Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi



Download 107,65 Kb.
bet13/15
Sana01.04.2022
Hajmi107,65 Kb.
#522333
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi Ergashev

OZONNING BIOLOGIK AHAMIYATI
Ozonning havo yoki kislorod bilan aralashmasi suv va havoni dezinfeksiyalashda, gazmollar, mineral moylarni oqartirishda qo‘llaniladi. U bakterisid xususiyatiga ega bo‘lgan moddadir. Ozon ta’sirida deformatsiyalangan (cho‘zilgan) rezina buyumning chatnab yorilishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati rezinaning ozonga bardoshligi deb ataladi. Etilen va propilendan olingan polimerlar, xlorosulfidli polietilen, ftorkauchuk va boshqalar ozon ta’siriga bardoshli rezinalardan hisoblanadi. Bardoshlilikni oshirish maqsadida rezinalar tarkibiga antiozonantlar qo‘shiladi, o‘ta chidamli moddalar bilan qoplanadi, buyum yuzasi kimyoviy ishlanadi.
Ozon mikroorganizmlar kushandasi hisoblanganligidan undan texnikada, shuningek uy, ishxona va korxonalarning buzulgan havosini tozalashda, suvni zararsizlantirish va atrof muhitni muhofaza qilishda keng foydalaniadi. Polimerlarga yupqa qavatli oksid prdalari yoki himoya qatlami qoplashda, yuza relefini o‘zgartirish, yuzidagi funksional gruppalar tarkibini analiz qilish, uni bo‘yash yoki rangsizlantirishda ham uning xizmati katta.
Sterillovchi modda sifatida ichimlik suvlarini tayyorlash jarayonida ham undan keng foydalaniladi. Hozir Moskva aholisi ozonlashtirilgan suvni iste’mol qiladi. Yevropadagi eng yirik ozonlashtiruvchi asbob Moskva suv quvuri stansiyasida joylashgandir. Bunday ozonlashtirish moslamalari shaharlarda ham tez orada paydo bo‘lishi kutilmoqda. Sanoat chiqindi suvlarni tozalashda ham ozondan keng foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
Ozonning qator birikmalari ham ma’lum bo‘lib, ulardan turli sohalarda foydalanilmoqda. Masalan, anorganik ozonidlar qizil qizil kristallar bo‘lib, 60 ºC dan yuqorida parchalanadi. Ozonning rganik birikmalari ham mavjud bo‘lib, ulardan kimyoviy reaksiyalarda va ba’zan boshqa maqsadlarda foydlanishadi.
Ozonning modifikatsiyalash xususiyatlari. Polimer mahsulotlari xossalarini modifikatsiyalash va ularning barqarorlik xususiyatlarini oshirish bugungi kunda fanimizning hal qilib berish zarur bo‘lgan vazifalardan biridir. Ozonning plimer mahsulotlari bilan reaksiyalarini o‘rganish orqali ularning fizik – kimyoviy xususiyatlarini maqsadli tomonga qarab o‘zgartirishga imkon yaratilganligi ayrim misollarda ko‘rsatib o‘tamiz. Ba’zi mahsulotlarning metallarga qo‘shilish, bo‘yalish va yopilish xususiyatlarini oshirish hamda elektr o‘tkazuvchanligini o‘zgartirish kabi ishlar shular jumlasidandir.
Ozon modifikatsiyalash jarayonlarida yuqori razryadlarning faol komponenti sifatida qo‘llaniladi. Polimer pardalarni tojli razryad yordamida qayta ishlash texnikasida keng qo‘llaniladi. Ushbu jarayonda polietilen pardasi yoki o‘zga plastikni razryadlovchi moslama elektrod orasidan o‘tqaziladi. Elektroddan biri kvars quvurchaga joylashtirilgan bo‘lib, ular o‘zgaruvchan kuchli tok manbaiga ulanadi. Razryadda hosil bo‘lgan faol zarralar, shu jumladan, ozon ham parda xossalarini zarur yo‘nalishda o‘zgartirib, uning yuzasi bilan reaksiyaga kirishadi. Shunga o‘xshash natijalarni parda ustidan ozonlashtirilgan havo oqimi o‘tqazilganda ham olish mumkin. Qog‘oz pulpalariga ozon bilan ishlov berilsa yaxshi natija (oqartiruvchi) berish ma’lum. Bu holda qog‘ozning chidamliligi ortadi. Ozondan (oqartiruvchi agent sifatida foydalanib) oq qog‘oz olish texnalogiyasi han taklif etilgan. Pulpada ozon qo‘shbog‘ bilan bog‘langan xinoid tipidagi moddalarni parchalaydi. Bunda ozon qo‘shbog‘li sistemalar bilan tez reasiyaga kirishib, rangsiz mahsulotlar hosil qiladi. So‘nggi vaqtlarda funksional guruhlari bo‘lgan oligomerlarga talab ortib bormoqda. Bunda molekulyar massasi 2000 – 4000 bo‘lgan va uglevadarod zanjirining ikki tomoni ma’lum funksional guruhlar (-OH, -COOH, -NH2 –Cl) dan tshkil topgan moddalar nazarda tutiladi. Ko‘pincha ikki tomoni gidroksid guruhlardan tashkil topgan oligomerlardan foydalaniladi. Ular ko‘piksimon materiallar, motor yog‘larini quyuqlashtiruvchi moddalar, elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan kompozitsion materiallar, korroziyaga qarshi foydalaniladigan qoplamalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bunday qismlarga bo‘lish yoki monomerni kerak bo‘lgan uzunlikdagi molekulagacha o‘zgartirish zarur. Makromalekula strukturasini ozon yordamida qirqish usuli asosida ozonning tez reaksiyaga kirisha olish va uning qo‘ bog‘ga tanlab ta’sir eta olish xususiyatlari yotadi. Masalan, izobutilen sopolimerlari izopren yoki pentadien ozon yordamida ishlansa makromolekulaning buzilishi qo‘sh bog‘ joylashgan yerda ro‘y beradi. Bu vaqtda kislorod atomi hosil bo‘lgan qism tarkibiga kirib kerak bo‘lgan funksional guruhni hosil qiladi.

Download 107,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish