Gidrolizlanmaydigan tuzlar.
Aksariyat tuzlar tarkibiga Na+, K+, Ca+2, Ba+2 kationlari va Cl-, Ba-, I-, NO3-, SO4-2, ClO4-, SO4-2, SiF6-2 kabi anionlar kiradi. Bu ionlar suv molekulalari bilan ta’sirlashganda H2O -molekulalarini H+ va OH- ionlari xoligacha parchalay olmaydilar. Chunki, bu ionlarning radiusi katta va zaryadi kichik bo‘lgani uchun qutblovchanlik xossasi (kuchi) suv molekulasini "parchalash" ga etmaydi. Boshqacharoq aytganda bu ionlar birgalikda hosil qilgan tuzlar mutlaqo gidrolizlanmaydi. Bu tuzlarning eritmada [H+] = [OH-] muvozanatni o‘ng yoki chap tomonga siljita olmagani uchun pH o‘zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |