Sharoit va faoliyat о‘rtasidagi aloqa.Ta’lim jarayonini samaradorligi uchun о‘rganilayotgan materialni yaxshi о‘zlashtirishga hizmat qiladigan sharoit yaratish va о‘z о‘zidan sodir bо‘ladigan sharoitlardan foydalanish kerak;
Materialni berish ketma- ketligi va hajmi. Dastur materiali yetarli darajada murakkab bо‘lishi va bolalarda uni qayta ishlashda qiyinchiliklar tug‘ilishi kerak ,buni yengish uchun oddiydan murakkabga tamoyili asosida butun bir jarayonga alohida ketma- ket bosqichlar taqsimlanadi;
Dastur materialidan foydalanishning о‘ziga xosligi, nuqson tuzilishiga va saqlangan analizatorlarga tayanish zaruratiga bog‘liq.Rivojlanishida murakkab muammoli bolalar imkoniyatlariga qarab ularni о‘qitish metodlari belgilanadi.Turli xil usullar va metodlarni birlashtirilishi ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratiladi.U yoki bu metodni tanlash haqidagi muammo tug‘ilganda , muammo har doim pedagog tomonidan hal etiladi.BSF va eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qitishda amaliy,kо‘rgazmali metodlar keng foydalaniladi.Bolalar tomonidan о‘zlashtirilgan faoliyat mazmunini tо‘g‘ri tushunish uchun va о‘rganilgan hodisalar xaqida va fanlar bо‘yicha bilimlarini aniqlashtirishda yozma nutq (tablichkalar) , daktilologiya, kо‘rgazmali material keng qо‘llaniladi.
Ta’lim jarayonini tashkil etish va uning natijaviyligining muhim shartlaridan biri, maxsus jihozlar bilan yoritilishi hisoblanadi: eshituv apparati (yakka va jamoaviy foydalanish uchun),maxsus stollar , suyanchiqli kreslolar (ayniqsa oyoqlarni qо‘yish uchun) va hakozo.
Bu toifa bolalar bilan taklif etilgan dastur asosida ishlaydigan pedagog ta’lim tizimining texnologik tuzilishini mustaqil rejalashtiradi va aniq mashg‘ulotlar va ish turlarini olib boradi.
Dasturning о‘zi ta’lim mazmunini aks ettirgan aniq ma’lumotlar zahirasini aks ettiradi (unining maqsadi, mavzulari, boshqa elementlari ). Texnologik tizim quyidagicha qurilgan bо‘lishi mumkin . Dasturning xar bir bо‘limining asosiy zaxirasidan belgilangan mashg‘ulotlarda bola о‘zlashtirishi kо‘zda tutilayotgan materiallar tanlab olinadi.Istiqbol rejasi, keyin dars rejalari tuziladi.U yoki bu mateilni о‘tish uchun zarur soatlar sonini taxminiy belgilash mumkin emas.
Kо‘pincha, о‘rganilgan materialni yaxshi о‘zlashtirish uchun qaytishga va takrorlashga tо‘g‘ri keladi. Dastur bо‘limidagi aloxida mavzularga tez- tez murojaat etish, bolalarning individual extiyojlari va qiyinchiliklaridan kelib chiqadi.
Alohida bola bilan amaliy ishlash jarayonida materialni guruhlarga ajratib berish mumkin, bu mavjud nuqsonlarning xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi.
Birinchi variantdagi dasturni о‘zlashtirishda uning ikkinchi variantdagi mazmunini tanlangan holda о‘zlashtirishga kirishish mumkin.Ta’lim jarayonida ish usullari va metodlarini tо‘liq amalga oshirish kerak . Korreksion - pedagogik jarayonni yuqori darajada amalga oshirishga yondashuvni izlash, bolalarda mavjud nuqsonlar, maxsus hodisalarni hisobga olgan holda, funksional tizimlarni saqlab qolishga yо‘naltirlgan bо‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |