Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti


Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi



Download 2,16 Mb.
bet31/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi.Aqli zaif bolalar sо‘z boyligining о‘ziga xos tomonlari kо‘plab mualliflar diqqat-e’tiborini о‘ziga jalb qilgan. Ular, idrok qilish faoliyatidagi buzilishlar passiv va aktiv lug‘atlarning shakllanishida о‘z izini qoldiradi, deb e’tirof etganlar.

Aqli zaif bolalarda lug‘at boyligining kambag‘alligi, sо‘zlardan notо‘g‘ri foydalanish, passiv lug‘atning aktiv lug‘atdan ustun bо‘lishi va sо‘zlarni mazmunga qarab ishlatishdagi qiyinchiliklar sezilib turadi. Bu bolalarda sо‘z boyligi kambag‘alligining muhim sabablari bо‘lib, ularning aqliy rivojlanishining pastligi, atrofdagi olam haqida bilim va tasavvurlarining cheklanganligi, verbal xotiraning zaifligi, ijtimoiy va nutqiy munosabatga bо‘lgan talabning pastligi, qiziqishlarning shaklanmaganligi xisoblanadi.

V.G.Petrovning ma’lumotlariga kо‘ra, 1 sinfning aqli zaif о‘quvchilari ularni о‘rab turgan kо‘pgina predmetlarning (soat, piyola), ayniqsa, predmetlarning alohida bо‘laklarining nomini bilmaydilar (muqova, sahifa).

Bolalar lug‘atida aniq ma’noli otlar ustunlik qiladi,umumlashma xarakterdagi sо‘zlar ishtirok etmaydi (mebel, idish, poyafzal, kiyim).

Aqli zaif bolalarning faol lug‘atida hayvonlar harakatini anglatuvchi kо‘plab fe’llar ishtirok etmaydi (sakraydi, emaklaydi,uchadi). 1-2-sinfning о‘quvchilari «qurbaqa kelyapti» «ilon kelyapti», «qushcha kelyapti» -kelyapti deb gapiradilar.

Aqli zaif bolalar soni jihatdan kо‘p bо‘lmagan predmet belgisini bildirgan sо‘zlardan: rang- (qizil, kо‘k, yashil), maza- ta’m (shirin, achchiq) foydanadilar. Belgi jihatdan qarama-qarshi ma’noli bо‘lgan sо‘zlardan esa juda kam foydalanadilar (uzun-qisqa).

N.V.Tarasenkoning ma’lumotlariga kо‘ra quyi sinflarning aqli zaif о‘quvchilari insonlarning ichki fazilatlariga oid sifatlarni ham istemol qiladilar.

Quyi sinf aqli zaif о‘quvchilarining lug‘atida ravish sо‘z turkumiga oid sо‘zlar juda ham cheklangan.

Sо‘z va iboralarni notо‘g‘ri qо‘llash tez-tez uchraydi. Semantik о‘xshashligiga kо‘ra sо‘zlarni almashtirish ustunlik qiladi. Tarqoq, ma’nosi kengaygan sо‘zlarni almashtirish xodisasi xarakterlidir (sakrayapti, о‘rmalayapti «kelyapti»). Bir turdagi, kо‘rinishdagi sо‘zlarni almashtirish kuzatiladi. Masalan, botinka sо‘zi bilan bolalar (etik, tufli, kalish sо‘zlarini qо‘llaydi); kо‘ylak sо‘zi bilan kofta, kurtka sо‘zlari qо‘llanadi. Aqli zaif bolalarda sо‘zlarni qо‘llashdagi noaniqliklarning sabablari bо‘lib differensiatsiyaning predmetlarni ajratishdagi qiyinchiliklar hisoblanadi. Aqli zaif о‘quvchilarning differensial tormoz jarayoni zaifligi oqibatida predmetlar orasidagi farqlarga qaraganda, ularning о‘xshashliklarini osonroq qabul qiladilar, shuning uchun ular о‘xshash predmetlarning umumiy va aniq belgilarini о‘zlashtiradilar. Shunday umumiy va aniq belgilar bо‘lib, predmetlar bajaradigan vazifa bо‘lishi mumkin (qoshiq, sanchqi). Predmetlar orasidagi farq о‘zlashtirilmaydi, ularni aniq belgilash esa chegaralanmaydi.

Aqli zaif bolalarning passiv lug‘ati faol lug‘atga qaraganda kо‘proq, lekin shunda ham biror sо‘zni qaytarish, talaffuz etish uchun yо‘naltiruvchi savol talab etiladi. Qiyinchiliklar bir tomondan, aqli zaif bolalarning bosh miya pо‘stlog‘idagi tormozlanishdan, boshqa tomondan, semantik maydonlar shakllanishidagi о‘ziga xosliklardan kelib chiqadi.

A.R.Luriya va O.S.Vinogradovalar semantik maydonlar yuzasidan о‘tkazilgan tadqiqot ularni tо‘liq shakllanmaganligini kо‘rsatdi. Normada sо‘zni tanlash, ularning ma’nosidan kelib chiqqan holda, ya’ni mazmuniy о‘xshashliklarga qarab amalga oshiriladi (baland-past, olma-nok). Aqli zaif bolalarda esa sо‘zlarni tanlash kо‘proq taxminiy, ba’zan, tovush о‘xshashliklariga asoslanib amalga oshiriladi-ki, bu yana bir bor lug‘aviy sistemalikning tо‘liq shakllanmaganligidan dalolat beradi. Kо‘pgina sо‘zlar tushunchaga aylanmay qolaveradi.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish