Gidroliz jarayoni qaytar jarayon hisoblanadi. Gidrolizni to‘liq amalga oshirish yoki to‘xtatib qo‘yish mumkin. Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim.
Gidroliz oldini olish uchun:
Eritma konsentratsiyasini oshirish.
Eritmani sovutish.
Gidroliz natijasida hosil bo‘lishi kutilayotgan muhitni oldindan tayyorlash kerak.
Gidrolizni tezlatish uchun:
Eritmani suyultirish kerak.
Eritmani qizdirish kerak.
Gidroliz natijasida hosil bo‘lishi kerak bo‘lgan muhitga teskari muhit yaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |