ulug‘ 
allomalarimizni bilib borish har bir insonda o‘z Vatanining o‘tmishi bilan 
g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirib beradi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dunyoviy taraqqiyotga, uning eng ilg‘or 
yutuq va natijalariga tayanadigan dunyoviy davlatni barpo etishga harakat 
qilinmoqda. Dunyoviy davlatni onsonlik bilan va qisqa muddatda yaratib 
bo‘lmaydi. Bunday davlat mustahkam omillarga asoslangan omillar qatoriga biz 
9
9
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 90-b 


uchun muqaddas bo‘lgan islom dinini va diniy qadriyatlarni ko‘rsatib o‘tsak 
bo‘ladi. 
Tariximizga nazar tashlar ekanmiz, mintaqamiz tarixida qudratli davlatlarning 
yuzaga kelishida diniy qadriyatlarning o‘rni kattaligini ko‘rib o‘tsak bo‘ladi. 
Hayot tajribasi shuni isbotlab berdiki dunyoviy va diniy qadriyatlarga 
suyangan holda yuzaga kelgan davlatlar qudratli va kuchli bo‘lgan, ular tarixda 
uzoq vaqtlar davomida yashab kelgan. 
Prezidentimiz jamiyatimizdagi amalga oshirgan milliy urf odatlarimizning, 
milliy qadriyatlarimizning o‘rni katta ekanligini ham alohida ta’kidlagan. 
Mustaqillikning 
ilk 
kunlaridanoq 
O‘zbekistonda 
jamiyat 
hayotini 
demokratiyalashtirishga, jamiyat tafakkurini butunlay yangilashga katta e’tibor 
qaratib kelmoqda. Bu boradagi yangilanishlarni amalga oshirishda dunyoning 
taraqqiy etgan mamlakatlarning hayotiy tajribalaridan foydalanishga katta e’tibor 
qaratilmoqda. 
Jamiyat hayotini demokratlashtirish, jamiyat tafakkurini yangilash, qisqa 
muddatda amalga oshirilmaydi, balki uzoq davom etadigan uzluksiz jarayondir. 
Mana shunday jarayonda barcha fuqarolarning mas’uliyatni his qilgan holda ongli 
ravishda ishtirok etishlari katta ahamiyatga egadir. Milliy qadriyatlar, yuksak 
ma’naviyat bugungi kunda O‘zbekistonni yangi ijtimoiy –siyosiy tuzum talablari 
doirasida umumiy yangilanishlarni muhim bo‘g‘iniga aylantirildi.
Ma’naviyat sohasidagi yangilanishlar O‘zbekistonda jamiyat hayotini 
demokratiyalashtirishda katta rol o‘ynadi fuqarolarning ma’naviy darajasi 
jamiyatning umumiy holatini o‘zgartiradi. Yangilangan axloqiy yetuklik, yuksak 
ong, ma’naviy kamolot Ona Vatanimizning taraqqiyoti belgilaydi. Uning 
taraqqiyotini yangidan yangi imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda 
yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratiyalashtirish jarayoni jamiyat 
tafakkurining yangilanishi o‘ziga xos holda amalga oshirib borilmoqda. 
Jamiyatimizdagi yangilanishlar jarayoni birga sohalarda shu jumladan ma’naviyat 
sohasida ham tadrijiy –evolyusion islohotlar yo‘li orqaligina amalga oshirilmoqda.
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatdiki, jamiyat a’zolarining dunyoqarashi, e’tiqodi 
va tafakkurida demokratik tamoyillarning va demokratik qarashlarning kengayib 
mustahkamlanib borishi jamiyatning yuksalib borish omili bo‘lib kelgan.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish