Gidroliz mexanizmi.
Tuzlar gidrolizining mexanizmi tuz tarkibiga kirgan metall kationi va kislota qoldig‘i - anionning tabiatiga, aniqrog‘i, qutblanuvchanligi (polyarizatsiyasi) ga bog‘liq. Agar ion qanchalik kuchli qutblansa (qutblangan bo‘lsa) gidroliz shunchalik tez va to‘liq boradi. Umuman Kat+n va An-m lar ishtirokida gidroliz borish jarayoni mexanizmlarini quyidagicha tasavvur etish mumkin.
Ma’lumki, xar qanday kation suvli eritmada donor-akseptor ta’siri tufayli gidratlangan xolda. ya’ni akvokompleks [Kat(H2O)n]m xolida bo‘ladi. Bu kompleksdagi kationning zaryadi qanchalik katta va radiusi qanchalik kichik bo‘lsa uning akseptorlik kuchi shunchalik katta, ya’ni Kat ... OH2 bog‘i barqaror bo‘ladi. Bunday kompleks tarkibidagi O - H bog‘i kuchli qutblanuvchanlik xossasiga egadir. Shu sababli "gidrat qobig‘ida" gi (Kat*H2O ... H2O) suv molekulalari o‘rtasidagi vodorod bog‘lanish kuchli bo‘ladi. Bunday o‘zaro ta’sirlashuv natijasida kation bilan bevosita bog‘langan suv molekulasidagi O - H bog‘i kuchsizlanib [Kat*HO- ---H+ ... H2O], vodorod atomi sekinlik bilan ajraladi va "gidrat qobiq" dagi suv molekulasi bilan birikib H3O+ gidroksoniy ionini hosil qiladi, Kation esa OH- guruh bilan kuchliroq kimyoviy bog‘ hosil qilib Kat(OH)n asosga aylanadi.
Ajralib chiqadigan H3O+ - ionlari eritmadagi [H+] = [OH-] muvozanatni buzib, [H+] > [OH-] bo‘lishiga, ya’ni eritmada kislotali muhit pH < 7 yuzaga kelishiga olib keladi.
Bu o‘zgarishlar asosan: NH4 +, Cu2+, Al3+ , Cr3+, Fe2+ , Fe3+, Co2+, Ni2+, Zn2+ , Cd2+, Hg2+, Pb2+, Sn2+, Sb3+, Bi3+, Mn2+, Mg2+ ionlari ishtirokida ro‘y beradi. Boshqacharoq aytganda, hosil bo‘ladigan asos Kat(OH)n qanchalik kuchsiz bo‘lsa gidroliz shunchalik oson va tez boradi.
Anionlar ham gidroliz reaksiyalari borishida ishtirok etadi. Aksariyat anionlar (kislorodli EOx-m va kislorodsiz E-m) eritmada suv molekulalari bilan vodorod bog‘lanish tufayli gidratlangan xolda bo‘ladilar: E-m... H-O-H yoki EOx-m... H2O). Bu ionlardagi anion bilan suv molekulalari o‘zaro qutbli (polyarizatsion) ta’sir tufayli "An-m...H2O" vodorod bog‘i kuchayib, kovalent
bog‘lanishga o‘tadi va anion o‘ziga H+ - ionini biriktirib oladi (kuchsiz kislota
HAn HE yoki HEOx hosil bo‘ladi), eritmaga OH- ionlari ajralib chiqadi:
[E-m..H2O]
[ E-m--H ... OH]
[E-m - H]-(m-1) + OH-
x 2
[EO -m...H O]
[EO -m --H ... OH]
[ EO -m -H]-(m-1) + OH-
x
x
gidratlangan
oraliq xolat
kislota + OH-
anion
Reaksiya natijasida suvli eritmadagi [H +] = [OH -] muvozanat buzilib [H +] < [OH -] bo‘ladi, eritmaning muhiti (pH > 7) ishqoriy bo‘ladi. Suv bilan gidroliz reaksiyasiga kuchsiz kislotalar tarkibiga kiruvchi kislota qoldiqlari - anionlar : F -, S -2 CN -, CH 3COO -, HCOO -, NO 2 -, CO 3-2, SO 3-2, ClO -, PO 4-3, SiO 3-2 kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |