Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti


-mavzu. Psixik rivojlanishi orkada kolgan bolalar nutkiy RiVOJLANIShINING XUSUSIYaTLARI VA LOGOPEDIK KORREKSIYaNING ASOSIY YO’NALIShLARI



Download 2,16 Mb.
bet44/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

10-mavzu. Psixik rivojlanishi orkada kolgan bolalar nutkiy RiVOJLANIShINING XUSUSIYaTLARI VA LOGOPEDIK KORREKSIYaNING ASOSIY YO’NALIShLARI.



REJA:

  1. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar nutqiy rivojlanishining xususiyatlari

  2. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda logopedik korreksiyaning asosiy yo‘nalishlari





Tayanch iboralar: Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar, “Orqada qolish”, tayyorlov davri,asosiy davr, nevropatiya, psixogen, idrok, tafakkur, xotira, dikkat.

Bugungi kunda kichik maktab yoshidagi о‘quvchilarning 20-30% ni tashkil etayotgan ta’limda qiyinchiliklari bо‘lgan bolalarga faol differensatsiyalangan yordam muammosi dolzarb, ijtimoiy va pedagogik ahamiyatli bо‘lib qolayotir.

Ta’limda kiyinchiliklari bо‘lgan о‘kuvchilarning katta qismini psixik rivojlanishi orqada qolgan (PROQ) bolalar tashkil etib, ular qator psixik funksiyalarning shakllanganlik darajasiga kо‘ra gо‘yo bir muncha oldinga rivojlanish bosqichida bо‘ladilar. “Orqada qolish” atamasi psixik rivojlanishning bola yoshiga muvofiq emasligi, shuningdek psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar bilan maxsus tashkil etilgan ta’lim va tarbiya jarayonida asta-sekin tugatiladigan qoloqlikning vaqtincha xarakterini belgilaydi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda emotsional-irodaviy soha yetuk emasligi bilan birga bilish faoliyati, jumladan diqqat, xotira, nutq yetarlicha rivojlanmaganligi kuzatiladi. Bunday bolalarning bilish faolligi pasayishi atrofdan olgan bilimlar haqida bilimlar zahirasi cheklanganligi va yoshiga mos hamda maktab ta’limini boshlash uchun zarur amaliy kо‘nikmalar yetarli emasligida namoyon bо‘ladi.

Umumiy somatik zaiflik va lokomator funksiyalar sekin rivojlanishi bilan bir qatorda bolalar uchun harakat sohasi; umumiy motorika, kaft va barmoqlar motorikasi, artikulyatsiya motorikasi rivojlanishidagi ma’lum orqada qolish xosdir. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda orol praksis tadqiqi ularda harakatlarni dinamik tashkil etishga oid topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklar mavjudligini kо‘rsatdi. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda qо‘l, kaft va barmoqlari motorikasi, ayniqsa nozik ihtiyoriy harakatlarni bajarishda buzilgan, bu yozuv kо‘nikmalari shakllanishiga salbiy ta’sir о‘tkazadi. Eng katta qiyinchilik ogzaki yо‘riqnoma bо‘yicha harakatlar bajarishda kо‘zga tashlanadi. Qandaydir harakat yo harakatlar seriyasini qayta tiklashga oid topshiriqni bajariyotib, bolalar harakat elementlari ketma-ketligini buzadi, tarkibiy qismlarni tushirib qoldiradi, makonda oriyentirlashda qiynaladi (M. SH. Adilova, G. I. Sharenkova, I. F, Markovskaya, N. A. Sipina va b.)

Klinik va psixologik-pedagogik tadqiqotlar kо‘rsatadiki, maktab yoshida psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar tegishlicha yetuklikka ega bо‘lmaydi: bilim va malakalar yetishmaydi, ta’lim uchun zarur bо‘lgan aqliy operatsiyalar, ihtiyoriy boshqaruv, motivatsion tayyorlikning rivojlanish darajasi shakllanmagan.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarning shaxsiy rivojlanishda ortda qolishi о‘ziga xosligini kо‘p jihatdan ularning kommunikativ hulqi darajasi, katalar bilan muloqat faoliyati shakllanganlik darajasi belgilaydi. Psixik rivojlanishi orqada qolgan katta yoshdagi о‘quvchilarning kо‘pchiligi uchun muloqatning vaziyatdan tashqari- bilish shakli harakterli bо‘lib normal bolalarda u kichik yoshda (3-5 yoshda) shakllanadi. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda vaziyatdan tashqari - bilish darajasidagi muloqat kech shakllanadi, u shaxsiy mativlarga asoslanadi, muloqatning nutqiy vositalari yordamida amalga oshadi, insonlarning ijtimoiy dunyosini bilishga (hulq-atvor meyorlari, qoidalari, shaxsiyat namoyon bо‘lishi va b.) hizmatqiladi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning qо‘pol bо‘lmagan nuqsoni tovushlar talaffuzi buzilishi, lug‘at kambagalligi va yetarlicha farqlanmaganligi, leksikik-grammatik konstruksiyalarni о‘zlashtirish kabi qiyinchiliklarda namoyon bо‘ladi. Kо‘pchilik bolalarda fonetik-fonematik idrok yetarli emasligi, eshitish-nutqiy xotira pasayishi kuzatiladi. Xatto og‘zaki nutq tashqaridan qaraganda muvaffaqiyatli bо‘lsa-da, kо‘pincha kо‘p sо‘zlash, yo aksincha iboralarning yetarlicha yoyiq emasligi kuzatiladi. Bunday bolalar faoliyatni insoniy boshqarishda qiynaladi (A.D.Koshelova, V.I. Lyubovskiy, YE. S. Slepovich, S. G. Shevchenko va b.).

Psixik rivojlanishi orqada qolgan maktabgacha yoshdagi bolalarga korreksion-logopedik ta’limning vazifalari quyidagilar:

- umumiy va qо‘l motorikasini rivojlantirish va takomillashtirish;

- artikulyatsion motorika (harakatlarni statik, dinamik tashkil etish, harakatlar kо‘chishi, xajm, tonus, sur’at, aniqlik muvofiqlashtirish) rivojlantirish va takomillashtirish;

- eshitib idrok qilish, diqqatni rivojlantirish;

- kо‘rib idrok etish, xotirani rivojlantirish;

- ritmni rivojlantirish;

- talaffuz kо‘nikma va malakalarini shakllantirish, ajratilgan tovushlar buzilishini korreksiyalash, bо‘gin, sо‘z, sо‘z birikmalari, gaplar, bog‘lanishli nutqda tovushlarni avtomatlashtirish, tovushlarni farqlash (differensatsiyalash), tovush-bо‘g‘in strukturasi buzilishlarini korreksiyalash;

- tilning leksik va grammatik vositalarini takomillashtirish;

- boglanishli nutq kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Tayyorgarlik bosqichida sensomotor darajada nutqning rivojlanishi uchun psixik vajismoniy omillar shakllanishidagi nuqsonlar tugatiladi, Psixik rivojlanishi orqada qolgan maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq buzilishlari korreksiyasi uchun zaruriy asos yaratiladi, umumiy, qо‘l, nutq motorikasini, kо‘rib, eshitib idrok qilishni, xotira, diqqat, ritmni rivojlantirish, talaffuz kо‘nikma va malakalarini shakllantirish bо‘yicha ish olib boriladi.

Harakat buzilishlarini korreksiyalash ishlari sistemasini belgilashda hisobga olish lozimki, psixik rivojlanishi orqada qolgan bolaning shaxsi yetuk emasligi о‘quv motivatsiyasi yetarlicha shakllanmaganligi, irodaviy ustanovkalar kuchsizligi, emotsional labillikda kо‘zga tashlanadi, shu bois istalgan topshiriqbolaga о‘yin shaklida taklif etilmog‘i kerak.

Qо‘llar kaft va barmoqlari nozik motorikasini rivojlantirish va takomillashtirish bо‘yicha ishlarni muntazam ravishda uch yо‘nalishda olib borish tavsiya etiladi: 1) barmoqlar gimnastikasi; 2) daftarda ishlash- elementar grafik kо‘nikmalarin ishlash; 3) turli predmetlar yordamida qо‘llar kaft barmoqlari uchun mashqlar.

Barmoqlar gimnastikasi mashg‘ulot boshlanishi yo о‘rtalarida jismoniy tarbiya daqiqasi shaklida о‘tadi. Uni qо‘l barmoqlari chigal yozdi mashqlari musht tugish va yoyishdan boshlanadi. Keyin qо‘llar kaft va barmoqlarini bо‘shashtirishga oid mashqlar bajariladi.(“Mushukchani silaymiz”, “Quvnoq bо‘yoqchilar”, “Quvnoq orkestr” va b.). Keyin qо‘l kaftini tutib turishga oid topshiriqlar, avval taqlidiy, sо‘ng og‘zaki yо‘riqnoma bо‘yicha beriladi (“Quyoncha”, “Halqa”, “SHо‘x echki” va b.).

Nihoyat, bolalarga ketma-ket harakatlar seriyasidan iborat mashqlar taklif etiladi (“Barmoqlar salomlashadi”, “Quyoncha-halqa”, “Kaft-musht” vab.).

Albom vadaftardagi grafik ishlar: tо‘lqinlar, kamalak, tutun va sh. k. chizish, pred mat va gullardagi yetishmaydigan elementni chizib qо‘yish, kontur tasvirlarni bо‘yan va shtrixlash, bо‘yash uchun albomlardagi suratlarni bо‘yab chiqish. Vо‘l barmoq va kaft treningi sifatida predmetlar bilan turli mashqlarni qо‘llash mumkin: tugma qadash va yechish, poyabzal ipini bog‘lash, mozaika va konstruktorlar bilan ishlash.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda nutqning fonetik tomoni turli nuqsonlarga ega bо‘ladi: qator tovushlar aniq talaffuz etilmasligi, buzilgan tovushlarning nutqda qat’iy emasligi, ayrim tovushlarning boshqalari-oson talaffuz qilinadiganiga almashtirish. Bundan tashqari artikulyatsiyaning umumiy zaifligi kuzatiladiki, bu artikulyatsiya mushaklari tonus pasayishi oqibatidadir.

Bolalarda tovush talaffuzidagi buzilishlar: tovushning yо‘qligi, tovush buzilishi, tovushni almashtirish va tovushlarni qorishtirish. Maktabga qabul paytida kо‘plab psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda tovushlar talaffuzi nuqsonlari birikishi (qorishtirish-almashtirish), (qorishtirish-buzib aytish) kuzatiladi. Tovushlarni bu kabi qorishtirsh fonematik idrokni buzilishlar kabi, bola tomonidan tovush talaffuzi ustidan nazorat kuchsizligi oqibati bо‘lishi mumkin, bunda bolaning asosiy e’tibori jumlaning ma’no tomoniga qaratiladi.

Fonemalarni farqlashda nuqsonlar bilan bir qatorda psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar bо‘g‘in qatori ketma-ketligi va mikdorini tutib turishda ham qiynaladi, shuningdek 4-5 sо‘zdan iborat gaplarni. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda sо‘zning tovush tahlilini egallash darajasi past ekani aniqlangan. Tovushlar ketma-ketligin ajratish, sо‘z ohirida unli va undoshlarni ajratish-bolalar uchun anchagina qiyinchilik tug‘diradi.

Fonetik-fonematik yetilmaganlik bilan bog‘liq nutq buzilishlari о‘qish va yozishga о‘rgatishda tovush va harflarni almashtirishga olib kelish mumkin, shu sababli bolani maktabga tayyorlashda fonematik idrokni rivojlantirish, tovush tahlilini shakllantirish ustida uzoq ishlash talab etiladi. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda tovush talaffuzi buzilishlarini korreksiyalash nutqni yaxlit korreksiyalash bilan amalga oshirilishi, ya’ni nutqning fonematik tomoni, lug‘at boyligi, tilning grammatik qurilishini rivojlantirishdan iborat bо‘lishi kerak.

Savod о‘rgatishga tayyorlash mashg‘ulotlarida bolalarda sо‘zning tovush tarkibi haqida tasavvurlar shakllantiriladi; birinchi bosqichda bolalar sо‘zda tovushni ajratishga о‘rganadi, tovushlarning sо‘zdagi о‘rnini belgilaydi, nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasini aniqlashtiradi; ikkinchi bosqichda-tovushlarni izchil ajratishga о‘rganadi.

Tо‘laqonli tovush tahlilini shakllantirish bola harakatlarining ma’lum ketma-ketligini kо‘zda tutadi. Avval bolalar baland ovoz bilan aytish asosida sо‘zda tovushlarni ajratadilar, bunda ajratilgan tovushlar miqsorini sо‘zning tovush tarkibi grafik sxemasi bilan solishtiradilar va shartli belgilar bilan tо‘ldiradilar. Keyin bolalar shartli belgilardan sxemalarni mustaqil tо‘playdilar, ularni chizadilar, gо‘ye sо‘zni harfsiz yozadilar.

Tovush tahlilini tо‘laqonli shakllantirish bolalarga tavsiya etiladigan materialni asta-sekin orttirish va murakkablashtirish jarayonida kechadi. Bolalarning topshiriq bajarishda mustaqilligi ortib borishi ham kо‘zda tutiladi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarga korreksion-logopedik ta’limning asosiy boskichi vazifalari:

- tilning lug‘aviy va grammatik vositalarini takomillashtirish;

- boglanishli nutq kо‘nikmalarini rivojlantirish;

- kommunikativ tajribani boyitish (ajablanish, quvonch, xafa bо‘lish, fikrlash va b.) dan iborat.

Tayyorlov davrida bolalar tovushlarni, dastlab nutqiy bо‘lmagan, keyin unli va undoshlarni tanish va farqlashga, tovushlarni artikulyatsiyasiga kо‘ra taqqoslashga, tovushni boshqalari ichidan tanish va ajratishga о‘rganishgan. Akustik-artikulyatsion xususiyatlariga kо‘ra о‘xshash undoshlarni alohida, bо‘g‘inlarda signal kartochkalari yordamida farqlash bо‘yicha ish olib borilgan.

Logopedik korreksiyaning asosiy bosqichida nutqiy material murakkablashadi: sо‘zlarda qorishtirladigan fonemalarni farqlash uchun о‘yin- mashqlar tavsiya etiladi, bunda bolalar ma’lum tovush katnashgan sо‘zlarni tanlashi, suratlar tanlashi va shu kabi ish shakllaridan foydalaniladi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar uchun lug‘at zahirasining quyidagi xususiyatlari xarakterli: passiv lug‘at faol lug‘atdan ustunligi; umumlashma tushunchalar, predmetlar belgi va xossalarini ifodalaydigan va konkretlashtiradigan sо‘zlar zahirasi tiklanganligi; qator sо‘zlar farqlanmay, ba’zan noadekvat qо‘llanishi; lugat zahirasini faollashtirish qiyinligi; ayrim sо‘zlarni noaniq qо‘llash; ma’nosi yaqin sо‘zlarni yetarlicha tushunmaslik va notо‘g‘ri qо‘llash; kichik yoshdagi bolalar nutqiga xos sо‘zlarni qо‘llash. Bolalar lug‘at boyligining qashshoqligi ularning atrof olam haqida, miqdoriy, makon, vaqt, sabab-oqibat munosabatlari haqida bilim va tasavvurlar tiklanganligi bilan bog‘liq, bu esa bolalarning bilish faoliyati va shaxsidagi о‘ziga xoslik bilan belgilanadi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar lug‘at zahirasini boyitishda nutqiy amaliyot, bilish va nutqiy faollik alohida ahamiyatga ega. Lug‘at zahirasini boyitish va faollashtirish uchun sо‘z о‘yinlari (insoniy о‘yinlar) samaralidir, zero bunda bir vaqtning о‘zida bolalarning ham nutqiy, ham bilish faoliyati korreksiyalanadi. (“Dо‘kon”, “Nima keng bо‘ladi?” “О‘xshaydi- о‘xshamaydi” va b.). TTTu bilan bog‘liq holda predmetlarni tavsiflash, tasvirni tavsiflash, hotirada tavsiflash, tasavvurlarga kо‘ra hikoya, topishmoqlarni о‘ylab topish va ularga javob berish kabi usullar qо‘llanadi.

Lug‘at zahirasining kengaytirishning zarur sharti sо‘z yasash qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Shu maqsadda bolalarga: a) bajaruvchi shaxsni aniqlash ( Etik tozalovchi kishini kim deb ataymiz? ); b) о‘xshatish (mushuk bolasi - mushukcha, kuchuk bolasi-chi? ); v) о‘zakdosh sо‘zlarni yasash (bog‘ - bog‘bon; gul - gulla) vazifasi va shu kabilar topshiriladi.

Ayni paytda nominativ lug‘atni tizimlashtirish, ayniqsa tur tushunchalarini о‘zlashtirishga oid ishlar davom ettiriladi, bu umumlashtirish operaqiyalari, analitek- sintetik faoliyat rivojiga kо‘maklashadi.

Nutqning grammatik qurilishi psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda о‘ziga xos. Bolalar tuzgan jumlalar maqsadga muvofiq emas, primetiv grammatik konstruksiyalar qо‘llanadi, sо‘zlarni mustaqil ihtiyoriy qо‘llashga qiynalishadi, ayniqsa mavhum otlar va nisbiy sifatlarni qiyin о‘zlashtirishadi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar gapda asosiy (bosh) sо‘zni ajrata olmaydi, sо‘zlarni tartibi bilan qо‘llay olmaydi. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda til sezgisini shakllantirishda qator buzilishlar mavjud. Ular hosil qilgan sо‘z- neologizmlarni tо‘g‘ri sо‘z shakllari sifatida ta’riflaydi. Grammatik jihatdan tо‘g‘ri va notо‘g‘ri tuzilgan gaplarni bolalar bir xildeb tushunishadi. Bu buzilishlarni korreksiyalash maqsadida psixik rivojlanishi orqada qolgan bolaning har qanday faoliyati, har bir bajargan topshirig‘i nutq bilan birga kechishi lozim.

О‘z nutqini ongli boshqarish malakasini shakllantirish uchun bolalarga quyidagicha vazifalar berish mumkin: 1) bosh sо‘zni о‘zgartirish va uning shakllari yoki о‘zakdosh sо‘zlar yasash; 2) bitta sо‘zga kо‘ra farqlanadigan ikkita gapni taqqoslash; 3) intonatsiyalash yordamida gapni tahlil qilish; 4) berilgan sо‘z ishtirokida gap tuzish va undagi sо‘zlar miqdorini aniqlash; 5) berilgan gaplarni fishkalar yordamida tahlil qilish (gap sxemasi) va b.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar uchun harakterli bо‘lgan jumla tuzishdagi xususiyatlar - nutqiy axborotni rejalashtirish va yoyishdagi qiyinchiliklar natijasi. Agrammatizmning tobora harakterli turlari: 1) boshqaruv va moslashuvda xatolar; 2) yordamchi sо‘zlarni qо‘llashga oid xatolar; 3) fe’l zamonini aniqlashda xatolar; 4) sо‘z va shakl yasashda qiyinchiliklar; 5) jumlalar strukturaviy nuqsonlari.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda ergashgan qо‘shma gaplarni qо‘llashadi. Bolalar hikoyalarida ot, olmosh, ravish, yordamchi sо‘zlar ulushi katta. Syujetli rasmlar bо‘yicha hikoyalar, og‘zaki insholarning ayrimlari faqat ot turkumiga xos sо‘zlardan iborat, ya’ni oddiy sanab о‘tish xolos.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan katta maktabgacha yoshdagi bolalarning monologik nutkini о‘rganish kо‘rsatadiki, ularning nutqi vaziyatli xarakterda bо‘lib, konteksg nutqqa о‘tish endi boshlanayotgan bо‘ladi. Jumlaning ichki dasturlanishi va fammatik ifodalanishi shakllanmaganligi birinchi planga chiqadi. Kо‘plab bolalar о‘z xatti-harakatini nutqqa kо‘chirishga qiynaladi.

Tugallangan fikrni sо‘zlarning betartib tо‘plamidan farqlash, gaplar о‘rtasida bog‘liqlikni topishga о‘rgatish maqsadida beriladigan topshiriqlar psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda boglanishli nutqni rivojlantirish ishida muhim о‘rin tutadi. Bog‘lanishli nutq ustida ishlashda: 1) tayyor namuna bо‘yicha qayta sо‘zlab berish; 2) suratlar yordamida hikoya rejasini tuzish; 3) tayanch sо‘zlar, suratli illyustratsiya yordamida hikoyalar tuzish; 4) suratlar seriyasi bо‘yicha hikoya tuzish; 5) ketma-ketligi buzib kо‘rsatilgan syujetli suratlar seriyasi bо‘yicha hikoya tuzish kabi usullar tavsiya etiladi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda boshqa kishilar bilan muloqat, atrof olamni bilishga ehtiyoj keskin pasaygan. Ularda fikrlash doirasini kengaytirish, yangi bilimlarni о‘zlashtirishga qiziqish yо‘q, nutqiy faollik past darajada. Bolalar nutqqa undash kuchsizligi bois savollarga javob bermaydi, suhbatni tez uzib qо‘yadi, jimgina о‘ynashni xush kо‘radi, biroq muloqatni davom ettirishga istalgan undash jumlalar hajmi keskin ortishiga olib keladi.

Dialogda ishtirok eta olish - kommunikativ qobiliyatlarning eng muhim kо‘rinishlaridan biri. Bolani suhbatga, fikr ifodalaо‘ga undaydigan vaziyatlarni yaratish lozim. Savollarga javob bera olish, sо‘ray olish, boshqalar huzurida fikr bildira olish, atrofdagilarni tinglashga alohida e’tibor beriladi. Psixik rivojlanishi orqada qolgan о‘quvchilar bilan logopedik ishlarning asosiy vazifalaridan biri nutqning boshqaruvchi va yо‘naltiruvchi rolini kuchaytirsh, nutq va faoliyat о‘zaro aloqasini normallashtirishdan iborat. Bajarilgan ish haqida hisob berish va oldindagisi haqida hikoya qilish qat’iyatsizlik, dovdirashni yengishga kо‘maklashadi, о‘z imkoniyatlariga ishonchni orttiradi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarni yozish va о‘qishga о‘rgatish

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar maktabga sо‘zning tovush tahlili past darajasi bilan keladi, bu ularning yozuv va о‘qish holatiga ta’sir etadi. Psixik rvojlanishi orqada qolgan birinchi sinf о‘quvchilari umumta’lim maktabida bir yil о‘qigach, yozuvda yо‘l qо‘ygan xatolarini shartli ravishda 5 guruhga ajratish mumkin: 1) sо‘zning fonetik- fonematik tahlili yetarlicha emasligi bilan bogliq xatolar (harflar, bо‘g‘inlar tushib qoldirilishi, akustik va artikulyatsion ) о‘xshashlikka kо‘ra almashtirish, harf qо‘shishi va joyini о‘zgartirish); 2) harfning grafik ifodasi tahlili yetarlicha emasligi bilan bog‘liq xatolar (grafik о‘xshash- likka kо‘ra almashtirish); 3) grammatik xatolar; 4) gapda sо‘zni va matnda gapni ajrata olmaslik bilan bog‘liq sintaktik xatolar; 5) 1-sinfda о‘rganilmaydigan qoidalar bilan bog‘liq notо‘g‘ri yozishlar.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarda yozuv grafik kо‘nikmalari ham buzilgan. Kо‘pincha yozuv chizig‘idan chetlanish, harfni yozishda xato va noaniqliklar, dastxat yomonligi kuzatiladi. Bu qо‘llar kaft va barmoqlari motorikasi yetarlicha rivojlanmagani bilan bog‘liq.

Yozuv jarayonlari aniqlangan nuqsonlarini korreksiyalash logopediyada qо‘llanadigan metodlar bо‘yicha yozuvdagi buzilishlar harakteri va ifodalanganlik darajasini psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar psixik-jismoniy rivojlanish xususiyatini hisobga olib amalga oshiriladi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar о‘qish kо‘nikmalarini egalashidagi qiyinchiliklar ularning bilish faoliyati о‘ziga xosliklari bilan bogliq va maktabda о‘quv bilimlarini о‘zlashtirishga yetarlicha tayyor emasligi natijasidir. Psixik rivojlanishi orqada qolgan kichik о‘quvchilarning о‘qish sur’ati sust, u monoton, ifodali emas, kо‘plab xatolar (harflarni, ularning joylashishini almashtirish, harf va bо‘g‘inlarni tushirib qoldirish, urguni notо‘g‘ri qо‘yish va b.) kuzatiladi.

О‘qish kо‘nikmalarini shakllantirish uchun psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar maxsus о‘qish sharoitiga muhtoj bо‘lib, bu о‘z-о‘ziga: bolalar diqqatini nutqning tovush tomoniga yо‘nalganligini tashkil etishni va fonematik tasavvurlarni shakllantirish ustida uzoq va sistemali ishlash; tovush tahlili va sintezi qо‘nikmalarini rivojlantirish kabilarni oladi.

Atrof olam haqida tasavvurlar kamligi bilan, lugat qashshoqligi, umumiy nutqiy rivojlanish cheklanganligi bilan uygunlashgan о‘quv texnikasi yomonligi ayrim sо‘zlar va yaxlit matnlarning lugaviy mazmunini yetarlicha tushunmaslikka olib keladi.

Ta’lim boshlanishida bolalar oddiy obrazli ifodalar mazmunini tushunishda qiynaladi, kontekstdan foydalana olmaydi, qiyin sо‘z va birikmalar tahlili va tushuntirilganidan keyin ham ular bilan о‘ziga gap tuza olmaydi. Bolalar о‘qilgan matndagi asosiy mazmunni aytib berish, qatnashgan shakllarni tavsiflash, ularning xatti-harakatini baholashda qiynaladi.

О‘qish kо‘nikmalarini shakllantirish uchun fonematik idrok va fonematik tasavvurni rivojlantirish, tovush tahlili va sintezini takomillashtirish bо‘yicha uzoq muddatli ishlar katta ahamiyatga ega. Bо‘g‘inlar ustunchalarini о‘qish, tovushlarni farqlash, qirqma alifbo bilan ishlash, tovush qо‘shish yo almashtirish bilan bо‘g‘in yo sо‘z о‘zgartirishga oid mashqlar keng qо‘llanadi. Savollar asosida matn tahlili, о‘qilgan hikoya, vaziyatning davomini о‘ylab topish va shu kabilar yaxshi yordam beradi.

Shunday qilib, psixik rivojlanishi orqada qolgan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini korreksiyalash nafaqat nutqiy nuqson harakteri bilan belgilanadi, balki bolalarning psixologik xususiyatlarnini ham hisobga olish lozim. U bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirish, psixik-jismoniy nuqsonlar korreksiyasi bilan bog‘lab olib borilishi kerak.

Psixik rivojlanishidagi orqada qolishlar nutqiy nuqsonlar hisobiga murakkablashgan bolalar bilan logopedik ishlar quyidagi omillarni hisobga olib tashkil etiladi:

1. Nutqni korreksiyalash ishlari bilish jarayonlari (idrok, hotira, fikrlash)ni rivojlantirish bilan о‘zaro bog‘liqligi.

2. Logopedik ishning savod о‘rgatish, atrof olam bilan tanishtirish, nutq о‘stirish, ritmika, musiqa о‘rgatish dasturi bilan о‘zaro bog‘liqligi.

Psixik rivojlanishi orqada qolgan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini korreksiyalash logoped, defektolog о‘qituvchi, tarbiyachi, musiqa rahbari hamkorligida olib boriladi.

3. Nutqni shakllantirishga tizimli yondashuv: logoped ishi istalgan boskichda nutqiy sistema ustida yaxlit (fonetik-fonematik, leksik, grammatik) olib boriladi.

4. Bilish va nutqiy faollikni oshirish, fikrlash operatsiyalarini rag‘batlantirish, mashg‘ulotlarga qiziqishni orttirish maqsadida kо‘rgazmalilikdan foydalanish.

5. Har bir mashg‘ulotga о‘yin mashqlarni kiritish (bolalarning emotsional va aqliy faolligini oshirish maqsadida).

6. Psixik rivojlanishi orqada qolgan maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy nuqsonlarni korreksiyalashda turli anolizatorlar (eshitish, kо‘rish, nutq-harakat, kinestetik) maksimal foydalanish; analizatorlararo aloqalar xusu-siyatlarini hisobga olish; psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar psixomotorikasi xususiyatlarini hisobga olish.



Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish