Nutqning grammatik qurilishidagi buzulishlarni tо‘g‘irlash bо‘yicha logopedik ishlarning о‘ziga xos tomonlari.Aqli zaif о‘quvchilarda nutqning grammatik qurilishini rivojlantirish jarayonida nutqiy nuqson strukturasini, semantik jihatdan yaqin bо‘lgan shakllar differensiatsiyasining qiyinchiliklarini e’tiborga olish zarur.
Yordamchi maktablarda nutqning grammatik shakllanishi bо‘yicha ontogenetik tamoyillardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Normal bolalar maktabgacha bо‘lgan davrda о‘rganadigan kо‘pgina grammatik shakllarni, aqli zaif bolalar quyi sinflarda ham о‘zlashtirmay qoladilar. Grammatik shakllar ustidagi ishlar konkretlilikdan obstraktlilikka (mavhumlilikka), semantik jihatdan sodda bо‘lgan sо‘zlardan murakkab sо‘zlarning о‘tish sifatidan amalga oshiriladi.
Kelishiklar ustida olib boriladigan logopedik ishlar: birlikdagi va kо‘plikdagi bosh kelishikni, tushum qaratqich, jо‘nalish, о‘rin payt va chiqish kelishigining kо‘plik shakli konstruksiyalarini differensiatsiyalash tavsiya etiladi.
Fe’lga oid sо‘zlarning о‘zgarishi funksiyasining rivojlanishi, dastlab hozirgi zamonda keyinroq о‘tgan zamonda (son, shaxs, о‘zgarishlar) va nihoyat, zamon shakli jihatdan murakkabroq bо‘lgan kelasi zamonda о‘tkaziladi.
Sо‘z yasalishini shakllantirish bо‘yicha olib boriladigan ishlar, aqli zaif о‘quvchilarda uzoq davom etadigan, qiyin kechadigan jarayon hisoblanadi. Uni ot sо‘z turkumiga oid sо‘zlarning kichraytirish, erkalash shakllarini va boshqa ot yasovchi usullarni о‘rganishdan boshlash lozim. Keyinchalik otlardan sifat yasalishi va qarindosh bо‘lgan sо‘zlarni о‘rganish bо‘yicha ishlar olib boriladi.
Gap qurilishini shakllantirishda asosiy e’tibor nutqiy bayon qilishni о‘z ichiga olgan semantik munosabatlarni о‘rganishga qaratiladi. Dastlab gap oddiy munosabatlar hisobiga kengayadi (qiz gul uzyapti), keyin lokativ (bolalar maktabga ketyapti), keyinchalik esa – atributiv (bu onamning sumkasi, onam qizil sumka olib yuradi).
Gap bо‘yicha olib boriladigan quyidagi ishlar tartibi tavsiya etiladi: avvalo sodda yig‘iq, sodda yoyiq va nihoyat qо‘shma gaplar. Mustaqil nutq ustida olib boriladigan ishlar, dastlab dialogik material, situativ nutq, keyinroq esa – monologik nutq ustida olib boriladi.
Mustaqil nutqni rivojlantirish jarayonida asosiy e’tibor bog‘lanishni bayon qilishni rejalashtirishga qaratiladi. Mustaqil nutqni grammatik jihozlash ustida ham ish olib borish zarur. Mustaqil matn ustida ish olib boriladigan ishlarga quyidagi tavsiyalar beriladi: qisqa illyustratsiyali matnni qayta sо‘zlash, kо‘rgazmalikka tayangan holda uzun matnni qayta sо‘zlab berish, suyujetli rasmlar turkumi asosida qisqa himoyalash va berilgan mavzu asosida mustaqil sо‘zlash. Aqli zaif bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish analiz, sintez, qiyoslash, umumlashtirish va ayniqsa, ichki rejalashtirishni qayta ishlash bilan uzviy bog‘langan bо‘lshi kerak.
Mustaqil bayon qilishning har bir harakat (operatsiyasi) dastlab mustaqil oddiy topshiriqlar asosida shakllanadi va asta sekin bog‘lanishli matn bunyod bо‘lshida bir butun jarayonga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |